Tomonlarning huquqiy manzillari:
1. Fermer xoʻjaligi ‒ Ishtixon tumani, Mitan qishlog‘i, davlat banki Ishtixon tumani boʻlimidagi joriy hisob raqami ‒154555.
2. A. S. Rahmonov ‒ Ishtixon tumani “Mehnat-rohat” fermer xoʻjaligi, Mitan qishlog‘i Pasport seriya ‒ ChJ-1V 554195.
Topshiriq
1. Shartnoma nima maqsadlarda tuziladi, uning turlarini ayting.
2. Shartnoma va Mehnat bitimi qanday zaruriy qismlar asosida tuziladi?
1-mashq. Shartnomaga oid quyidagi soʻz va soʻz birikmalarini daftaringizga yozib oling va yodda tuting.
Shartnoma, buyurtmachi, muassasa, bajaruvchi, ijrochi, munosabat oʻrnatmoq, majburiyatlarini oladi, amalga oshiriladi, moddiy javobgar hisoblanmaydi, oʻz kuchini yoʻqotmaydi, ijaraga oluvchi (ijaragir), mehnat bitimi, ta’minlaydi, zimmasiga oladi, hal qiladi, bajaruvchining majburiyatlari, buyurtmachining majburiyatlari.
2-mashq. Quyidagi soʻz va soʻz birikmalarining ma’nosini lug‘at yordamida aniqlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Zimmasiga oladi, munosabat oʻrnatmoq, ta’minlaydi, moddiy javobgar hisoblanmaydi, oʻz kuchini yoʻqotadi.
3-mashq. Kelgusida oʻz mutaxassisligingiz boʻyicha ishga kirish uchun Mehnat bitimi tuzing.
4-mashq. Quyidagi konstruksiyadan foydalanib, soʻz birikmalari tuzing.
Nima? __________belgilanadi
Qancha? Qanday?_________ishga qabul qiladi
Qachondan? Nima bilan?__________ta’minlanadi
Nima sababdan?_______
Do'stlaringiz bilan baham: |