12-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Gidrotexnika inshootlari qurilishi, ta’mirlanishi va rekonstruksiya qilinishida bajariladigan maxsus ishlar. Reja


Download 485.5 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi485.5 Kb.
#1153716
  1   2   3
Bog'liq
12-mavzu


12-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Gidrotexnika inshootlari qurilishi, ta’mirlanishi va rekonstruksiya qilinishida bajariladigan maxsus ishlar.
Reja:

  1. Gidrotexnika inshootlari qurilishi, ta’mirlanishi va rekonstruksiya qilinishida bajariladigan maxsus ishlar.

  2. Montaj ishlari.

  3. Topshiriq.

Qurilish mahsulotlari qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish natijasidir. Qurilish va montaj tashkilotlarining bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonida binolar va inshootlarning qismlari barpo etiladi, texnologik, elektrotexnika, sanitariya-texnika uskunalari montaj qilinadi, pardozlash ishlari va boshqa ishlar amalga oshiriladi.
Qurilishning ishiga xos xususiyati shundaki, uning mahsulotlari – binolar va inshootlar butun ishlab chiqarish davri jarayonida harakatsiz qoladi va undan asosan shu ishlab chiqarish joyining o‘zida foydalaniladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishchilar va mehnat qurollari uzluksiz ravishda ishlar fronti bo‘ylab mazkur uchastkadan navbatdagi uchastkaga qarab siljib boradi. Shu jihatdan qurilish ishlab chiqarishi statsionar texnologik ta’sir ko‘rsatish postlari va joydan joyga ko‘chuvchi mahsulotlardan konveyerli sanoat ishlab chiqarishidan butunlay farq qiladi. Qurilishning yana bir muhim jihati shundan iboratki, uning maxsulotlari ancha uzoq xizmat muddatiga ega bo‘ladi.
Qurilish maydonchasida ob’yektni qurishga kirishishdan oldin, odatda, qurilishning ishlab chiqarish bazasi yaratiladi, qurilish kadrlarini joylashtirish uchun shaharchalar quriladi, transport va muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlari tashkil etiladi.
Qurilish ishlari ishlov beriladigan materiallarning turlariga va mazkur turdagi ishlarning mahsuloti bo‘lgan binolar va inshootlarning konstruktiv elementlariga ko‘ra farqlanadi. Birinchi belgiga ko‘ra tuproq ishlari, betonlash ishlari, tosh, g‘isht terish ishlari va boshqa shunga o‘xshash ishlar; ikkinchi belgiga ko‘ra – tom yopish ishlari, himoyalash ishlari va hokazolar farqlanadi.
Montaj ishlari deganda, qurilish konstruksiyalarining elementlarini, quvur yo‘llarining detallarini, texnologik qurilmalarning detallari va qismlarini, sanitariya-texnika sistemalari, elektrotexnika qurilmalarini loyihada belgilangan holatda o‘rnatish va bir butunga birlashtirish bo‘yicha ishlab chiqarish operatsiyalarining majmui tushuniladi.
Tuproq ishlari, betonlash va temir-beton ishlari, tosh, g‘isht terish ishlari, pardoz ishlari va boshqa shunga o‘xshash ishlar, shuningdek qurilish konstruksiyalarini montaj qilish umumiy qurilish ishlariga kiradi. Texnologik, sanitariya-texnika va elektrotexnika qurilmalarini montaj qilish, gidroizolyatsiya ishlari, filtratsiyaga qarshi qurilmalarni o‘rnatish ishlari va boshqa ayrim ishlar maxsus turdagi ishlar qatoriga kiradi va ularni, odatda, ixtisoslashgan tashkilotlar amalga oshiradi.
Binolar va inshootlarni qurishda ishlarni bosqichlarga bo‘lib bajarish qabul qilingan. Qurilishga tayyorgarlik ko‘rish davri yakunlanganidan so‘ng birinchi bosqich – yer osti sikli ishlari amalga oshiriladi. Bu bosqich ishlari tarkibiga, odatda, kotlovan qazish bo‘yicha tuproq-tosh ishlari, qurilayotgan inshootning poydevorini, poydevor plitasini yoki yer osti qismini qurish bo‘yicha betonlash va tosh-beton ishlari, gidroizolyatsiya vositalari, filtratsiyaga qarshi qurilmalarni o‘rnatish ishlari va boshqa shunga o‘xshash ishlar kiradi. Ikkinchi bosqichda odatda inshoot ust qismining qurilish konstruksiyalarini montaj qilish hamda sanitariya-texnika ishlari amalga oshiriladi, texnologik qurilmalarni montaj qilishga kirishiladi. Uchinchi bosqichda texnologik qurilmalar, elektrotexnika va sanitariya-texnika sistemalari montaj qilinadi, sozlash-ishga tushirish ishlari, pardoz ishlari va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Ob’yekt qurilishi loyiha bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu loyihada quyidagilar belgilanadi: ob’yektning ekspluatatsion va texnologik tavsifi; binolar, inshootlar va ularning elementlari shakllari va o‘lchamlari; binolar, inshootlar va ularning elementlari quriladigan materiallar va detallar; zarur texnologik qurilmalar; qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish usullari hamda qurilishni tashkil etish. Loyiha tarkibida smeta ishlab chiqiladi. Bu smetada mehnat, materiallar, asbob-uskunalar, elektroenergiya, qurilish mashinalari ishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar hamda ustama xarajatlarni hisobga olgan holda qurilishning umumiy qiymati yoki qurilish mahsulotining qiymati aniqlanadi. Yig‘ma temir-beton jihozlari va konstruksiyalarining gidrotexnika qurilishida qo‘llanishi, inshootlar tiklanish jarayonlari industrializatsiyasini oshirish mehnat sarfini kamaytirish va qurilish jarayoni davomiyligi qisqarishiga olib keladi. Gidrotexnika inshootlari qurilishida yig‘ma temir - beton hajmi umumiy beton ishlari hajmining 10-12% gacha tashkil etishi mumkin. Bunga sabab gidrotexnika inshootlari konstruksiyalari individual xarakterga ega va shu sababli temir-beton jihozlarini zavodlar sharoitda katta miqdorda tayyorlash texnik iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi. Temir-beton elementlarini tashish va yig‘ish.
Qurilish va montaj jarayonlarining asosiy, yordamchi va transport turlari farqlanadi. Asosiy jarayonlarga konstruksiyalar, binolar, inshootlarni bevosita qurish yoki ayrim turdagi ishlarni bajarish, masalan, to‘g‘on zaminini betonlashtirish, to‘g‘on tanasiga tog‘ massasini to‘kish va boshqa shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirish kiradi. Yordamchi jarayonlarga havozalar va taxta so‘rilar qurish, xandaklarning devorlarini mustahkamlash, g‘ovakli to‘siq qurish uchun mo‘ljallangan qoliplarni o‘rnatish va boshqa shunga o‘xshash jarayonlar kiradi. Ular asosiy jarayonlarni bajarish uchun zarur. Transport jarayonlari qurilayotgan ob’yektga yoki ish joyiga materiallar, konstruksiyalar va detallarni eltish bilan bog‘liq. Transport jarayonlari ayrim xollarda ustuvor ahamiyat kasb etadi. Masalan, qazish ishlarini ekskavator bilan amalga oshirishda tuproqni tashish ishlarining qiymati qariyb 75% ni tashkil etadi, betonlash ishlarida transport qiymati 50% ga etadi.
Yig‘ma – temir-beton konstruksiyalari va elementlari inshootlar qurilish maydonlariga avtomobil, traktor yoki ba’zi hollarda temir yo‘l transport vositalarida yetkazib berilishi mumkin. Qurilish ob’yektiga olib kelingan yig‘ma – temir-beton konstruksiyalari va elementlari yig‘ish ishlarini bajaradigan kran ish fronti zonasida joylashtiriladi. Ba’zi hollarda yirik yig‘ma - temir beton konstruksiyalari transport vositasidan olib kran yordamida inshootga uzatilishi va o‘rnatilishi mumkin. Bunda konstruksiyalarni ortiqcha tushirish va ko‘tarish ishlari bo‘lmaydi.
Gidrotexnika qurilishida yig‘ish (montaj) ishlari. Gidrotexnika inshootlari qurilishida montaj ishlari majmuiga quyidagi operatsiyalar kiradi: qurilish maydoniga keltirilgan temir konstruksiyalar (estakadalar, xizmat ko‘priklari, suv o‘tkazgichlarning qoplamalari va b.), mexanika, gidroenergetika va elektrotexnika qurilmalarini qabul qilish; qurilmalar va konstruksiyalarni montajga tayyorlash; montaj-ombor bazalarida yig‘ma qurilmalarni yiriklashtirish; yiriklashtirilgan elementlarni o‘rnatish joyiga tashib keltirish; loyihada belgilangan holatda yig‘ish.
Montaj ishlarining sifatini nazorat qilish. Temir- beton, temir va yog‘och konstruksiyalarni montaj qilishda mazkur ishlarni bajarishga qo‘yiladigan talablarga rioya etish lozim. Montaj sifatida ustidan nazorat konstruksiyalar qurilish maydonchasiga kelgan paytdan boshlanadi va ob’yekt foydalanishga topshirilganidan keyin yakunlanadi.
Konstruksiyalar ob’yektga kelganida sirtdan ko‘zdan kechirish, geometrik o‘lchamlar, dastlabki nazoratdan o‘tkaziladi. Montaj paytida ishlar sifatining operatsion nazorati amalga oshiriladi. Montaj ishlari sifatini aniqlashning asosiy mezonlari: elementlar aniq o‘rnatilganligi, ulangan joylar yaxshi mahkamlanganligi. Geodeziya asboblari yordamida konstruksiyalar tayanchlarga to‘g‘ri qo‘yilganligi tekshiriladi.

Download 485.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling