12- amaliy mashgʻulot. Shartnoma
Mehnat bitimi shartnomasi
Download 49.67 Kb.
|
12-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat bitimi namunasi
Mehnat bitimi shartnomasi
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, joylarda mehnat samaradorligini oshirish maqsadida fuqarolarni “Mehnat bitimi” asosida ishga qabul qilish joriy etildi. “Mehnat bitimi” shartnoma turlaridan biri boʻlib, u orqali muassasa (xoʻjalik, tashkilot, korxona)lar bilan xodimlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar rasmiylashtiriladi. Bunda xodim (ishchi) aniq bir ishni bajarishni zimmasiga oladi, muassasa (xoʻjalik, tashkilot, korxona) esa ish haqini toʻlash va shu ishni bajarish uchun sharoit yaratib berish majburiyatini oladi. Mehnat bitimi kamida ikki nusxada tuziladi. Bir nusxasi ma’muriyatda, ikkinchisi xodimda saqlanadi. Mehnat bitimi quyidagi zaruriy qismlar asosida tuziladi: 1. Hujjat nomi (Mehnat bitimi). 2. Tuzilgan sanasi va joyi. 3. Mehnat bitimi tuzayotgan tomonlarning toʻla va aniq nomi, uni imzolovchi shaxslarning lavozimi, toʻliq ismi, ota ismi va familiyasi. 4. Shartnoma mazmuni (bajaruvchi va ma’muriyatning majburiyatlari sanab koʻrsatiladi). 5. Ishni bajarish muddati va xodimga toʻlanadigan ish haqining umumiy miqdori. 6. Ish sifatiga qoʻyiladigan talablar. 7. Tomonlarning manzillari. 8. Tomonlarning imzolari. 9. Muassasa (korxona, xoʻjalik) muhri. Mehnat bitimi namunasi Mehnat bitimi 2005-yil 25-may Mitan qishlog‘i “Mehnat-rohat” fermer xoʻjaligi nomidan fermer xoʻjaligi raisi Oybek Sodiqovich Zokirov bir tomondan va mazkur xoʻjalikda yashovchi iqtisodchi Abdulla Salimovich Rahmonov ikkinchi tomon boʻlib ushbu mehnat bitimini tuzdik: 1. Fermer xoʻjaligi A.S.Rahmonovni bir yilga, ya’ni 2005-yilning 1-iyunidan 2006-yilning 1-iyunigacha iqgisodchi vazifasiga ishga qabul qiladi. 2. A. S. Rahmonovning oylik maoshi 143000 (bir yuz qirq uch ming ) soʻm miqdorida belgilanadi. 3. A. S. Rahmonov yosh mutaxassis boʻlganligi sababli fermer xoʻjaligi tasarrufidagi 2 xonali uy-joy bilan ta’minlanadi. 4. A. S. Rahmonov oʻziga topshirilgan barcha ishlarni vijdonan bajarish va fermer xoʻjaligi ichki tartiboti qoidalariga rioya qilishni oʻz zimmasiga oladi. 5. Bitimda koʻrsatilgan boshqa barcha hollarda tomonlar mehnat haqidagi qonunlarga amal qiladilar. 6. Ushbu bitim yuzasidan kelib chiqadigan barcha nizolar qonunda belgilangan tartibda hal qilinadi. Download 49.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling