- Qadimdan turmushda ko‘p ishlatiladigan ulushlar maxsus nomlar bilan atalgan. Masalan, ikkidan birning – yarim, to‘rtdan birning – chorak, sakkizdan birning – nimchorak deb atalishini bilamiz. Yuzdan bir ulush ham maxsus nom bilan yuritiladi va u foiz deb ataladi.
- «Foiz» so‘zi radio va televideniye xabarlari orqali tez-tez qulog‘ingizga chalingan bo‘lsa kerak. Masalan, saylovga saylovchilarning 93 foizi qatnashdi, oylik maoshlar 20 foizga oshirildi, shahar transportida yurish chiptasi narxi 10 foizga oshirildi va hokazo. Miqdorning (sonning) yuzdan bir ulushi uning bir foizi deb ataladi. Masalan, 400 km ning 1 foizi – 4 km, chunki 400 ning yuzdan bir ulushi: 400 : 100 = 4. 1 kg ning 1 foizi – 10 g, chunki 1 kg = 1000 g va 1000 ning yuzdan bir ulushi: 1000 : 100 = 10. 350 ning 1 foizi – 3,5, chunki 350 ning yuzdan bir ulushi: 350 : 100 = 3,5. Ba’zida «foiz» so‘zi o‘rniga qulaylik uchun «%» belgi ishlatiladi.
- 1 foiz — sonning (miqdorning) yuzdan bir ulushi bo‘lgani uchun, bu sonning (miqdorning) o‘zi – 100 foizga teng bo‘ladi. Shunday qilib, 1% = 1 100 ___ = 0,01 100% = 1 1- misol. Asakadagi avtomobil zavodi bir haftada 840 ta avtomobil ishlab chiqardi. Ularning 20 foizi «Spark» avtomobilidir. Zavod bir haftada nechta «Spark» avtomobili ishlab chiqargan? Yechish: 840 ta avtomobilni 100 % desak, uning 1 foizi, yani yuzdan bir ulushi: 840 : 100 = 8,4. 100-(33+18+12+24)=? 33% 18% 12% 24% ? 207 Avtomobillarning 20 foizini topish uchun 8,4 ni 20 ga ko‘paytiramiz : 8,4 ∙ 20 = 168. Javob: Asaka zavodi bir haftada 168 ta «Spark» avtomobili ishlab chiqargan.
- 2- misol. Novvoyxonada yopilgan 1800 ta nonning 75 foizi ertalab sotildi. Ertalab nechta non sotilgan? Yechish: 1800 ta nonning 1 foizi: 1800 : 100 = 18 (ta non) bo‘ladi. Barcha nonning 75 foizini topish uchun 18 ni 75 ga ko‘paytiramiz: 18 ∙ 75 = 1350 (ta non). Javob: Ertalab 1350 ta non sotilgan. Sonni foizga aylantirish uchun uni 100 ga ko‘paytirish kifoya. Foizni songa aylantirish uchun esa uni 100 ga bo‘lish kifoya.
- Masalan, a) 0,832 = 0,832 ∙ 100% = 83,2%; b) 1,78 = 1,78 ∙ 100% = 178%; d) 56% = 56 : 100 = 0,56; e) 239% = 239 : 100 = 2,39. Ba’zida foizlarni songa aylantirib ish ko‘rishga ham to‘g‘ri keladi. Masalan, biror miqdorning 45 foizini topish uchun bu miqdorning 45 100 ___ qismini topish, ya’ni uni 0,45 ga ko‘paytirish kifoya. Miqdorning (sonning) p foizini topish uning p 100 ___ qismini topish demakdir.
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |