O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining asosiy tamoyillari
Download 79.5 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari Reja:
2.O’zbekiston Respublikasida xalq hokimiyatchiligi. 3.O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunning ustunligi. 4.O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy asoslari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy to’zumining asosiy prinsiplari deganda, jamiyatda o’rnatilgan ijtimoiy to’zum, davlatning tuzilishi, uni boshqarish shakli va tartibi, Konstitutsiya va qonunarning ustunligi, davlatning ichki va tashqi siyosati qanday asoslarda amalga oshirilayotganligi tushuniladi. Konstitutsiyaviy to’zumning asosiy prinsiplari Konstitutsiyaning I-bo’limida belgilangan. Konstitutsiyada jamiyatimizning asosiy prinsiplari sifatida davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunarning ustunligi, respublika tashqi siyosatining asosiy prinsiplari ko’rsatib o’tilgan. Konstitutsiyaviy to’zumning asosiy prinsiplari O’zbekiston Respublikasi qanday davlat ekanligi, uning mohiyati, uning butun ichki va tashqi vazifalarini mustaqil ravishda belgilash, davlat ichida yagona ustun hokimiyat ekanligi, boshqa hech qanday hokimiyatni tan olmasligi, tashqi davlatlar bilan umumbashariy qadriyatlar, xalqaro shartnomalar asosida mustaqil ish olib borishga qodir ekanligini ko’rsatadi. Davlat suvereniteti davlatning mustaqilligini bildiruvchi termin bo’lib, davlatning muhim belgisi xususiyati hisoblanadi. «Suverenitet» termini XVI asrda Fransiyada vujudga kelgan va oliy hokimiyat egasi degan ma`noni bildiradi. Suverenitet davlatning umumiy va ajralmas belgisi bo’lib, uning to’la huquqliligini hamda ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram emasligini anglatadi. Suveren davlat o’z ichki va tashqi vazifalarini boshqa davlatlarning huquqlarini, shu bilan birga, xalqaro huquq normalarini bo’zmagan holda, o’zi xohlagan tarzda hal qiladi. Suverenitet davlat bilan bir vaqtda vujudga keladi. Davlat suvereniteti millat, xalq suverenitetidan boshlanadi va uning o’rniga keladi. Xalq suvereniteti haqidagi ilmiy ta`limot dastlab burjua mafkurachilarining feodalizmga qarshi kurash yo’lida ishlab chiqilgan edi. Feodallar sinfi bilan kurash uchun burjuaziya sinfiga tayanch kuch kerak edi va bunday kuch xalq ommasi ekanligini ular yaxshi bilar edi. Shuning uchun burjuaziya o’z manfaatlarini butun xalq manfaati deb e`lon qildi va butun xalqni feodalizmga qarshi kurash uchun inqilobga chaqirdi. «Xalq suvereniteti» nazariyasi franso’z olimi Jan Jak Russo tufayli burjua inqilobi arafasida o’zining klassik qiyofasini topdi. Uning fikricha, xalq suveren hokimiyatning asoschisi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy huquq fanida xalq suvereniteti deganda, odatda, xalq to’la hokimiyatning egasi ekanligi, uning o’z hokimiyatini boshqa ijtimoiy kuchlardan mustaqil ravishda, hech kimga bo’ysunmasdan amalga oshirishi tushuniladi. Xalq suvereniteti davlat va milliy suverenitetlarda namoyon bo’ladi. O’zbekistonda suverenitetning manbai va yagona egasi bo’lgan xalq uni, eng avvalo, davlat hokimiyati orqali davlat suvereniteti sifatida amalga oshiradi. Davlat hokimiyati faoliyatiga aylangan va uning organlari orqali amalga oshiriladigan xalq suvereniteti shaklini oladi. O’z ijtimoiy mohiyatiga ko’ra, O’zbekistonda xalq suvereniteti yagona, bo’linmaydigan tushunchalardir. Ular bir-biridan ajralgan suverenitet bo’lib, xalq va uning davlati tomonidan to’g’ridan- to’g’ri amalga oshiriladi. Davlat suverenitetining amal qilishi davlat hokimiyati faoliyatining uchta tarmogini-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini, uning organlarini, ichki va tashqi funksiyalarini amalga oshirishdagi faoliyatdir. Davlat hokimiyati asosiy funksiyalarining amalga oshirilishi natijasidagina davlat suvereniteti hayotga tatbiq etiladi. Bizning davlatda xalq suvereniteti ifoda etilishining boshqa shakli milliy suverenitet hisoblanadi. Milliy suverenitet deganda, millatning siyosiy va huquqiy holati tushuniladi. Milliy suverenitet millatning ajralmas xususiyati bo’lib, uning mustaqil yashash xususiyatini bildiradi. O’z irodasi bilan o’zining milliy davlatini tashkil etgan xalq davlat suverenitetiga ega bo’ladi. Davlat suverenitetini amalga oshirish va uni himoya qilish shakllaridan biri respublikaning qonun chiqaruvchi organi - Oliy Majlisning Konstitutsiya va qonunar chiqarish, boshqa davlat organlarining huquqiy normalar yaratish sohasidagi faoliyatidir. Davlat suverenitetini amalga oshirish respublikani harbiy mudofaa qilish yo’li bilan –Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va boshqa davlat ijroiya hokimiyat organlari tomonidan respublika iqtisodini tashkil qilish va uni boshqarish orqali amalga oshiriladi. Davlat suvereniteti uni tashkil etuvchi hokimiyat organlari, yangi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati organlarining vakolatlari va uni bajarish sohasidagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Suveren davlat sifatida O’zbekiston Respublikasining davlat-huquqiy belgilari quyidagilardan iborat: 1. O’zbekiston Respublikasi o’z Konstitutsiyasini mustaqil ravishda qabul qiladi. Bu Konstitutsiya Respublikadagi ijtimoiy-siyosiy to’zumni, o’z fuqarolari huquqlari, erkinliklari, burchlari, ma`muriy-hududiy va davlat tuzilishini, davlat organlari tizimini va prinsiplarini belgilaydi. 2.Suveren davlat sifatida O’zbekiston o’z hududida davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 3-moddasiga binoan, Respublikaning davlat hududi va chegarasi daxlsiz va bo’linmasdir, u davlat himoyasidadir. Bu sohadagi o’zgarishlar xalq referendumidan keyin qonuniy asosda kiritilishi mumkin. 3.O’zbekiston Respublikasi o’z yeridan, yer osti boyliklaridan ,suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralaridan foydalanishni o’zi mustaqil belgilaydi va ularni muhofaza qiladi. 4.O’zbekiston Respublikasining suveren davlat huquqiy belgilaridan yana biri o’z davlat fuqaroligining mavjudligidir. 5. O’zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida o’zining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari tizimini mustaqil ravishda belgilaydi. 6.O’zbekiston Respublikasining suveren davlat sifatidagi belgilaridan yana biri davlat tili to’g’risidagi moddaning Konstitutsiyada belgilanganligidir. 1989 yil 21 oktyabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mustaqillik sari qo’yilgan eng muhim qadamlardan biri edi. 7.O’zbekiston Respublikasining o’z milliy armiyasi va davlat byudjetiga, o’z pul birligiga egaligi hamda emissiya hajmini mustaqil belgilashi ham uning suvereniteti belgilaridan bo’lib hisoblanadi. 8. O’zbekiston Respublikasining davlat ramzlari ham mavjud. Ular Konstitutsiyaning 5-moddasida belgilab qo’yilgan bo’lib, ularga O’zbekiston Respublikasi qonunari bilan tasdiqlangan davlat bayrog’i, gerbi va madhiyasi kiradi. «Demokratiya» lotincha so’z bo’lib, «Xalq hokimiyati» degan ma`noni bildiradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida «Xalq - davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» deyilgan. Boshqacha aytganda, O’zbekistonda hokimiyat xalqniki ekanligi Asosiy qonunimizda belgilab qo’yilgan. Xalq o’z qo’lidagi hokimiyatni ikki usul bilan : bevosita va vakillik demokratiyasi orqali amalga oshiradi. Vakillik demorkatiyasi deganda o’z qo’lidagi hokimiyatni o’zi saylab qo’ygan deputatlari va Prezidenti tomonidan amalga oshirishi tushuniladi. Bevosita demokratiya deyilganda xalq o’z hokimiyatini hech qanday vakillarsiz bevosita o’zi amalga oshirishi tushuniladi. Bunga fuqarolarning saylovlarda va qonun loyixhlarining muhokamalarida ishtirok etishi, referendum va hokazolarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Xalq tomonidan saylab qo’yiladigan davlat organlari bevosita xalq oldida javobgardirlar va uning irodasini ifodalaydilar. Shuning uchun ham saylab qo’yiladigan davlat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar, qonunar va boshqa huquqiy aktlarning bajarilishi hamma uchun majburiydir. Bevosita demokratiyaning asosiy ko’rinishlaridan biri-referendum O’zbekiston Konstitutsiyasida alohida ravishda belgilangan. Konstitutsiyaning 9-moddasiga ko’ra, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo’yiladi. Referendum o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi. Referendum lotincha so’z bo’lib, lug’aviy ma`nosi «ma`lum qilinishi lozim bo’lgan narsa» deganidir, ya`ni davlatda hal qilinishi lozim bo’lgan muhim masalalar xalqqa ma`lum qilinadi va uning ovoz berishi orqali hal etiladi. Referendumda qabul qilingan qarorlar O’zbekiston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega bo’ladi va faqat referendum o’tkazish yo’li bilan bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi deputatlarining o’z saylovchilari oldida hisobot berishlari va uchrashuvlarini ham xalq hokimiyatchiligini bevosita amalga oshirish shakli sifatida ko’rsatish mumkin. Xalq hokimiyatini amalga oshirishning yana bir ko’rinishi xalqning muayyan jamoat birlashmalari, xususan, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar va boshqa tashkilotlar orqali davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashishidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasiga asosan, O’zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezidenti ish olib borish huquqiga ega. Konstitutsiyaning 11-moddasida: «O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi-hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish prinsipiga asoslanadi», - deyiladi. Konstitutsiyada o’zining huquqiy asosini topgan hokimiyatni taqsimlash tamoyilining barcha qoida va talablariga binoan bunday davlat hokimiyatida vakolatlar turli davlat organlariga, chunonchi, qonunchilik vakolatlari Oliy Majlisga, ijro vakolatlari Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga, sudlov vakolatlari esa sud organlariga taqsimlab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Parlamenti bo’lgan Oliy Majlis qonunchilik sohasida barcha vakolatlarga ega. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipiga asosan parlament faqatgina qonunchilik vakolatlarini amalga oshirish bilan chegaralanmasdan, ba`zi nazorat vazifalarini ham bajarishi zarur. Konstitutsiyamiz XX bobining 89-moddasida Respublika Prezitdenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i ekani mustahkamlangan. Hokimiyat taqsimlanishi nuqtai-nazaridan 93-moddaning 14-bandi, ya`ni Prezidentning Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunarni imzolash, yo ularga veto qo’yish huquqi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu normaning mohiyatidan ko’rinib turibdiki, Prezident tomonidan takroran muhokamaga qo’yilgan qonunarning qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligi masalasi oxir-oqibatda Oliy Majlis tomonidan hal etiladi. Hokimiyat taqsimlanishi prinsipiga asosan Konstitutsiyaning XX bobida sud hokimiyati tuzilishiga alohida ahamiyat berilgan, jumladan 106- moddada O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyatini qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritiladi degan norma mustahkamlab qo’yilgan. Respublikamizda Konstitutsiyaviy sudning tashkil etilishi, uning asosiy vazifasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qay darajada mosligiga doir ishlarni ko’rish to’g’risidagi 108-modda g’oyat muhim ahamiyatga egadir. 109-moddaga binoan Konstitutsiyaviy sud tomonidan qabul qilingan qarorlar qat`iyligi va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emasligi to’g’risidagi qoidalar ham alohida huquqiy ahamiyati bilan ajralib turadi. Fuqarolik, jinoiy va ma`muriy ishlarni yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi xisoblanishi (110-modda), sudyalarning mustaqilligi, faqat qonunga bo’ysunishi, ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo’l qo’yilmasligiga va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’lishi, sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanishi haqidagi 112-modda sud hokimiyatining mustaqilligini ta`minlash uchun huquqiy asos bo’la oladi. Konstitutsiya va qonunar ustunligining ta`minlanishi huquqiy davlatning muhim belgilaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lini belgilashda besh asosiy prinsipdan biri sifatida Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipini ko’rsatgan edilar.Qonunning jamiyatdagi rolini oshirishning birdan-bir yo’li huquqiy davlat qurishdir. Qonun ustuvor bo’lgan jamiyatda oddiy fuqarodan tortib Prezidentgacha hamma qonun talablarini bajarishi shart. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar Konstitutsiya va qonunarga muvofiq ish ko’radilar» - deyiladi. Konstitutsiya va qonun jamiyatda oliy yuridik kuchga ega. Respublikada oliy davlat hokimiyat organidan tashqari hech bir organ qonun chiqarishi yoki unga o’zgartirish kiritishi mumkin emas. Demokratik huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunarga og’ishmay amal qilish talabi bilan bir qatorda Konstitutsiyaning birorta qoidasi O’zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emasligi ham o’rnatilgan bo’ladi. Davlat apparatining barcha ijro organlari faqat qonunga muvofiq bo’lgan huquqiy hujjatlarni qabul qiladilar. Konstitutsiyaga ko’ra birorta qonun yoki boshqa me`yoriy - huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.Chunki Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo’lib, u oliy yuridik kuchga ega bo’lgan qonunchilik hujjatidir, Konstitutsiya huquqning hamma tarmoqlari uchun qonunchilik bazasi bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini maxsus tarzda muhofaza qilish maqsadida davlat organlari tizimida ilk bor Konstitutsiyaviy sud to’g’risidagi qoidalar Konstitutsiyaning 108-109-moddalarida va 1995 yil 30 avgustda chiqarilgan «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida»gi qonunda ifodalangan. Ularga asosan, Konstitutsiyaviy sud respublikada chiqariladigan qonunarning, Prezident farmonlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, hokimlar qarorlarining va O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan to’zgan shartnomalarining O’zbekiston Konstitutsiyasi normalariga mosligini nazorat qilib turadi va ular Konstitutsiyaga zid bo’lgan taqdirda, ularni bekor qiladi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida, 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda va O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari to’g’risida»gi qonunida o’z aksini topgan. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro aloqalarini o’z ichiga oluvchi maqsad va vazifalarini qamrab oladi. Konstitutsiyaning 17-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi normalari va prinsiplariga, Respublikaning tashqi siyosatni tartibga soluvchi qonunchiligiga, harbiy sohadagi qonunchilikka, BMT ning hamda EXHT ning prinsiplari va maqsadlariga, O’zbekistonning xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlariga asoslanadi. Diplomatiya tashqi siyosatni amalga oshirishning o’ta muhim vositasi hisoblanadi. Aynan tashqi siyosat diplomatiyaning maqsad va vazifalari, ya`ni tashqi siyosatni amalga oshirishda foydalaniladigan shakllar, vositalar va usullar, amaliy tadbirlar majmuasini namoyon etadi hamda belgilab beradi. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy maqsadi davlat suverenitetini himoya qilish, ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga yordam beruvchi xalqaro sharoitlarni yaratish, tinchlik, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash maqsadida o’zaro manfaatli hamkorlikni o’rnatishdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan suveren tenglik prinsipi davlatlarning o’ziga xosligini, mustaqillikni hurmat qilishni, huquq va erkinliklarni kafolatlashni , o’zining siyosiy, iqtisodiy va madaniy tizimini erkin tanlashni, mustaqil ravishda o’zining qonunari va ma`muriy qoidalarini o’rnatishni bildiradi. Xalqaro munosabatlarda suveren tenglik prinsipi har bir davlatni boshqa davlatlar mustaqil ravishda va o’z xohishiga ko’ra aloqalarga kirishishini bildiradi. Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslikning Konstitutsiyaviy prinsipi boshqa davlatga nisbatan bevosita yoki bilvosita ravishda kuch ishlatishga qaratilgan turli harakatlardan o’zlarini tiyishlarini bildiradi. «Kuch» tushunchasi faqat qurolli kuchlarni emas, balki majbur etishning boshqa shakllarini ham bildiradi. Chegaralarning daxlsizligi prinsipi barcha davlatlarning hududiy ustunligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishni bildiradi. Bu prinsipga muvofiq, umumiy chegaralarni ham, shuningdek boshqa davlatlarning chegaralarini ham daxlsiz deb qabul qiladilar. Chegaralar haqidagi masalalar mo’zokaralar va xalqaro huquqga mos keladigan boshqa vositalar orqali hal qilinishi kerak. Nizolarni tinch yo’l bilan hal etish prinsipi barcha nizoli masalalar faqat tinch yo’l bilan va xalqaro huquqqa mos ravishda, ya`ni xalqlarning qonuniy manfaatlari, tinchligi va xavfsizligini xavf ostida qoldirmasdan hal qilinishi kerakligini nazarda tutadi. Nizoli masalalarni hal qilishda faqat tinchlik vositalaridan foydalanishning majburiyligi prinsipi BMT Nizomi 8-moddasining 3-bandi va IV bobidan o’rin olgan. Bu prinsip nizolar yo’zaga kelganda, ularni hal qilish uchun bevosita mo’zokalar, tergov yoki kelishuv marosimlari, vositachilik, arbitraj yoki boshqa sud protsedurasidan foydalanish majburiyatini davlatlar zimmasiga yuklaydi. O’zbekiston tashqi siyosatining boshqa davlatlarning va xalqlarning ichki ishlariga aralashmaslik to’g’risidagi Konstitutsiyaviy prinsipi xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan prinsipiga asoslanadi. Xalqaro huquqda aralashmaslik prinsipi boshqa davlatning to’zumini kuch bilan ag’darib tashlashga qaratilgan terroristik, qo’poruvchilik yoki boshqa faoliyatga bevosita yoxud bilvosita yordamdan o’zini tiyib turishni bildiradi. O’zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan prinsiplar va normalarga rioya qiladi, xalqaro shartnomalar to’zadi va ularni bajaradi, ko’plab nufo’zli xalqaro tashkilotlarning faoliyatida qatnashadi. O’zbekistonning ittifoqlar to’zishi, hamdo’stlikka a`zo bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa shakldagi davlatlararo to’zilmalar to’zishga, bu davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligiga zid kelmagandagina yo’l qo’yiladi. O’zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining eng muhim vazifasi BMT, EXHT va boshqa xalqaro tashkilotlarning ishida faol qatnashish, Yevropa, Osiyo va Jahon xavfsizlik to’zilmalariga qo’shilishdir.Xalqaro tashkilotlar respublika iqtisodiyotini qayta ko’rishga ko’maklashadigan eng samarali hamkordirlar. Ular kredit olish, xorijiy sarmoyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb etish, respublikaning jahon bozorida olga siljishida beqiyos yordam ko’rsatishi mumkin. Bundan tashqari, O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki milliy xavfsizligimizning, mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni saqlashning garovidir. Adabiyotlar: 1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.2003. 2.I.A.Karimov «O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». T .96. 3.I.A.Karimov «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir». T .96. 4.A.Fozilov «Hayot va qonun». 2000 yil 11-12-son «O’zbekiston- suveren demokratik respublika». 5.R.Qayumov « O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi» T. «Adolat» 1996. 6.H.Boboyev, K.Normatov «Milliy davlatchilik haqida» T.99. 7.Sh.Urazayev «Mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi» T.95. 8. www.ziyonet.uz Download 79.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling