12 – mavzu: internet va uning tarixchi uchun imkoniyatlari reja


Global tarmoq imkoniyatlari. Kutubxona kataloglari bilan ishlash. Elektron pochta. Web-sayt. Gipermatn


Download 213 Kb.
bet3/9
Sana10.08.2023
Hajmi213 Kb.
#1666252
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu Internet va uning tarixchi uchun imkoniyatlari

3. Global tarmoq imkoniyatlari. Kutubxona kataloglari bilan ishlash. Elektron pochta. Web-sayt. Gipermatn.
XX asrning 90-yillari Internetda xizmat tarmoqlari tashkil qilingan davr bo`ldi. 1990-yili Bill Xilan, Elan Emtij va Piter Deych Archie programmasini ishlab chiqishdi. 1991 - yili NSFNET tarmog`i takomillashtirildi va uzatish tezligi 44.736 mbayt/s ga etdi. Shu yili Bryuster Kaale WAIS programmasini tuzdi, Minnesota unversitetida Pol Lindner va Mark Mak – Kayl tomonidan Gopher –programmasi tuzildi. Bu voqealardan keyin 1992-yili Nevada shtati universitetida yaratilgan Veronica sistemasi ishga tushirildi. Shu sababli 1992-yili tarmoqdagi kompyuterlar soni milliondan oshib ketdi.
Internetning 1990-yillardagi rivojlanishiga asosiy World Wide Webning (Butun Dunyo Tarmoqg`i) tuzlishi bo`ldi. 1990-yil noyabrdaYevropa atomni tekshirish markazi (CERN) xodimi Tim Berns - Li WWW tarmog`ining birinchi nusxasini yaratdi, lekin u 1992-yilgacha ishga tushirilmadi. 1993-fevralida NCSA (Nationol Center for Supercomputer Applications, Super kompyuterli Xisoblash Markazi) Mosaic programmasining alfa – versiyani tuzdi. 1993-yil sentyabrida birinchi ishlovchi Mosaic versiyasi ishlab chiqildi va axborot oqimi WWW bo`yicha 1% ni tashkil qildi. 1993-yil oktiyabrida 200 ta WWW – server ishga tushirildi. Keyingi yillar Internet va WWW ning rivojlanishi yanada tezroq suratda bo`ldi. WWW serveri va tarmoqdagi kompyuterlarning aksariyati AQSHda joylashgan.
ILK E-MAIL HAQIDA………
1844-yil 24-may sanasida Semuel Morze ilk telegrammani yuborishga tayyorgarlik koʻrayotgan paytda aynan shu kuni u tarixda muhrlanib qoladigan ishga qoʻl urayotganini bilardi.
Shuning uchun Morze kodi bilan uzatilgan ilk xabar juda ham havoyi “WHAT HATH GOD WROUGHT” ya’ni “XUDONI LARZAGA KELTIRUVCHI” iborasidan iborat edi. Birinchi elektron maktub muallifi Rey Tomlinson ilk e-mailni 1971-yil yuborgan. -@- belgisini ham birinchi marta Rey Tomlinson qoʻllagan.
Internet standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir.
Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi.
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan.
Texnik masalalar esa «Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi.
Internet tarmog’idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi oʻziga kerakli boʻlgan biror ma'lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega boʻladi. Internet - bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab Web-sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi koʻp foydalaniladigan Web-sahifalar adreslari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan toʻliq axborot olib boʻlmaydi. Chunki Internetdagi barcha Web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak boʻladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi bir qancha adreslar oʻzgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi. Internet tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan veb-saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari boʻyicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli boʻlgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi. Axborotlarni qidirish. Internet tarmog’i shunday bir muhitki u oʻzida turli koʻrinishdagi va turli tillardagi koʻplab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu axborotlar ichidan kerakli boʻlgan ma'lumotlarni qidirib topish muammosi paydo boʻladi.
Internet tarmog’ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun oʻzbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha soʻzdan tashkil topgan soʻrovlardan foydalanadi. Ya'ni ma'lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan soʻzlar va jumlalar boʻyicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalauvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma'lumotga doir soʻz yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan soʻng qidiruv tizimi foydalanuvchiga oʻzi tomonidan kiritilgan soʻz yoki jumlaga mos keluvchi ma'lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning roʻyxatini hosil qiladi. Va nihoyat roʻyxatdagi ma'lumotlarni ketma-ket koʻrib chiqilib kerakli boʻlganlari kompyuterga saqlab olinadi.
Axborotlarni parametrlari boʻyicha qidirish. Koʻrib oʻtilganidek, har bir foydalanuvchi Internet tarmog’i orqali oʻziga kerakli boʻlgan ma'lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi soʻz yoki jumla boʻyicha qidirib topishi mumkin, lekin Internet tarmog’ida ma'lumotlar shunchalik koʻpki, ta'kidlab oʻtilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qoʻshimcha usullari boʻyicha qidiruvni taqdim etadi, bular:

  • ma'lumotlarni uning tili boʻyicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) boʻyicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni uning joylashgan mintaqasi boʻyicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi boʻyicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi boʻyicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni xavfsiz qidiruv.




  1. Download 213 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling