12 – variant Nima sababdan Kidariylar Shimoliy hindiston hududiga borib o’rnashgan. U yerda Kidariylar hukmronligi qanday bo’lgan?


Abu Muslim harakatining mohiyati nimalardan iborat bo’lgan?


Download 27.5 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi27.5 Kb.
#188399
1   2   3
Bog'liq
Я.Н.Сиртқи 2-курс Qosimov Qobiljon

3. Abu Muslim harakatining mohiyati nimalardan iborat bo’lgan?

Abu Muslim Harakati – 747 -750 yillarda arab xalifaligining sharqiy qismi – Movarounnahr va Xurosonda umaviylar hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan harakat. Unga Abu Muslim boshchilik qilgan. Harakatning asosiy kuchi shahar hunarmandlari va qishloq mehnatkashlari, Movarounnahr va Xurosonning mahalliy zodagonlari, umaviylar siyosatidan norozi bo‘lgan Xu-rosondagi arab muxolifatchi guruhlari va kullar edi. Umaviylarga qarshi harakatni kuchaytirish maqsadida Abu Muslim Marv yaqinidagi Safizanj, Mo-xuvon (Mahon) va Shavvol qishloqlarini qarorgohga aylantirib, xalifalikka qarshi tashviqot olib boradi. Abu Mus-lim soliqlarni qisqartirish va maj-buriy hashar ishlarini bekor qilishga va’da beradi. Shu sababli harakat ayrim joylarda mulkdorlarga qarshi keskin tus oladi. 747 yil dekabr– 748 yil yanvarda Abu Muslim umaviylarning Xurosondagi voliysi Nasr ibn Sayyorni yengib, Marv shahrini, 748 yilda Nishopur va Tus shaharlarini egallaydi. 748 yilda xalifalikning poy-taxti Damashqqa yurish qiladi, 749 yilda Nahovand yaqinida umaviylarni tor-mor etib, 750 yil boshlarida Katta Zab daryosi bo‘yida hal qiluvchi g‘alabaga erishdi va xalifa Marvon IIni taxtdan olib tash-ladi. Uning o‘rniga payg‘ambar(sav)ning amakisi Abbos avlodidan bo‘lgan Abul Abbos as-Saffoh (750 – 754) xalifa bo‘ladi. Shu bilan xalifalik abbosiylar qo‘liga o‘tadi.
Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling