12- ma’ruza nitrat kislоtаsining ishlаb chiqаrish teхnоlоgiyasi. Nitrat kislоtаsi uchun хоm-аshyo bо`lgаn tаbiiy аzоtni bоg’lаsh usullаri Reja
Download 39.97 Kb.
|
12- ma\'ruza
CaC2+ N2 CaCN2+ 301,5 kDj
kal’siy karbid 10000C da kuydirilib, karbotsianoamid olinadi. Bu usulda 1 soatda 10-12 ming kVt energiya sarf bo’ladi. 3)1913 yil Germaniyada xavo tarkibidagi N2 ni boq’lash usuli kashf etildi. Atmosferadigi azotni boq’lash iqtisodiy jixatdan boshqa usllardan afzaldir. Reaktsiya quyidagi tartibda ketadi: N2 + 3H2 2NH3+Q Xozirgi vaqtda tabiiy azotni bog’lash uchun shu usul qo’llaniladi. NH3 xosil qilish jarayoni gomogen, qaytar, ekzotermik bo’lib, xajm kamayishi bilan boradi. Muvozanatni o’ng tarafga siljitish uchun Le-SHatel’e koidasi asosida R ni oshirib , temperaturani kamaytirish kerak. Maxsulotni xosil bo’lish darajasi 97% bo’lishi uchun bosim 350 MPa va xarorat 400 0C bo’lishi kerak. 450 0C da 10 MPa bosimda 16%, 450 0C da 30 MPa bosimda 36% NH3 xosil bo’ladi. Temperaturaning kamayishi bilan maxsulotni muvozanat xolatidagi chiqish miqdori ortib boradi. Lekin yuqori bosimda NH3 xosil qilish iqtisodiy jixatdan foydali emas. Temperaturani pasayishi bilan reaktsiya o’ng tarafga siljiydi, lekin jarayon tezligi kamayib ketadi. SHu sababdan jarayon tezligini oshirish uchun katalizatorlar ishlatiladi. N2 moddani aktivlanish energiyasi juda yuqori bo’ladi. Uni aktivlab, N bilan reaktsiyaga kirishishi uchun xam maxsus katalizatorlar ishlatiladi. Katalizatorlar sifatida Fe, Mn, W, Pt Ur va boshqalar ishlatiladi. Ayrim katalizatorlarning ishlatilishi xavfli va iqtisodiy jixatdan qimmat. NH3 sintezi geteroqatalitik jarayondan iborat bo’lib, 6 bosqichda boradi: 1) Azot va vodorod aralashmasini katalizator yuzasiga diffuziyasi. 2) Gazlar aralashmasini katalizator Kovaklariga diffuziyasi. 3) O’zaro ta’sirlanuvchi moddalarning aktivlanishi va oraliq kompleks moddalarni xosil bo’lishi oksidlanish-qaytarilish mexanizmi bo’yicha boradi. Download 39.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling