Qadimgi Misr va Bobilda matematik bilimlar Misr matematikasi
Bobilliklarning sanoq sistemasi
Download 415 Kb.
|
2 5407038224193291145
Bobilliklarning sanoq sistemasi
Shumerlar sonlarni loydan yasalgan taxtachaga uchqurlangan tayoq-chani bosish bilan yozishgan. Agar tayoqchaning doira shaklidagi uchini og'maroq holda bosilsa, Ellips hosil bo'ladi, bu birning belgisi; to'g'ri burchak ostida bosilsa, doira hosil bo'ladi, bu o'nning belgisi. Keyinchalik tayoqchaning o'tkir uchidan foydalaniladigan bo'ldi, u holda birning belgisioddiy pona shaklida bo'lib qoladi. O'nning belgisi prizma shaklidagi tayoqchani og'maroq bosishdan hosil bo'ladi (1-jadval, 4-ustunga qarang). Shumerlar hisoblashlarda 60li sanoq sistemasidan, boshqa hollarda esa o'nli sanoq sistemasidan foydalanishar edi. Matematik va astronomik matnlardagina sonlar o'lchovlarida aralash yozuv ishlatilar edi. Masalan, 225 ni «2 me 25» deb atashadi, bunda «me» yuzni anglatadi. Avval o'nning katta qilib yozilgan belgisi 100, 60 li sistemada esa 60 ni bildirgan. Bir-biriga qarama-qarshi qo'yilgan ikki belgi 120 ni; agar orasida yana bitta o'n belgisi bo'lsa - 1200 ni bildirgan. 100 - kabi, 1000 – kabi, 10000-kabi belgilangan. Keyinchalik yozuvning soddalashuvi, bir xil ko'rinishga kela borish bilan katta va kichik belgining ahamiyati qolmadi va nihoyat, va ikki belgigina qoldi. Natijada turli xona birliklarini turli belgilar bilan yozish yo'qoldi, bu esa o'z navbatida pozitsion sistemani vujudga keltirdi. Bu sistemada hamma sonlar va belgilarni takrorlash bilan yozilar edi; masalan, 21 quyidagicha yoziladi: Bu yerda qo'shishdan foydalanilsa, boshqa joyda ayirishdan foydalanilar edi; 19 ni 20-1 ko'ri-nishida, ya'ni kabi yozishgan, bu yerdagi belgi «lal» bizning «siz» qo'shimchamizga to'g'ri keladi. Belgini «birsiz 20» deb o'qish lozim, u 19 degani. Bobilliklar borib-borib belgilarni gruppalaydigan bo'ladilar. Masalan, 19ni ko'rinishda yozgan. Bobilliklarda kasrlar uchun maxsus belgilar bor edi: , , Bobilliklarning 60 li sanoq sistemasi kasrlar ustida amallar baja-rishda qulay edi, qo'shimcha qoida talab etmas edi. Bunda oxirgi natijada xona birligi ko'rsatilsa bas! Hozir biz burchaklarni, vaqtni o'lchashda ishlatiladigan 60 li sistema bobillik astronomlardan kelgan (bir soat 60 daqiqa, daqiqa 60 soniya). Matematika tarixchilarining aytishlaricha, o'lchovlar orasida eng qadimgisi og'irlik o'lchovi, keyingisi esa yuz o'lchovi hisoblanadi. Birinchi bo'lib oziq-ovqat, ikkinchi bo'lib maydonlar o'lchangan. Bu ma'lum yerga ketadigan urug'ni bilishga, shuningdek, ma'lum yerdan olinadigan hosilni bilishga xizmat qilgan. Dehqonchilik vujudga kelishi bilan, to'g'ri to'rtburchakli maydonlar qadamlab, boshqa formadagi maydonlar esa ular perimetrlarining uzunligi bilan o'lchangan. Keyinchalik maydonlarning atrofiga to'g'ri to'rtburchak yasab, uning bo'yi bilan enini ko'paytirishgan. Hosil bo'lgan yuzdan ortiqcha joylarini ayirib tashlagan. Ortiqcha joylarni to'g'ridan-to'g'ri o'lchashmagan balki sepish uchun ketadigan g'alla miqdori bo'yicha aniqlangan. Ular aniq uzunlikdagi jo'yakka ketadigan urug' miqdorini ol-dindan bilgan. Download 415 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling