12 – mavzu. O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi


Download 28.41 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi28.41 Kb.
#1491843
  1   2   3   4   5


12 – mavzu. O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi
12.1. O’zbekiston milliy hisoblar tizimi to’g’risida tushuncha
Milliy hisoblar tizimi (MHT) iqtisodiy statistikaning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi. Shuning uchun biz o’rganayotgan milliy boylik statistikasini tadqiq qilishda, uni barcha qirralarini takomillashtirish borasida shu MHT-93-ga tayanmoq zarur. MHT-93 ning asosiy schetlari ichida “Kapital bilan qilinadigan harakatlar” schetini to’liq holda qo’llash, uni yuritish uchun tayyorlangan uslubiy ko’rsatmalardan foydalanish milliy boylik statistikasini toraytirilgan ramkada (tushunchada) taqqoslanadigan holda hisoblash imkonini beradi. Milliy boylik ko’rsatkichi statistikada 1994 yilga qadar asosan mamlakatning iqtisodiy aktivlari hajmi doirasida tushunilardi. Bu hol xalqaro tashkilotlar va ko’pgina rivojlangan mamlakatlar statistikasida mavjud edi. Ammo Rossiya Federatsiya statistikasida (Goskomstat RF) hanuzgacha milliy boylik hajmi mamlakatning sof iqtisodiy aktivlarining yig’indisi sifatida hisoblanmoqda, darsliklar va o’quv qo’llanmalarida ham shu kontseptsiya asosida milliy boylikning mohiyati, tarkibi, hisoblash uslubiyatlari talqin qilinmoqda. Ma’lumki iqtisodiy aktivlar - iqtisodiy ob’ekt bo’lib, unga institutsional birliklarning mulki hisoblanadi, undan egalik qilish yoki foydalanish tufayli iqtisodiy manfaat olinadi. Muhim manfaat - bu kelajakda daromad olish imkoniyatidir. Ba’zi bir aktivlar: binolar, jihozlar va boshqalar tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko’rsatishda faol qatnashadi hamda foyda keltirishda ulushga ega bo’ladi. Ba’zilari esa, masalan moliyaviy aktivlar - aktivlar egasiga egalik qilgani uchun mulk daromadini keltiradi. BMT ning MHT - 93 dagi kontseptsiyasiga muvofiq mamlakat (tarmoq, sektor, hudud) ning mulkiy holati - milliy boyligi sof aktivlar qiymatiga tengdir. Bu ko’rsatkichni hisoblashda “Aktivlar va passivlar balansi” dan foydalaniladi. Aktivlar va passivlarning davr boshi (oxiri) dagi balansi:

Aktivlar (talablar).

Passivlar (majburiyatlar).

1.Nomoliyaviy aktivlar

3.Moliyaviy majburiyatlar

2.Moliyaviy aktivlar

4.O’ziga tegishli kapitalning sof qiymati (n1+n2-n3)

BMT ning MHT-93 dagi kontseptsiyasiga binoan milliy iqtisodiyot va uning sektorlari bo’yicha mulkiy holatni - boylikning hajmini hisoblash mumkin. Aktivlar va passivlar balansining yil boshi va oxiridagi ko’rsatkichlarini solishtirishi natijasida, sof aktivlar- milliy boylikning hajmini o’zgarishi (mutlaq va nisbiy) ni aniqlash imkonini beradi. Makroiqtisodiy statistikada sof aktivlar - milliy boylikni hajmini hisoblashda moliyaviy aktivlar (talablar) va moliyaviy passivlar (majburiyatlar) faqat tashqi mamlakatlarga nisbatan olinadi, chunki ichki talablar va majburiyatlar mamlakat miqyosida bir-biri bilan qoplanib ketadi.


Mamlakatning sof aktivlari - milliy boyligi - mamlakatning mulkiy holati ko’rsatkichi zaxirasida ko’rsatkichlari turkumiga kiradi. U mahsulot, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromadi ko’rsatkichlari (bular “oqim” ko’rsatkichlari) dan farq qiladi. Zaxirani ko’payishi (kamayishi) hajmini va unga ta’sir etgan omillarni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: A1=A0+Aih+Abs+Ar
Ao, A1 - bunda yil boshi va oxiridagi aktivlarning hajmi (qiymati);
Лш - iqtisodiy harakatlar (ishlab chiqarish, sotish -sotib olish, in’om etish) natijasida aktivlar qiymatining o’zgarishi;
Ль<т aktivlar qiymatini iqtisodiy harakatlarga bog’liq bo’lmagan boshqa faoliyatlar tufayli o’zgarishi (foydali qazilmalarning ochilishi, tabiiy ofatlar va boshqalar natijasida);
Лк^ - aktivlarning nominal qiymatini inflyatsiya (deflyatsiya) natijasida o’zgarishi.
Barcha sabablarga ko’ra aktivlar qiymatini o’zgarishi (amaldagi baholarda): ЛА = A1-A0; agar aktivlarning fizik hajmini o’zgarishini, ya’ni dinamikasini o’rganmoqchi bo’lsak, unda baho (narx) faktorini ta’sirini e’tiborsiz qoldiramiz. Bunda aktivlar dinamikasi, indeksi Ia=A1R0 : A0; bunda A1R0 =Zq1p0 , solishtirma narxlarda baholangan aktivlarning yil oxiridagi qiymati. Iqtisodiy aktivlarning hajmi dinamikasi va boshqa jihatlarini to’laroq o’rganish uchun statistika amaliyotida birinchi navbatda ular tasniflanadi, ya’ni klassifikatsiya qilinadi. Tasniflashda turli- tuman aktivlarni u yoki bu muhim belgisi - xususiyati, xossasiga binoan oldindan belgilangan guruhlarga ajratiladi. Bu guruhlar BMT ning statistika komissiyasi tomonidan barcha mamlakatlar uchun standart holida tavsiya etiladi (qarang BMT MHT-93 ga). Shunga ko’ra:

I. Nomoliyaviy aktivlar.

II.Moliyaviy aktivlar.

1

2

1. Ishlab chiqarilgan aktivlar.

  1. Moddiy (material) aktivlar.

  1. Asosiy vositalar.

  2. Material aylanma mablag’lar zaxirasi.

  3. Qimmatbaho boyliklar (tsennosti)

  4. Uzoq muddatga ishlatiladigan iste’mol tovarlari (spravka tariqasida) 1.2. Nomoddiy (nomaterial) aktivlar (asosiy vositalar).

  1. Foydali qazilmalarni qidirish uchun harajatlar.

  2. EHM programma dasturlari ta’minoti.

  3. Original ijodiy janrlar, adabiyot va san’at.

  4. Boshqa nomoddiy aktivlar.

  1. Monetar oltin va maxsus oldi- berdi huquqi.(monetarnoe zolota i spetsialnoe prava zaimetvovoniya).

  2. Naqd pullar va depozitlar.

  3. Qimmatbaho qog’ ozlar (aktsiyalardan tashqari).

  4. Ssudalar.

  5. Aktsiyalar va boshqa turdagi kapitalga qatnashuvchi omillar.

  6. Sug’urta rezervlari.

  7. Debitorlar va kreditorlarning boshqa hisoblari.

  8. To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari. (spravka tariqasida)

2. Ishlab chiqarilmagan aktivlar.

  1. Moddiy (material) aktivlar.

  1. Er.

  2. Er osti boyliklari.

  3. O’stirilmaydigan biologik resurslar.

  4. Suv resurslari.

2.2. Nomoddiy (nomaterial) aktivlar.

  1. Patentlar, avtorlik huquqi, litsenziyalar.

  2. Ijara to’g’risida shartnomalar.

  3. “Gudvill”

  4. Boshqa nomoddiy aktivlar.







Download 28.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling