11mavzu: Makedoniyalik Aleksandrning Baqtriya va So‘g‘diyonaga yurishlari Reja


Download 21.33 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi21.33 Kb.
#1337331
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word


11MAVZU: Makedoniyalik Aleksandrning Baqtriya va So‘g‘diyonaga yurishlari
Reja:
1. Iskandar Zulqarnaynning Sharqqa yurishi.
2. Spitamen qo’zg’oloni.

Aleksandr Makedonskiy, Iskandar Maqduniy (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) (mil. av. 356, Pella-323.13.6, Bobil) makedoniyalik sarkarda va davlat arbobi. Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning o‘g‘li. Aristoteldan ta'lim olgan, harbiy ishni otasidan o‘rgangan. 336 y. Filipp II fitnachilar tomonidan o‘ldirilgach, Makedoniya taxtiga o‘tirgan. 334 y. Aleksandr Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq boshlangan bo‘lib, uning o‘limi tufayli to‘xtab qolgandi. Aleksandr qo‘shinida sarkardalardan Antipatr, Parmyenion, Ptolemyey Lag va b., shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 kyema bo‘lgan. Aleksandr Granik (334 y.), Iss (333 y.) va Gavgamyela (331 y.) janglarida Doro III qo‘shinlarini yenggan. Aleksandr Eronning markaziy shaharlari-Bobil, Suza, Persepol, Ekbatana hamda Misrni egallagan. Aleksandr 329 y. Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oks (Ukuz, Amudaryo) dan kechib o‘tib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi)ga chekingan. Ammo Bess tezda qo‘lga olinib, qatl etilgan. So‘ng, Aleksandr Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yo‘l oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning O‘rta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan.


Usrushonadagi yettita shahar-qal'a Aleksandrga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bularning ichida eng kattasi-Kiropol bo‘lib, Kir II uni boshqa shaharqal'alarga nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi. Aleksandr shahar atrofiga xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan o‘tgan quruq daryo o‘zani orqali o‘zining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiropol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. Unda Aleksandr boshi va bo‘yniga tosh tegib yarador bo‘lgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va b.) kamon o‘qidan shikastlangan.
Makedon qo‘shini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok bo‘lgan, qolgani ichki qo‘rg‘onga yashiringan, so‘ng tashnalikdan qiynalib taslim bo‘lgan. Makedon qo‘shini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan. Aleksandr mahalliy xalqning jasoratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchilariga asir olingan kishilarni bo‘lib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketmagunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan.
Aleksandr Sug‘diyonada Spitamen qo‘zg‘olon ko‘tarib, Marokandani qamal qilgani (q. Spitamen, Spitamen qo‘zg‘oloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabardor bo‘lgach, qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon qo‘shin tortgan (q. Tanais daryosi bo‘yidagi jang). Mazkur qo‘shin tor-mor keltirilgach, Aleksandr shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta'qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal'alarni vayron qiladi, ekinzor, bog‘-rog‘larni payhon etadi.
Aleksandr mil. av. 329-328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328-327 y. boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylashgan qal'alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi, ularni mag‘lub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (q. So‘g‘d qoyasi, Xorien kal'asi va b.). Mil. av. 327 y. yozida Aleksandr so‘g‘dlik Oropiyni So‘g‘diyona hokimi etib tayinlab, o‘zi Hindistonga yurish qiladi-da, Gidasp daryosi (Hind d. irmog‘i) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qo‘shini ustidan zafar qozonadi. Shu tariqa Aleksandr Panjobni egallab, Gang daryosi vodiysiga yurishni davom ettirmoqchi bo‘ladi. Biroq safar va kasallik azobidan holdan toygan qo‘shinning ochiqdan-ochiq qarshiligiga duch kyeladi. Shu bois Aleksandr Gifasis daryosi (Hind d. sharqiy irmog‘i) bo‘yidan ortga qaytishga majbur bo‘ladi. Aleksandr o‘z davlatining poytaxti qilib Bobil sh.ni tanlagan va shu yerda yangi yurishlarga tayyorgarlik ko‘rish asnosida bezgak kasaliga yo‘liqib, vafot etgan.
Aleksandr yurishlari natijasida vujudga kelgan ulkan saltanat hududi Hind daryosidan Dunayga qadar cho‘zilgan bo‘lib, u qad. dunyoning eng yirik davlati edi. Lekin mustahkam ichki aloqalari bo‘lmagan bu saltanat Aleksandr vafot etgach, tezda parchalanib ketgan va uning hududida bir qancha ellinistik davlatlar vujudga kelgan. Aleksandr harbiy san'at tarixida yirik sarkarda sifatida mashhurdir. Qadim zamonlardan (mil. av. 200 y.) Aleksandr haqida ko‘plab rivoyat, afsona, doston va miniatyuralar yaratilgan. Ular o‘rta asr adabiyotiga ham kirib kelgan.
Spitamen (yun.-Spitamenes, sug‘dcha-Spitamana) (?-mil. av. 328)-Sug‘diyonada vatan ozodligi yo‘lida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni (q. Spitamen qo‘zg’oloni) rahbari. Yozuvchi V.V.Yanning yozishicha, Spitamenning onasi-sug‘d, otasi-sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan bo‘lgan. Spitamen yoshligida abjir, chaqqon yigit bo‘lib o‘sgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. Spitamen dastlab Doro III ning, so‘ngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan bo‘lgan. Bess o‘limidan so‘ng, yunon-makedon istilochilariga qarshi 3 y. davomida mardona qarshilik ko‘rsatgan. Arriannmng yozishicha, qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilgan ko‘chmanchi massaget qabilalari rahbarlari Aleksandrning cho‘l ichkarisiga yurish qilishidan xavotirlanib Spitamenni o‘ldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. Spitamenning qizi Apana Salavk I ga berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tug‘ilgan. Spitamenning nomi asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelgan. Spitamen haqida ko‘plab badiiy (V.Yanning «Qo‘rg‘on uzra olovlar», Ya.Ilyosovning «Sug‘diyona», M.Qoriyevning «Sug‘d qoploni» romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan.
Spitamen qo‘zg‘oloni - Sug‘diyona va Baqtriyada Aleksandr boshchiligidagi yunon-makedon istilochilariga qarshi ozodlik harakati (mil. av. 329-327 y.lar). Rahbari-Spitamen. Mil. av. 329 y. kuzida boshlangan. Spitamen boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar Marokanda (Samarqand)dagi yunon-makedon garnizonini qirib tashlab shaharni egallaydilar. Aleksandr ularga qarshi Farnux boshchiligida 3 ming piyoda va 800 otliq qo‘shin jo‘natgan, Spitamen Politimet (Zarafshon) ning quyi oqimidagi yerlarga chekingan. Bu yerda ko‘chmanchilarning otliq qo‘shinlari bilan birlashib hujumga o‘tadi. To‘satdan qilingan hujum natijasida yunon-makedon qo‘shinining katta qismi qirib tashlangan, qolgan qutganlari esa shahar qal'asiga yashiringan. Spitamen yana Marokandani qamal qilgan. Aleksandr Spitamenga qarshi Andromax, Menedem va Karan boshchiligida otliq va piyoda qo‘shin yuborgan. Spitamen bundan xabar topib o‘rmon orasidan o‘tadigan yo‘lga pistirma qo‘yib, ularga to‘satdan hujum qilgan. U mazkur jangda o‘zgacha harbiy usul qo‘llagan. Har bir otga 2 tadan jangchi mindirilgan. Ular dushmanga 2 tomondan zarba berar, biri nayza, qilich yoki kamon bilan hamla qilsa, ikkisi tosh bilan urib, yovning boshini majaqlar edi. Bu jangda dushman katta talafot ko‘rgan. Shundan keyin Spitamenga qarshi Aleksandr asosiy kuchlari bilan otlangan, Spitamen cho‘l ichkarisiga chekingan.
Aleksandr uni ta'qib etmagan, lekin Zarafshon vohasining tinch aholisidan qattiq o‘ch olgan (120 ming kishi qirib tashlangan), shahar, qishloqlarni vayron qilgan, ekinlar, bog‘larni yondirgan. Aleksandr Sug‘diyonadagi bir necha qal'a va poytaxt Marokandada katta qo‘shin qoldirib, o‘zi qolgan kuchlari bilan qishlovni o‘tkazish uchun Baqtriya (ba'zi ma'lumotlarda-Navtaka)ga qaytgan. Mil. av. 328 y. bahorida qo‘zg‘olonning 2 bosqichi boshlangan. Ko‘plab sug‘diylar turli qal'alarda to‘planib yunonmakedon hokimlarini tan olmaganlar. Bu davrda Sug‘diyona qo‘zg‘olonning o‘chog‘i bo‘lgan. Spitamen Aleksandrning yo‘qligidan foydalanib raqibining orqa tomonidan aylanib o‘tib, 600 otliq bilan Baqtriyada yunonlarga qaqshatqich zarbalar berib turgan. Yunonlar lashkarboshisi Ken Spitamenga qarshi chiqib, uni dashtga chekinishga majbur qilgan, Spitamen Zarafshonning quyi oqimi bo‘ylariga ketgan. Mil. av. 328 y.ning kuzida Spitamen bu yerdagi qal'alardan birini egallab, 3 ming otliq bilan Sug‘diyona poytaxti tomon yurgan. Yunonlar butun kuchlarini unga qarshi tashlaydilar, jangda qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatga uchraydilar.
Sug‘diy va baqtriyalik zodagonlarning bir qismi Spitamenga xiyonat qilib istilochilar tomoniga o‘tib ketganlar. Mil. av. 328 y. oxirida Spitamen xoinona o‘ldirilgan. Ayrim tarixchilar uni Aleksandr hujumidan qo‘rqqan massagetlar o‘ldirgan deb hisoblaydilar. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda, Spitamenni o‘z xotini o‘ldirib, boshini Aleksandr huzuriga keltirgan, biroq Iskandar uni o‘ta sovuq kutib olgan. Shunga qaramay, Spitamen qo‘zg‘oloni tugamagan, uning 3-bosqichi boshlangan. Shu tufayli Aleksandr mil. av. 328-327 yillar qishlovini Sug‘dda o‘tkazishga majbur bo‘lgan. Qo‘zg‘olonchilar tog‘ qal'alarida kurashni davom ettirganlar. Hozirgi tadqiqotlarga ko‘ra, ular janubi sharqiy hududlarda joylashgan. Aleksandr mahalliy aholi qarshiligini kuch bilan yenga olmasligiga ishongach, ularga yaqinlashishga harakat qilgan, ularga nisbatan siyosatini o‘zgartirgan. Tog‘li hududlardagi qo‘zg‘olon boshliqlari Oksiart, Sisimitr, Xorien kabilarni afv etib, molmulkini qaytarib bergan. Oksiartning qizi Roxshanakka uylangan. Mahalliy zodagonlarning aksariyati Aleksandr hokimiyatini tan olib uning xizmatiga o‘tib ketishgan. Mil. av. 327 yil oxirida Sug‘diyona Aleksandr tomonidan batamom egallanib, qo‘zg‘olon bostirilgan.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha Iskandar Roksana tufayli Aksiartning barcha gunohlarini kеchiradi va uni Baqtriya satrapi etib tayinlaydi. Bu voqеani eshitgan Iskandarga raqib bo`lgan Eparx Xoriеn Iskandarga jangsiz taslim bo`ladi (qal'ani yunon-makеdonlar uning nomi bilan atashgan) va o`z qal'asiga hokim bo`lib oladi. Ana shu tariqa Iskandar boshqa qal'alarni ham birin-kеtin egallay boshlaydi. Plutarx Iskandarning yerli xalq urf-odatlari va madaniyatiga katta hurmat bilan qaraganligini alohida ta'kidlaydi. «hatto, dеydi u, varvarlarning milliy kiyimlarini kiyib yurishni o`ziga ma'qul ko`radi... hatto, shoh makеdon jangchilariga ham yerli xalqning urf-odatlarini o`rganishni ta'kidlaydi».2 Zikr qilingan manbada ta'kidlanishicha, Iskandar «varvar»larning (ya'ni yerli xalqlarning Sh.K. P.Sh) kiyimlarini dastlab ularning vakillari bilan uchrashganda, ularning uylariga tashrif buyurganda, ahyon-ahyonda kiygan bo`lsa, kеyinchalik u butunlay «varvarchasiga» kiyinib yurishga ko`nikib qoladi. Iskandarning yerli mahalliy xalqqa nisbatan bunday «odilona» va «insoniy» munosabatda bo`lishi aholi ma'lum bir qismining, asosan yuqori tabaqa vakillarining Iskandar tomoniga o`tishiga sabab bo`ldi. Xalq rahbarsiz qoldi.
Iskandar qalbining to`ridagi yashirin va pinxona istak va tilak ham aynan shu edi. Bu xol uning Baqtriya va So`g`diyona xalqlari ustidan to`la hukmronlik o`rnatilishiga imkoniyat yaratdi. Iskandar miloddan avvalgi 327 yilda Markaziy Osiyoni batamom o`ziga bo`ysundirib mahalliy aslzodalardan bo`lgan Oropiyani So`g`d podsholigiga tayinlaydi va Hindiqush orqali Hindiston sari otlanadi. Hindistonni ham o`ziga tobе etgan Iskandar 324 yilda yana Markaziy Osiyoga qaytadi. Shu yili Suzda Iskandar katta ommaviy to`y uyushtiradi. Uning askarlaridan 10 ming jangchi, shu jumladan shohga yaqin bo`lgan Gеfеstion, Krater, Ptolomеy, Salavk, Evmеn, Perdikka va boshqalar sharq ayollariga uylanadilar. Iskandarning o`zi malika Roksana ustiga sharq odatiga ko`ra Doroning katta qizini xotinlikka oladi. Shoh kuyov-kеlinlarga katta tortiqlar va sovg`a-salomlar beradi.
Iskandarning Markaziy Osiyodagi xatti-harakatlari, uning bu yerda yurgizayotgan siyosati grеk-makеdon lashkarlarning ma'lum bir qismiga yoqmaydi. Ular, Iskandarning sharq xalqlari vakillarini grеk va makеdonlar, shoh yaqinlari-
Download 21.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling