12 – Variant Savollar: Markaziy bankning iqtisodiy mustahkamligi tushunchasi. O’zbekiston bank tizimining rivojlanish tarixi: VI- bosqich
Download 0.5 Mb.
|
BIA 95-2. Karimov Komiljon.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank kreditlari
Banklar aktivlari
2020 yil yakunlari bo‘yicha tijorat banklari aktivlari hajmi 366,1 trln. so‘mni tashkil etdi, shundan 277 trln. so‘m miqdori – kreditlar ulushiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, aktivlar nominal o‘sish sur’ati 2019 yilga nisbatan 34,2 foizni, real o‘sish sur’ati (devalvatsiyani hisobga olmagan holda) esa 28 foizni tashkil etdi. Shunisi e’tiborliki, banklarning jami aktivlari tarkibida valyuta aktivlarining ulushi asta-sekin kamayib bormoqda. Agar 2017 yilda bu ko‘rsatkich 64 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda 50,2 foizga tushdi. Bank kreditlari2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, iqtisodiyotga berilgan qoldig‘i 277 trln. so‘mni tashkil etdi, bu 2019 yilga nisbatan 30,9 foizga va 2017 yilga nisbatan 150 foizga ko‘proqdir. Xorijiy valyutadagi kreditlarni qayta baholashlarsiz kreditlarning real o‘sishi 24,9 foizni tashkil etdi. Jami kredit portfelidagi xorijiy valyutadagi kreditlarning ulushi 2017 yildagi 62,3 foizdan 49,9 foizgacha kamaydi. 2021 yil 1 yanvar holatiga jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar qoldig‘i 2017 yilga nisbatan 304 foizga (13,6 trln. so‘mdan 54,9 trln. so‘mga), sanoatga berilgan kreditlar hajmi esa 126 foizga (45,2 trln. so‘mdan 102,2 trln so‘mga), savdo va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kreditlar hajmi 280 foizga (5,2 trln. so‘mdan 19,9 trln. so‘mga) oshdi. Bank depozitlari2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bank tizimidagi depozitlarning umumiy hajmi 114,7 trln. so‘mni tashkil etdi, shundan 27,4 trln. so‘m (24 foiz) – jismoniy shaxslar depozitlari, 87,3 trln. so‘m (76 foiz) – yuridik shaxslarning depozitlari. Jismoniy shaxslarning depozitlari ulushi bank tizimidagi jami depozitlar hajmining atigi 24 foizini tashkil etadi. Biroq, so‘nggi yillarda aholi depozitlarining o‘sish sur’atilari sezilarli darajada tezlashdi. Xususan, milliy valyutadagi aholi omonatlarining o‘sish sur’ati 2018 yilda 38,2 foizni, 2019 yilda 45,2 foizni, 2020 yilda 31,7 foizni tashkil etdi. Xorijiy valyutadagi depozitlar hajmi 2018 yilda 2 foizga, 2019 yilda 40,1 foizga, 2020 yilda 27,7 foizga o‘sdi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling