12- mavzu: yoqilg‘i-energetika majmuasi reja: Elekroenergetika. Yoqilg’I sanoati tarmoqlari

Download 0.85 Mb.
Sana06.12.2021
Hajmi0.85 Mb.
#178857
Bog'liq
12 mavzu

12- mavzu: YOQILG‘I-ENERGETIKA MAJMUASI

Reja:

1. Elekroenergetika.

2. Yoqilg’I sanoati tarmoqlari

Bu majmuaga yoqilg‘i (yoqilg‘ini qazib olish va unga ishlov berish) va elektroenergetika sanoatlari kiradi (21-rasm). Elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan foydalanish mamlakat iqtisodiyoti yuksalishining muhim omili hisoblanadi. Olimlar quyosh, shamol, geotermal energiya kabi bitmas-tuganmas energiya manbalaridan keng miqyosda foydalanish yo‘llarini izlamoqda.

Energetika boyliklariga yoqilg‘i boyliklari (ko‘mir, neft, gaz, torf, slanes, o‘tin) va gidroenergiya boyligi (daryoning yuqoridan tushayotgan suvining energiyasi) kiradi. Yoqilg‘i boyliklari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlari uchun energiyaning asosiy manbayidir. Yoqilg‘i turli xillarining salmog‘ini taqqoslash uchun ular shartli yoqilg‘iga aylantiriladi.

Shartli yoqilg‘i deb 1 kg toshko‘mir yonganda hosil bo‘ladigan (7 mln kal) energiyaga aytiladi. Uning issiqlik koeffitsient darajasi 1 ga teng. Boshqa yoqilg‘ilar yonganda hosil qiladigan issiqlik 1 kg toshko‘mirning issiqlik koeffitsienti, ya’ni 1 ga qiyosan ba- holanadi (22-rasm).

Issiqligi (kaloriyasi) kam bo‘lgan yoqilg‘ilar (torf, slanes, qo‘ng‘ir ko‘mir) qazib olingan joyda foydalanilishi maqsadga muvofiq. Chunki ular uzoq masofalarga tashilganda tannarxi qimmatlashadi. Shu sababli ular mahalliy yoqilg‘i hisoblanadi. Yoqilg‘i boyliklarining qiymati faqat kaloriyasigagina bog‘liq bo‘lmay, foydalanish imkoniyatiga, qazib chiqa- rish xarajatiga ham bog‘liq. Eng tejamli yoqilg‘i neft va gazdir, chunki ularni qazib chiqarish va ishlatiladigan joyga quvurlar orqali yuborish arzon tushadi. Shunga ko‘ra turli xil yoqilg‘ini qazib chiqarish va undan foydalanish ko‘lami davriy o‘zgarib turadi (23-rasm).

Turli xil yoqilg‘ilarni qazib chiqarish va ishlab chiqarilgan energi- ya (kirim) hamda ulardan iqtisodiyotda foydalanish (sarf qilish) nisbati yoqilg‘i-energetika balansi deyiladi.

Topshiriqlar:

Topshiriqlar:

1. Yoqilg‘i sarfi dinamikasini grafik shaklda chizing.

2. Quyidagi masalalarni hisoblang

  • 25 kg Toshko’mir yonganda qacha issiqlik koeffitsenti ajralib chiqadi?
  • Necha kg quruq o’tin yoqsa 5,1 issiqlik koeffitsenti ajralib chiqadi?
  • 18 kg neft yonganda qancha issiqlik ajlarib chiqadi (joulda)?
  • 27,2 *106 kaloriya torf yonganda qancha issiqlik koeffitsenti ajralib chiqadi

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling