Inshootlarning shakl o‘zgarishiga qarshi choklarini zichlab berkitish ularning suv o‘tkazmasligini ta’minlash uchun zarur. Shakl o‘zgarishiga qarshi choklar bo‘shliq, zichlab berkituvchi material, qo‘shimcha zichlagichlar, suv qochirish va nazorat qurilmalaridan iborat. To‘ldirish usuliga qarab g‘ovak, qisman to‘ldirilgan va to‘ldirilgan choklar, kengligiga ko‘ra – 20 mm gacha tor, 60 mm gacha o‘rtacha va 60 mm dan ortiq keng shakl o‘zgarishiga qarshi choklar farqlanadi.
Monolit betondan yasalgan yer osti inshootlarida shakl o‘zgarishi 5 mm gacha bo‘lgan sharoitda choklar qo‘shimcha ravishda temir qistirmalar yoki plastmassa plitalar yordamida, shakl o‘zgarishi 50 mm gacha bo‘lgan xolda – kompensator varaqlar bilan, shakl o‘zgarishi katta bo‘lgan sharoitda – asfalt ponalar va rezina to‘siqlar bilan zichlanadi.
Yig‘ma temir-betondan qurilgan inshootlar, qoplamalar, to‘siqlar, suv o‘tkazish qurilmalari, rezyervuarlar va xovuzlarning choklarida quyidagi zichlagichlar o‘rnatiladi: chok bo‘shlig‘iga polimer yoki polimer-bitum germetiklar qo’yilgan mum to‘ldirgichli ponalar; kesimli rezina yoki plastmassa tasmalar; plastmassa, rezina yoki oyna-elastikdan yelimlanadigan zichlovchi tasmalar.
Yer osti inshootlarining shakl o‘zgarishiga qarshi choklarini zichlash sxemalari.
a, g – tegishli ravishda gorizontal va vertikal uchastkalarda shakl o‘zgarishi 5 mm gacha bo‘lgan sharoitda; b, d – shuning o‘zi, shakl o‘zgarishi 50 mm gacha bo‘lgan sharoitda; I-IV – zichlash ketma-ketligi; 1 – namdan muhofazalanayotgan konstruksiya; 2 – namdan himoyalovchi qoplama; 3 – betonasos; 4 – temir yoki plastmassa varaq bilan kuchaytirish; 5 – chokning plastik to‘ldirgichi; 6 – muhofazaning qo‘shimcha qatlamlari; 7 – temir varaq-kompensator; 8 – gernit yoki poroizoldan yasalgan chilvir; 9 – asbest-sement yoki temir-beton himoyalovchi plita; 10 – rezina-bitum mumdan to‘ldirgich; 11 – himoyalovchi asfalt qoplama; 12 – siquvchi tasma; 13 – ankyerli bolt. O‘lchamlar sm hisobida
Do'stlaringiz bilan baham: |