«tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha rektor muovini –––––––––––––––– dots. Sh. A. Mutalov 2013 й yog‘lar va moyli xom ashyolar kimyosi


Download 0.89 Mb.
bet1/8
Sana28.05.2020
Hajmi0.89 Mb.
#111208
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yog-moy kimyosi


o‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA o‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOShKENT KIMYО TEXNOLOGIYА INSTITUTI

«OZIQ-OVQAT MAНSULOTLARI TEXNOLOGIYASI» FAKULTETI

«OZIQ-OVQAT MAНSULOTLARI TEXNOLOGIYASI» KAFEDRASI


«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha

rektor muovini

––––––––––––––––

dots.SH.A.Mutalov

«___» ________2013 й




YOGLAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI

FANIDAN MA’RUZALAR MATNLARI

TOShKENT - 2013

«Yog‘lar va moyli xom ashyolar kimyosi» fanidan ma’ruzalar matnlari oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi fakulteti, 5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (Yog‘ va moy maxsulotlari bo‘yicha) ta’lim olayotgan talabalarga o‘quv rejasiga asosan 36 o‘quv soat xajmida o‘qishga mo‘ljallanib, tayyorlangan 18 ta ma’ruzani o‘z ichiga oladi. Ma’ruzalar matnlarida moyli o‘simliklar turlari, moyli urug‘lar morfologik va anatomik to‘zilishi, moyli urug‘lar to‘qima va xujayra tuzilishi. Moyli urug‘lar moy miqdori va kislota tarkibiga ta’sir qiluvchi omillar taxlil qilingan. Moylar tarkibiga kiruvchi lipidlar va ularning sinflanishi, yog‘ kislotalar va uchglitseridlar strukturasi, fizik-kimyoviy xususiyatlari, moylarni buzilishi kabi mavzular qo‘rib chiqilgan.



Tuzuvchilar: t.f.n., dots. Q.P. Serkaev;

t.f.n., dots. O.Q. Yunusov



Taqrizchilar: Oziq-ovqat korxonalari uyushmasi “Paxta chigitining sifati, qabul qilinishi va hisobotining yuritilishi, paxta yog’ining chiqish me’yorlariga rioya etilishini nazorat qilish bo’limi” boshlig’i, t.f.n. Zufarov O.O.

TKTI Biotexnologiya kafedrasi mudiri, t.f.n., dots. Xo’jamshukurov N.A.


«Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasining

2013 yil 19 Avgustdagi 1- majlisida muhokama qilingan (bayonnoma №1)

«Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» fakulteti

2013 yil 26 Avgustdagi (bayonnoma №1) ilmiy-uslubiy kengashida

chop etishga tavsiya qilingan.
Toshkent kimyo texnologiya instituti Ilmiy-uslubiy kengashining

2013 yil «__» Avgustdagi majlisida (bayonnoma №__ ) tasdiqlangan.




MUNDARIJA


1-Ma’ruza. Kirish. «Yog‘lar va moyli xom ashyolar kimyosi» fanining yog‘ va moylar texnologiyasidagi o‘rni




6










2-Ma’ruza. Moyli urug‘lar va mevalarning morfologik va anatomik tavsifi




11


3-Ma’ruza. Moyli urug‘ va mevalarning anatomik tuzilishiga ko‘ra umumiy tavsifi




16



4-Ma’ruza. Yog‘li urug‘lar hujayrasining tuzilishi va xususiyatlari




19


5-Ma’ruza. Urug‘larining hosil bo‘lishiga tashqi muhitning ta’siri




25


6-Ma’ruza. Moyli urug‘lar sifatini baholash va urug‘larning texnik-kimyoviy taxlili




30


7-Ma’ruza. Lipidlar tarkibidagi yog‘ kislotalar va ularning

tuzilishi






36


8-Ma’ruza. Moylar va yog‘larning yog‘ kislota tarkibi




43


9-Ma’ruza. Yog‘ kislotalar sintezi




55


10-Ma’ruza. Yog‘ kislotalarning fizik xossalari




58


11-Ma’ruza. Yog‘ kislotalarning kimyoviy xossalari




63


12-Ma’ruza. Glitserin




71


13-Ma’ruza. Glitseridlar




77


14-Ma’ruza. Glitseridlarning fizik xossalari




81


15-Ma’ruza. Glitseridlarning kimyoviy xossalari




84


16-Ma’ruza. Pereeterifikatsiya




91


17-Ma’ruza. Yog‘larni buzilishi




94


18-Ma’ruza. Yo‘ldosh moddalar




99


Adabiyotlar




108

1-MA’RUZA

«YOG‘LAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI» FANINING YOG‘ VA MOYLAR TEXNOLOGIYASIDAGI O‘RNI
Reja: Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to‘g‘risida.

Moyli o‘simliklar haqidagi fanning rivojlanish tarixi. Moyli o‘simliklar urug‘i asosiy moyli xom ashyodir. Yog‘larning ahamiyati. Yog‘lar va ularni qayta ishlash mahsulotlarining texnik qo‘llanilishi. Yog‘lar lipid guruhining a’zosi sifatida. Yog‘lar kimyosining rivojlantirishda o‘zbek va xorijiy olimlarning ishlari. O‘zbekistonda moyli xom ashyolarni asosiy turlari. Moyli oziq-ovqat sanoati chiqindilari.


Qadim zamonlardayoq, odamlar moyni olish mumkmn bo‘lgan o‘simliklardan foydalanishgan. Ular avvalo, tarkibida moyi juda ko‘p va oson ajratib olish mumkin bo‘lgan o‘simliklardan foydalanishgan (zaytun,palma moylari). Asta-sekin yovvoyi o‘simliklar, qishloq xo‘jalik ekinlariga aylantirilib, moy ishlab chiqarish hunari paydo bo‘lishiga va yog‘-moy sanoatining tarkib topishiga sabab bo‘ldi.

Bugungi kunda asosiy o‘rinni yog‘li o‘simliklarning madaniy turlari tutadi. Ular yovvoyi turlardan unumdorligi bilan farq qiladi. Yog‘larni ishlab chiqraish texnologiyasi, yog‘li urug‘lar va yog‘lar xususiyatini o‘rganishdan ilgarilab ketdi. Yog‘larni iste’mol qilish va ishlab chiqarishga bir necha ming yil bo‘lishiga qaramay, ularni o‘rgana boshladi.

1669 yilda Taxenius, 1741 yilda Joffrua yog‘lar tarkibida kislota xususiyatiga ega bo‘lgan moda borligini aytishdi.

XVIII asrda o‘simliklar va ularni vayta ishlash mahsulotlarinio‘rganishga katta ahamiyat berila boshladi. Tadqiqotlar asosan o‘simliklarning kimyoviy tarkibini o‘rganishga yo‘naltirilgan edi.

1783 yil V.V. Sheele zaytun yog‘ini parchalab, hosil bo‘lgan mahsulotlarning biri shirin modda ekanini aniqladi.

1823 yilga kelib M.E.Shevrel yog‘ tarkibini, strukturasini aniqladi. Olein, stearin kislotalarini ajratib oldi.

XIX asrning 40-yillariga kelib O.B.Sossyur ayrim yog‘li urug‘larni unib chiqishini o‘rganib, ular tarkibidagi yog‘larning uglevodlarga parchalanishini aniqladi. Keyinchalik Peluz butun, shikastlanmagan yog‘li urug‘larda neytral yog‘ bo‘lishi, maydalangan urug‘larda esa bir qancha vaqtdan so‘ng glitserin va erkin yog‘ kislotalar hosil bo‘lishining asosiy sababi- fermentlar ta’siridan degan fikrni bildirdi.

1871 yil A.E.Lyaskovskiyning va 1883 yil A.S.Faminsinning asarlari o‘simliklarda modda almashinuv jarayonlarini chuqur analizi bo‘lib, rus tilidagi birinchi o‘simliklar fiziologiyasi va bioximiiyasi darsligi keyingi ilmiy izlanishlarga asos bo‘ldi.

1890 yil D.E.Grin unib chiqayotgan kanakunxut tarkibida birinchi o‘simlik fermenti-lipazani o‘rgandi.

1903 yil D.Belan bug‘doy unini saqlash jarayonida uning tarkibida erkin yog‘ kislotalar miqdori oshib borar ekan. Shunga qarab uning engi-eskiligini aniqlashni tavsiya etdi. Shu vaqtga kelib, meva va urug‘ning asosiy xususiyatlarini ular tarkibidagi lipidlar-yog‘simon moddalar belgilashi aniq bo‘ldi.

1924 yilga kelib S.L.Ivanov o‘simlik yog‘larining kimyoviy tarkibi ularning geografik kelib chiqish o‘rniga bog‘likligini aniqladi. Masalan, aynan bir o‘simlik shimoliy yoki tog‘li rayonlarda o‘stirilsa, uning yog‘i tarkibidagi yog‘kislotalari ko‘proq to‘yinmagan bo‘lsa, janubiy yoki tekisliklarda o‘stirilsa yog‘ kislotalari ko‘proq to‘yingan bo‘ladi.

A.M.Goldovskiy 1941 yilda shuni aniqladiki, o‘simliklarda bir organik guruhga kiruvchi individual moda emas, balki o‘xshash moddalar bo‘ladi.

1943-53 yillarda F.A.Lipman va F.Nyukomb yog‘ kislotalar sintezida koferment A ishtirok etishini aniqlashdi va tasdiqlashdi.

Umumiy bioximiya fanining rivojlanishi yog‘li o‘simliklar ximiyasining rivojlanishi uchun qo‘llanilgan ilmiy asoslar yaratib berdi.

1953 yilda D.D.Uotson va X.K.Kriklar DNK molekulasi 2ta zanjirdan tashkil topganini isbotlashdi. 1963 yilda Nirenberg butun tirik mavjudot oqsil molekulasi strukturasini belgilovchi genetik kodning nima bilan shifrlanishini aniqlab berdi.

Nihoyatda mukammal avtomatlashgan analitik tadqiqot usullarining vujudga kelishi, oqsil strukturasini hatto aminokislotalar ketma ketligini aniqlash imkoniyatini berdi. Zamonaviy tadqiqotlar hujayra membranalariga ta’sir etish orqali, biomembrana tarkibiy komponentlaring shu ta’sirga javob reaksiyasi, hujayra faoliyatini boshqarish kabi masalalarni hal qilmoqda. Chunki biomembranalar urug‘lar tarkibida to‘planuvchi ko‘pgina moddalarning xususiyatini belgilaydi.

O‘zbekistonda hozirgi kunda o‘simliklar, yog‘li urug‘lar va yog‘li xom ashyolar borasida Sredaz NIPKIPisheprom ilmiy tekshirish, o‘simlik moddalari ximiyasi institutlari va boshqa oliygohlarda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Yog‘larni ishlab chiqarish va qayta ishlashning ekologik toza, chiqitsiz texnologiyalarni joriy qilish, injener-texnologlardan yog‘li xom ashyolarda bo‘ladigan kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni chuqur bilishni talab qiladi.

O‘simlik yog‘lari o‘simliklar to‘qimalarida keng tarqalgan. Lipidlar o‘simlik hujayralarining asosiy moddalaridan bo‘lib, ayrimlarida ular juda ko‘p to‘planadi. Lipidlar asosan o‘simliklar urug‘larida to‘planib, ayrimlarida 50-70% bo‘lishi mumkin.

Yog‘larni juda ko‘p miqdorda to‘playdigan o‘simliklar guruhi yog‘li o‘simliklar deb nom olgan va ular sanoat ahamiyatiga ega bo‘ladi. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan bu guruh o‘simliklariga hozirgi kunda 100ga yaqin o‘simliklar kiradi. Chunki, hozirgi kunda urug‘ tarkibining 1/10, hatto 1/15 qismini yog‘ tashkil qiluvchi urug‘lar ham qayta ishlanmoqda. Oldin bu ko‘rsatkich faqat ¼ qismni tashkil qiluvchi urug‘lar hisoblanar edi.

Urug‘larning moyi va oqsil moddalari asosiy amaliy ahamiyatga ega. O‘simlik moylari boshqa bir qator komponentlar kabi odam ratsional ozuqasining asosini tashkil qiladi. Ozuqa o‘simlik moylari kulinar, salat va konservalash moylari kabi turlari iste’mol qilinadi. Kulinariyada o‘simlik moylari toza yoki margarin va mahsus kulinar yog‘lar sifatida qo‘llaniladi. Salat moylari sifatida esa past temperaturada saqlab olingan va mahsus qayta ishlangan moylar qo‘llaniladi. Konservalashda esa ko‘proq rafinatsiyalangan olein kislotasi ko‘p bo‘lgan kungaboqar moyi, paxta moyi, zaytun, yeryong‘oq, kunjut moylari ishlatiladi.

Texnik o‘simlik moylari xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng qo‘llaniladi. Jumladan toza xoldagi yog‘ kislotalar ajratib olish, sovun mahsulotlarini tayyorlash va oksidlanadigan moylar alif, lak, kraska, linoleum, mahsus suv o‘tkazmaydigan matolar tayyorlashda ishlatiladi.

Ayrim o‘simlik moylari (kastor, zaytun, bodom va boshqalar) tibbiyot va kosmetik preparatlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

Moyli urug‘lardan olinadigan oqsil moddalar odam va hayvon ozuqasining biologik qiymatini oshiruvchi qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.

Moyli urug‘lar urug‘ va meva po‘stlari asosan sellyulozadan tashkil topganligi sababli spirt ishlab chiqaruvchi gidroliz zavodlariga xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi.

Moyli urug‘lar va ularni qayta ishlash mahsulotlari moylar va oqsillardan tashqari bir qator biologik aktiv birikmalar bo‘lgan vitaminlar va provitaminlarga ham boydir (tokoferollar, steroidlar, karatinoidlar va boshqalar). Undan tashqari moyli urug‘lar boshqa urug‘lardan xilma xil fosfolipid kompleksi hamda makro- va ultramikroelementlar to‘plamining miqdori bilan ajralib turadi.

Moyli urug‘larning kimyoviy tarkibi ularni sanoatda kompleks qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Moyli urug‘larni yig‘ib olish, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari, ular tarkibidagi barcha qimmatli moddalar to‘plamini tayyor mahsulotlar tarkibida saqlab qolishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

Bugungi kunda jahon miqyosida ozuqa o‘simlik moyi sifatida 1-o‘rinda soya moyi, 2-o‘rinda palma moylari, 3-o‘rinda kungaboqar moyi, 4-o‘rinda raps moy va keyingi o‘rinlarda chigit, zaytun, kunjut, saflor va boshqa moylar qo‘llanilmoqda.

Moyli urug‘larning kimyoviy tarkibi sanoatda o‘simlik moyli xom ashyosidan kompleks foydalanish uchun katta imkoniyat yaratadi. Yig‘ishtirib olish, yig‘ishtirishdan keyingi qayta ishlash, saqlash va moyli urug‘larni qayta ishlash texnologiyasi o‘simlik moyli xom ashyosini tayyor mahsulot xolida maksimal saqlash maqsadida hamma boy komponentlarga ega bo‘lishi zarur. Shu maqsadda chiqitsiz ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘layotgan o‘simlik moyini ekologik toza, atrof muhitga zarar yetkazmay, moyli urug‘lar tarkibidagi hamma foydali elementlarni saqlab qolgan holda, moyli xom ashyoni qayta ishlash texnologiyalarini qo‘llash zarur hisoblanadi.

O‘zbekistonda asosiy moyli urug‘ sifatida paxta chigiti ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda paxta dalalari qisqartirilishi natijasida, paxta chigiti o‘rnini qoplay oladigan boshqa moyli o‘simliklar ekish ishlarini amalga oshirish orqali respublikamiz uchun noan’anaviy moyli o‘simliklardan kungaboqar, maxsar o‘simliklarining seleksiyasi va maxsar moyini qayta ishlash texnologiyasi o‘rganilmoqda.

Shunday qilib moyli urug‘larning va yog‘larning kimyoviy tarkibini o‘rganish, ularni sonini oshirish, qayta ishlashni takomillashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu fan oldingi o‘tilgan “Umumiy biokimyo” fanining mantiqiy davomi bo‘lib, mutaxasislik fanlari: “O‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi” va “Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi” kurslari bilan o‘zviy bog‘liq.
Takrorlash uchun savollar


  1. Moyli o‘simliklar va moylar haqidagt fanning rivojlanish tarixi.

  2. Qanday o‘simliklar moyli o‘simliklar deyiladi?

  3. Moyli urug‘larning asosiy moddalari qanday аmaliy ahamiyatga ega?

  4. Fanning maqsadi va ahamiyati.


2-MA’RUZA
MOYLI URUG‘LAR VA MEVALARNING MORFOLOGIK VA ANATOMIK TAVSIFI
Reja: Urug‘ va meva tushunchalari. Meva turlari: pistalar, yong‘oqlar, ko‘saklar, dukkaklar, qo‘zoqlar, rezavorlar. Gul turlari: savatlilar, boshoqlar, panjasimonlar, soyabonsimonlar. Morfologik xususiyatlariga ko‘ra turlari.

Moyli o‘simliklar urug‘lilar (gullilar) guruhiga kiruvchi o‘simliklar bo‘lib, bu o‘simliklar dunyoda eng ko‘p tarkalgandir. Bu o‘simliklar urug‘lari pishib yetilgandan so‘ng tinch xolatga o‘tadilar va turli salbiy tashqi ta’sirlarga ancha chidamli bo‘ladilar (qish sovug‘i, qurg‘okchilik va boshqalar).

O‘simliklar mevalari to‘pgullarda joylashgan bo‘lib, ularning to‘zilishi va joylashishi urug‘larning o‘lchami, kimyoviy tarkibi va texnologik sifatiga ta’sir kiladi.

Botanika fanidan bilasizki, tupgullar asosiy 2 guruxga bulinadi:

1.uchki (yopik) to‘pgullar

2.yonaki (ochik) to‘pgullar

Birinchi gurux – uchki (yopik) to‘pgulli o‘simliklarda asosiy o‘qbandning uchi gul bilan tugallanib, o‘sishdan to‘xtaydi, qolgan gullar yonaki shoxlarda kechroq paydo bo‘ladi va pastki shoxlarda kamroq rivojlanadi. Uchki gul eng oldin mevaga aylanadi, keyingilari esa kechroq. Shuning uchun yig‘im-terim vaqtiga kelib, kech paydo bo‘lgan gullar meva va urug‘lari xali to‘liq pishmagan bo‘lishi mumkin. Uchki (yopik) to‘pgullilarga zig‘ir yoki g‘o‘zapoya (paxta) gullari misol bo‘la oladi.

Ikkinchi gurux – yonaki (ochik) to‘pgulli o‘simliklarda avval yonaki yosh shoxlarda gullar hosil bo‘ladi, asosiy bandning va yonaki shoxlarning pastki gullari ertaroq ochiladi. Shuning uchun yig‘im-terim vaqtiga kelib, pastki meva va urug‘lar to‘lik pishib yetilsa yuqoridagilari pishmagan bo‘lishi mumkin. Yonaki (ochik) to‘pgullilarga moyli urug‘li raps, kanakunjut, koriandr, kungaboqar yoki saflor o‘simliklari misol bo‘la oladi.

O‘simliklar urug‘larining kimyoviy tarkiblari o‘ziga xos bo‘lib, ularda yukorimolekulyar birikmalar ko‘rinishidagi zaxira moddalari ko‘proqdir. Ular pishish davriga kelib to‘lik to‘planadilar va urug‘ning unib chiqish davrida sarflanadilar. Moyli urug‘larning asosiy zaxira moddalari lipidlar hisoblanadi.

Moyli urug‘larda zahira oqsillari oqsil tanachalari yoki aleyron zarrachalari holida to‘planadilar. Zahira uglevodlaridan kraxmal asosan urug‘ning faqat hosil bo‘lish davrida paydo bo‘lib, pishish davrida yo‘qoladi va murtak hamda endosperm lipidlar bilan to‘ladi. Urug‘ning o‘sish davrida endosperm murtakka nisbatan fiziologik jihatdan ancha aktiv bo‘lib, pishishga yaqin murtak tezroq, endosperm hisobiga rivojlanadi. Har xil urug‘larda murtak va endospermning nisbati har xil saqlanib qoladi.

Urug‘ - nima? Urug‘ murtakdan va endospermadan ya’ni murtakning rivojlanishi uchun zarur moddalardan, hamda ularni qoplab turuvchi qobig‘dan tashkil topgan. Meva yopik urug‘li o‘simliklar uchun xos bo‘lib, gulda urug‘lanish jarayonidan so‘ng urug‘chi tugunchasi va gulning boshqa a’zolari ishtirokida rivojlanadi. Ustki tugunchali gulda meva faqat tugunchadan hosil bo‘lsa, ostki tugunchali gulda esa meva hosil bo‘lishida gul o‘rni, gulkosabarglar, changchilarning asosi ishtirok etadi. Mevaning rivojlanishi urug‘ning rivojlanishi bilan bir vaqtda boradi.

Mevalarning biologik ahamiyati shundaki, ular urug‘larning tarqalishiga yordam beradi. Mevaning po‘sti urug‘ning qurib qolmaslikdan va har xil zararlanishlardan saqlaydi.

Mevalar shakli, ichki to‘zilishi va gistologik xarakteriga ko‘ra nihoyatda xilma-xildir. Mevalar yonligi (eti) xususiyatlariga ko‘ra quruq va xo‘l mevalarga bo‘linadi. Ko‘pchilik moyli o‘simliklar mevasi quruq mevalarga kiradi. Urug‘ining soniga ko‘ra mevalar: bir urug‘li va ko‘p urug‘lilarga bo‘linadi.

Quruq va xo‘l mevalar o‘z vaqtida yana bir necha turlarga bo‘linadi.

Quruq mevalar: pistasimonlar, qo‘shpistalar, yong‘oqlar, ko‘saklar, dukkaklar, ko‘zoqlar, (struchok) va x.k.z.

Pistasimonlar – yarimyogochsimon zich qobig‘i bo‘lib, ichida siqilmagan, u bilan qo‘shilib ketmagan holatda joylashgan urug‘i bor. Pishib yetilganda qobig‘li pista ochilmay urug‘i bilan to‘kiladi. Pista urug‘i kobig‘dan tashqari po‘stga o‘ralgan bo‘ladi. Bu guruhga maxsar (saflor), kungaboqar pistalari misol bo‘la oladi. Pistalar qobig‘i urug‘ni mustahkam o‘rab turganligi uchun, qayta ishlash jarayonida maxsus texnologik operatsiya – chaqish amalga oshiriladi.

Qo‘shpistasimonlar – pistalardan farqli ravishda, ikkita pista birga – bir juft bo‘lib yetilib, o‘z qobig‘iga ega bo‘lib, pishganda ikkita pistaga ajralib ketadi. Qo‘shpistalarga koriandr mevalari misol bo‘la oladi. Undan asosan efir moylari ishlab chiqariladi.

Yong‘oqsimonlar – yog‘ochsimon meva qobig‘iga ega bo‘lib, bir yoki bir necha urug‘li bo‘lishi mumkin. Ko‘p urug‘li bunday meva pishganda u ayrim-ayrim yong‘oqlarga bo‘linib ketadi. Yong‘oqlar ko‘pincha bir urug‘li bo‘ladi. Moyli o‘simliklardan yong‘oqsimon mevaga ega bo‘lgan perilla, lyallemansiya, kanoplarni aytib utish mumkin.

Boshoqsimonlar – urug‘lari meva qobig‘lari pustlari bilan bitib ketgan bo‘lib, ular o‘z navbatida urug‘ murtagi va endospermi bilan qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Bularga barcha boshoqlilarni misol qilish mumkin.

Ko‘saksimonlar – meva kobig‘lari yogochsimon bir necha bo‘lakdan tashkil topgan bo‘ladi. Asosan ikkitadan oshiq. Ko‘saksimonlar asosan ko‘p urug‘li bo‘ladi. Urug‘lar meva kobig‘lari bilan ulanmagan, bog‘lanmagan va pishganda kobig‘ bo‘laklari bir-biridan ajralib ochilishi natijasida ayrim urug‘lar to‘kiladi. Ko‘saksimonlarga moyli o‘simliklardan paxta, zig‘ir, kanakunjut, kunjut, ko‘k nor misol bo‘ladi. Bu moyli o‘simliklar qayta ishlashga, kanakunjutdan tashqari, urug‘ holida kelib tushadi. Kanakunjut aralash urug‘ va ko‘sak holida keladi.

Dukkaksimonlar - meva yoni terisimon yoki yog‘ochsimon bir bo‘lakning o‘ralishidan hosil bo‘lib, bir uyali bir-, ikki- va ko‘p urug‘li bo‘lishi mumkin. Dukkak kobig‘i buylama ichki yoki tashqi chokidan ochilishi mumkin. Urug‘lar ichki chokka yopishgan. Ayrim dukkaklilarda meva pishganda va quriganda meva kobig‘lari yorilib, buraladi va urug‘lari sochilib ketadi. Bu meva qobig‘ining turli tarafga buralib qurishi natijasida sodir bo‘ladi. Moyli urug‘lardan bu guruhga soya va araxis (er yongok) misol bo‘ladi. Soya moy zavodlariga kobig‘dan ajratilgan urug‘ xolida keladi.

Qo‘zoqsimonlar – (struchok) dukkaksimonlarning o‘ziga xos turi bo‘lib, meva yoni yog‘ochsimon va orasida yolg‘on to‘siqli ikkita mevabargdan iborat. Bu to‘siqlarga xar ikki tomonidan urug‘lar yopishgan. Ko‘zoqlar ko‘pincha bir nechta urug‘li bo‘ladi. Ko‘zokning buyi enidan kamida to‘rt marta uzun bo‘ladi. Mevabarglarning ulangan joylari sezilarli kavirg‘a bo‘lib turadi. Urug‘ pishganda mevabarglar ochilib urug‘lar tusiq qavirg‘asida yopishgan holda qoladi.

Xo‘l mevalar. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lganlari bu danaklilar va rezavorlar.

Danaklilar – suvli mevalar bo‘lib, bir urug‘li bo‘ladi. Masalan, eng yirik danaklilarga kakos palmasi mevasi misol bo‘ladi. Undan tashqari olxo‘ri, o‘rik, shaftoli, olcha.

Rezavor (yagoda) simonlar – suvli ko‘p urug‘li meva. Meva eti ichida urug‘lar joylashgan bo‘ladi. Masalan, pomidor, tarvuz, qovoq.

Bir turga kiruvchi va xatto bir o‘simlikning urug‘ va mevalari o‘zaro morfologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va fiziologik xossalari bilan farq qilishi mumkin. Bu esa urug‘ va mevalarning o‘rtacha va umumiy (tipik) belgilari tug‘risida gapirishlikka olib keladi.

a) Urug‘ va mevaning o‘simlik tanasining qaysi qismida joylashganligi. Masalan, paxtada asosiy poyaga yaqin joylashgan ko‘saklar tezroq yetiladi. Kanakunjutda asosiy o‘q poyaga yaqin joylashgan meva urug‘ining moyida ritsinol kislota ko‘proq bo‘ladi. Kungaboqarda savatcha chetiga yaqin joylashgan pistalar tezroq yetiladi. Bu ozuqaning turlicha yetib borishidandir.

b) Zig‘irda o‘simlik shikastlangan yaproqlariga yaqin turgan meva va urug‘ rivojlanishig susayadi.

v) Urug‘larda rivojlanishning turlicha bo‘lishi ularning genetik turliligiga, ya’ni turli changchalar, urug‘donlar, murtaklar sifatiga bog‘lik.

g) Ekologik o‘zgarishlar o‘simlik oziqlanishiga ham ta’sir qilib urug‘lar sifatining turlicha bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling