12-1 muz 19 guruh talabasi Murotova Dilnavoz


Download 376.75 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi376.75 Kb.
#1156166
Bog'liq
Dilya

12-1 muz 19 guruh talabasi

Murotova Dilnavoz


Kuy
1 soatlik
dars ishlanma
Darsning Ta`limiy maqsadi: o`quvchilarga “Kuy” haqida ma`lumot beriladi. O`quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o`rgatiladi.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarda musiqaga bo`lgan qiziqish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Musiqa asarlarining ma`naviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, fikr doirasini kengaytirish, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalash.

Darsning turi: yangi bilim berish

  • Darsning uslubi: Muloqot, inovatsion texnologiyalardan foydalanish.
  • Darsning metodi: Aralash, savol-javob, “FSMU” metodi.
  • Darsning jihozlari: 2-sinf musiqa darsligi,yillik ish reja, reja konspekt, fortepiano musiqa asbobi, texnik vositalar, tarqatma materiallar, rag`batlantiruvchi materiallar.

Darsning borishi:

  • O`quvchilar sinfga o` qituvchi tanlagan musiqa sadolari ostida kirib keladi.
  • Tashkiliy qism:
  • Salomlashib, davomat aniqlanadi, o`quvchilarning darsga tayyorligi tekshiriladi;
  • O`tilgan mavzuni takrorlash maqsadida
  • “Vatanimizni madh etamiz” mavzusi bo`yicha bir nechta savollar beriladi.

Yangi mavzu bayoni: “Kuy” haqida tushuncha.

  • Kuy – har qanday musiqaning asosidir.
  • Kuy turli balandlikdagi va uzunlikdagi musiqiy tovushlarning yig`indisidan hosil bo`ladi.
  • Ohangdorlik kuyning asosiy fazilatidir.
  • Kuylar biror bir cholg`u yoki ovozda ijro etiladi.

“FSMU” metodi:

  • “FSMU” metodi:
  • «FSMU» metodi- Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni oʻzlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashgʻulotlarida, mustahkamlashda, oʻtilgan mavzuni soʻrashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashgʻulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
  • Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
  •  qatnashchilarga mavzuga oid boʻlgan yakuniy xulosa yoki gʻoya taklif etiladi;
  •  har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qogʻozlarni tarqatiladi:
  •  ishtirokchilarning munosabatlari individual
  • yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.


FSMU texnologiyasi
• Fikringizni bayon eting

Fikringizni umumlashtiring
• Ko`rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring

Musiqa tinglash:

  • “Oq lolalar” Mahallada duv-duv gap kinofilmidan kuy parchasidan tinglash.

Jamoa bo`lib kuylash:

  • O`qituvchi xohishiga ko`ra ovoz sozlash mashqlari bajarilib, I.Muslim she`ri, F.Nazarov musiqasi “Maktabim” qo`shig`i o`qituvchi tomonidan kuylab beriladi va o`quvchilarga jumlalarga bo`lib o`rgatiladi. Mualliflari haqida qisqacha ma`lumot beriladi.

Musiqa savodi: Takrorlash. Butun va yarimtalik nota.

  • Musiqa savodi: Takrorlash. Butun va yarimtalik nota.
  • Darsning yakuni: Faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi, hamda uyga vazifa beriladi.
  • Uyga vazifa: “Maktabim” qo`shig`ini yodlab kelish.

Download 376.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling