12-§. Termodinamikada ish tushinchasi


Download 148.5 Kb.
bet1/4
Sana27.10.2023
Hajmi148.5 Kb.
#1726735
  1   2   3   4
Bog'liq
MOL F 08


12-§. Termodinamikada ish tushinchasi

Biror sistemaning ichki energiyasini o‘z­garishiga ish bajarish va issiqlik almashi­nish jarayonlari sabab bo‘ladi. Gazda sodir bo‘ladigan ko‘pchilik jarayonlarda uning haj­mi o‘zgaradi. Gaz biror hajmni egallab turi­shi uchun u idishga qamalgan bo‘lib, biror tashqi kuch ostida turishi kerak. Faraz qi­lay­lik, m massali gaz erkin siljiydigan por­­shen­li silindirik idishga qamalgan bo‘lsin(15-a rasm). Gaz­­ning bu holatdagi tem­pe­ra­turasi T1, hajmi V1 va bosimi p1 bo‘lsin. Agar gazni izobarik ravishda T2 temperatu­ra­gacha qizdirsak (porshen erkin siljiy olganligi uchun, gaz bosimini o‘zgarmas deb qarash mumkin, ya’ni p1= p2 ) gaz





15-a rasm



15-b rasm



kengayib V2 ha­jmni egallaydi (15-b rasm). Gazning hajmi o‘zgarganda, u tashqi bosim kuchiga qarshi ish bajaradi. Bu ishga termodinamik ish deb ata­ladi. Gaz qizdirilganda, gaz molekulala­ri­ning o‘rtacha kvadratik tezligi, hamda molekulalarning ilgarilanma harakatining o‘rtacha kinetik energiyasi ortadi, bu hol gaz­ning ichki energiyaining ortishiga olib kela­di. Tezliklari (kinetik energiyasi) ortgan gaz molekulalarning porshenga borib urili­shi natijasida porshenni biror h masofaga siljitadi va ish bajariladi. Mexanik ish formulasiga ko‘ra gazning tashqi kuchga (qarshi) bajargan ishi quyidagiga teng:
(1)
Bosim ta’rifidan ekanligini e’ti­­bor­ga olsak (1) ifoda quyidagi ko‘ri­nish­ga keladi:
(2)
bu yerda gaz hajmining o‘zgari­shidir.
Demak, gazning izobarik kengayishida bajargan ishi uning bosimi bilan hajmi o‘zgarishining ko‘paytmasiga teng ekan. Bu jarayonda gaz kengayib tashqi kuchlarga qarshi musbat ish bajaradi, chunki kuch yo‘nalishi bilan porshenning ko‘chish yo‘na­li­shi bir xil. Kengayish jarayonida gaz o‘z ichki energiyasining bir qismini bajarilgan ishga sarflanadi. Shuning uchun gazning kengayishida bajargan ishi gaz ichki energiyasining o’zgarishiga teng bo’ladi:
yoki (3)
Demak, tashqi muhit bilan issiqlik almashmasdan bo’ladigan jarayonda gazning bajargan ishi uning massasi bilan haroratining o’zgarishi ko’paytmasiga to’g’ri, molyar massasiga teskari mutanosib ekan.
Gaz siqilganda ham, bajargan ishi (2) ifodaga ko‘ra aniqlanadi, ammo A<0 bo‘ladi. Gaz tashqi kuch yo‘nalishida siqilganda tashqi kuch musbat ish bajaradi, chunki tashqi kuch yo‘nalishida porshen ko‘chadi. Tashqi jismlar gaz ustidan musbat ish bajarib, gazga energiya beradi. 1-a,b rasmlarda tasvirlangan har ikki holatlar uchun, ya’ni izobarik kengayish jarayoni uchun Mendeleev – Klapeyron tenglamasini yozib
va
ularni bir-biridan ayirsak
yoki (4)
Agar va deb olsak, yuqoridagi ifoda quyidagi ko‘rinishga keladi. (5)
(3) ifodaga ko‘ra gaz izobarik jarayonda temperaturaga qiz­di­rilganda tashqi kuchlar ustidan bajaril­gan ish quyidagicha aniqlanadi.
(6)
bu ifodani 1 mol miqdordagi gaz uchun yoz­sak, u quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
(7)
bundan kelib chiqadi. Bu ifodaga ko‘­ra universal gaz doimiysining fizik ma’no­si kelib chiqadi. Universal gaz doimiysi son jihatdan bir mol gazni bir kel­vinga izobarik qizdirilganda shu gaz tomoni­dan bajarilgan ishga teng.



Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling