12-Amaliy mashg’ulot 12-mavzu. Tafakkurni eksperimental usullar yordamida tadqiq etish. Maqsad


Download 18.9 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi18.9 Kb.
#1416899
Bog'liq
12-amaliy mashg`ulot


12-Amaliy mashg’ulot
12-mavzu. Tafakkurni eksperimental usullar yordamida tadqiq etish.
Maqsad: Mavzu bo`yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Darsmetodi: Tezkor savol-javob, insert jadvali suhbat.
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog`oz, marker.
Reja:
1.Rezolventsiya tamoyili, evristika, E.Xant va P.Uinston tadqiqotlari.
2.M.Minskiyning freymlar nazariyasi, D.Pospelov va Yu.Klikov tadqiqotlari.
3.Dj.Miller va b. tadkikotlari. N.Axning sun'iy tushunchalarni o‘rganish metodi.
4.L.S.Vыgotskiy va L.S.Saxarov metodikasi.
5.O’RTMT: Idrok illyuziyalari va ularni amaliyotda qo‘llash
Tushunchalar tahlili” metodi
Metodning maqsadi: mazkur metod qatnashchilarni mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarni o’zlashtirish darajasini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo’yicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo’llaniladi. Metodni amalga oshirish tartibi:

  • ishtirokchilar mashg’ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;

  • tinglovchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo’lgan so’zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda);

  • tinglovchilar mazkur tushunchalar qanday mahno anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo’llanilishi haqida yozma mahlumot beradilar;

  • belgilangan vaqt yakuniga yetgach o’qituvchi berilgan tushunchalarning to’g’ri va to’liq izohini uqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;

  • har bir ishtirokchi berilgan to’g’ri javoblar bilan o’zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o’z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.


Namuna: “Moduldagi tayanch tushunchalar tahlili”

Tushunchalar

Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni anglatadi?

Qo’shimcha mahlumot

Pedagog

Pedagog-tarbiyachi. Yosh avlodga tahlim-tarbiya beruvchi shaxs. Tahlim-tarbiya jarayonini o’rganuvchi va bu jarayonni boshqarish muammolari bilan shug’ullanuvchi shaxs.




Jamoa

Yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh mahnolarini anglatadi.




Tarbiya

Muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.




Shaxs

Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat ahzosi.




Insonparvarlik

Insonning qadri erkinligi baxt-saodati teng huquqliligi to’g’risida insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g’amxurlik qilishni ifodalovchi tushuncha.




Pedagogik texnika

O’qitish, tahsir ko’rsatish, tahlim tarbiya oluvchilarga o’z his-tuyg’ulari, bilimlari, axloqiy fazilatlarini uzatish texnologiyasini ifodalaydi.




Rivojlanish

SHaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.




Izoh: Ikkinchi ustunchaga qatnashchilar tomonidan fikr bildiriladi. Mazkur tushunchalar haqida qo’shimcha mahlumot glossariyda keltirilgan.
Asosiy adabiyotlar
1.Advanced Research Methods for Applied Psychology: Design, Analysis and Reporting. Edited by Paula Brough.Routledge Third Avenue, New York, 2019. 333 p.
2.Дружинин В.Н. Экспериментальная психология. 2-е изд., перераб. и доп. СПб: Изд-во «Питер», 2000. 320 с.
3.Общий психологический практикум: Учебник для вузов. Стандарт третьего поколения/ Под ред. С.А.Капустина. СПб.: Питер, 2017. 480 с.
4.Основные методы сбора данных в психологии: Учебное пособие для студентов вузов / Под ред. С. А. Капустина. М.: Аспект Пресс, 2012. 158 с.
Qo’shimcha adabiyotlar:
1.Горбатов Д.С. Практикум по психологическому исследованию? Учеб.пособие. Самара: Издательский дом «БАХРАК-М», 2003. 272 с.
2.Гудвин Дж. Исследование в психологии: методы и планирование. 3-е изд. СПб.: Питер, 2004. 558 с.
Download 18.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling