12- amaliy mashgʻulot. Shartnoma


Download 49.67 Kb.
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi49.67 Kb.
#1000505
  1   2   3
Bog'liq
12-amaliy mashg\'ulot

12- amaliy mashgʻulot. SHARTNOMA




Shartnoma ‒ ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majbu­riyatlarini belgilash, oʻzgartirish yoki toʻxtatish haqidagi rasmiy hujjat.
Shartnoma korxona, tashkilot, muassasa yoki xoʻjaliklar, shuningdek, fuqa­rolar oʻrtasida tuzilishi mumkin.
Shartnomalar mazmunan turlicha boʻladi: Mahsulotlarni yetkazib berish shartnomasi, Ijara shartnomasi, Moddiy javobgarlik shartnomasi, Mehnat bitimi.
Shartnomalar qonunga muvofiq tuzilgan boʻlib, bu qoidaning buzilishi shart­nomaning qonuniy kuchini yoʻqqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan yoki tuzishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning javobgar boʻlishiga olib keladi.
Xoʻjalik shartnomalari, asosan, quyidagi zaruriy qismlar asosida tuziladi:
1. Shartnomaning nomi (Yetkazib berish shartnomasi, Ijara shartnomasi, Pudrat shartnomasi).
2. Shartnoma tuzilgan sana.
3. Shartnoma tuzilgan joy.
4.Shartnoma tuzayotgan tomonlar (xoʻjalik, korxona, tashkilot, muas­sasa)­ning aniq va toʻliq nomi; tomonlar vakillarining ismi va ota ismlari, familiyalari.
5. Shartnoma matni (bu qism ba’zan boblarga boʻlinadi, har bir bob rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar bandlarga boʻlinib, ularning tartib raqamlari arab raqamlari bilan koʻrsatiladi). Shartnomaning amal qilish muddati ham qayd etiladi.
6. Tomonlarning manzillari.
7. Tomonlarning imzolari va muhrlari.
Shartnoma ikki nusxadan kam boʻlmasligi kerak. Shartnomaning barcha nus­xa­lari bir xil huquqiy kuchga ega boʻladi.


Shartnoma namunasi
Shartnoma
Samaqand viloyati Kattaqoʻrg‘on tumaniga qarashli “Andoq” qishlog‘i. Bir ming toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqizinchi yilning beshinchi yanvari.
“Andoq” fermer xoʻjaligi nomidan ish koʻruvchi xoʻjalik raisi Qodirov Mahmud Turdiyevich (keyingi oʻrinlarda “Ma’muriyat” yoki “Xoʻjalik” deb ataladi) bir tomon va mazkur xoʻjalik a’zosi Komil Salomovich Turg‘unov (keyingi oʻrin­larda “Xoʻjalik a’zosi” yoki “Xodim” deb ataladi) ikkinchi tomon boʻlib, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
1. Xoʻjalik ma’muriyati xoʻjalik ixtiyoridagi 5-boʻlimga qarashli 10 (oʻn) gektar yerni K. S. Turg‘unovga bug‘doy (tarvuz) ekish uchun ijaraga berdi.
2. Xoʻjalik hisobidagi yer ikki yil muddatga, 1995-yil 10-yanvardan 2001-yil 10-yanvargacha ijaraga berildi.
3. Yerdan foydalanish uchun toʻlanadigan haq shartlashayotgan tomon­larning kelishuviga muvofiq belgilanadi va qonunda koʻzda tutilgan miqdordan oshirilmaydi.
4. Ijaragir yerni haydash, ekin ekish, yig‘ib-terib olish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
5. K. S. Turg‘unovning yerdan boshqa maqsadlarda foydalanishi taqiqlanadi.
6. Ushbu yer favqulodda xoʻjalikka kerak boʻlib qolgan taqdirda. yoki xoʻjalik tarqatib yuborilsa, mazkur shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
7. Shartnoma muddati tugagandan soʻng K. S. Turg‘unov yerni topshirish majburiyatini oladi.
8. Ijara toʻlovi shartnoma boʻyicha har bir gektar uchun olingan hosilning yarmi miqdorida belgilanadi.
9. Ijaragir aybi bilan yer foydalanilmay ushlab turilsa, xoʻjalikka yetkazilgan zarar hajmini aniqlash va uni undirib olish amaldagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Agar koʻrilgan zararda Ijaragirning aybi boʻlmasa, u moddiy javobgar hisoblanmaydi.
11. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzildi, birinchi nusxasi ‒ Ma’muriyatda, ikkinchi nusxasi esa Ijaragirda saqlanadi.
Shartnoma tuzuvchi tomonlarning manzillari:
Ma’muriyat: Samarqand viloyati,
Kattaqoʻrg‘on tumani “Andoq” fermer xoʻjaligi (imzo) M.T.Qodirov

Ijaragir: “Andoq” fermer xoʻjaligi, “Sebiston” mahallasi


(imzo) K. S. Turg‘unov
1999-yil 5-yanvar (muhr)



Download 49.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling