«tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha rektor muovini –––––––––––––––– dots. Sh. A. Mutalov 2013 й yog‘lar va moyli xom ashyolar kimyosi


Download 0.89 Mb.
bet5/8
Sana28.05.2020
Hajmi0.89 Mb.
#111208
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yog-moy kimyosi


Kungaboqar moyi. Kungaboqar moyi kungaboqar (Nelianthus annuusl) urug‘idan presslab va kunjarasini geksan, ekstraksiyalab olinadi. Kungaboqar moyidan asosan salatlar uchun salat moyi va ozuqa moyi sifatida foydalaniladi Kungaboqar moyini 150C dagi zichligi 920-927 kg/m3, qotish harorati 160C dan 190C gacha, yod soni 119-136% yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,474-1,478, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 54,6-59,810-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 3,5-11,7% palmitin, 1,6-5,7% stearin, 23-50% olein va 42-66% linol kislotalaridan tashkil topgan. Urug‘lardan moyni ajratib olish uslubiga ko‘ra, urug‘lardan och sarikdan och jigarranggacha bo‘yalgan, o‘ziga xos hid va ta’mga ega moy olinadi. Kungaboqar moyi tarkibida 0,3-1,2% fosfatidlar bo‘lib, u kungaboqar moyidan gidratatsiya usuli bilan ajratib olinadi va fosfatid konsentrati sifatida ozuqaviy mahsulotlari tayërlashda foydalaniladi.

Zaytun moyi. Zaytun moyi zaytun (O1ea yeugoraea) mevalaridan presslab olinadi va uni sifati moy olish usuliga bogaiq bo‘ladi. Zaytun moyining yuqori navlarini to‘liq pishmagan ya’ni ertaroq qo‘lda terilgan zaytun mevalarini sovuq usulda presslash yo‘li bilan olinadi. Bu moy «provansk» nomi bilan tanilgan bo‘lib, u deyarli hidsiz, rangi och sarikdan tilla sariq ranggacha, xushta’m bo‘ladi, u tibbiët sohasida va ozuqa moyi sifatida qo‘llaniladi. Presslashdagi siqish jaraënida haroratning ko‘tarilishi moy sifatini pasaytiradi.

Yuqori haroratdagi sharoitda tugal presslangan va yarimmoysizlangan zaytun mevalarini ekstraksiyalagandan keyin oshxona va texnik moylari olinadi. Sifati past zaytun mevalaridan yashil rangli moy olinadi va u atir sovun ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Zaytun moyini 15°S dagi zichlish 0,914-0,920 kg/m3, qotish harorati - 6 dan 2°C gacha, yod soni 72,0-89,9% yod, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 71,3-87,910-6 m2/s, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,466-1,471 bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 9,8-20,0% palmitin, 2,9% gacha stearin, 54-81% olein va 3,3-22,0% linol kislotalaridan tashkil topgan. Sovuqroq joylarda o‘stirilgan zaytunning moyi tarkibidagi olein kislotasini mikdori kamayishi hisobiga linol va stearin kislotalarini miqdori ortadi.



Maxsar moyi. Maxsar moyi maxsar (Sagtnamus tinctorius) urug‘idan presslab va kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Tozalangan maxsar moyi oziq-ovqat tayërlashda, yuqori sifatli margarin ishlab chiqarishda, hamda texnikada oq-sariq buyoq, emallar, tez qurish xususiyati yuqori bo‘lganligi uchun olif va sovun pishirishda xomashë sifatida foydalaniladi. Maxsar moyini 150C dagi zichligi 913-930 kg/m3, qotish temperaturasi 13°C dan 20°C gacha, yod soni 130-155% yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,475-1,476, 20°C dagi kinematik qovushqokligi 54,7-77,810-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 2,1-8,4% palmitin, 1,5-11,2% stearin, 7,0-12,2% olein, 56,7-84,6% linol kislotalaridan iborat. Maxsar moyi och sariq rangdan yashil tusli ranggacha bo‘yalgan o‘ziga xos hid va ta’mga ega bo‘lib kungaboqar moyiga o‘xshab ketadi.

Raps (indov) moyi. Raps moyi raps (Vgassica campestris) urug‘laridan presslab va kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Raps moyini yuqori eruk kislotali va eruk kislotasiz turlari mavjud. Eruk kislotasiz raps moyi «Kanola» nomi bilan mashhur bo‘lib, oziq-ovqatda gidrogenlangani margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu moy eruk kislotasi kam bo‘lgan seleksiyalangan urug‘lardan olinadi. Eruk kislotasiz raps moyini 150C dagi zichligi 911-918 kg/m3, qotish temperaturasi 0 dan 10°C gacha, yod soni 95-106% yod, 20°S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,462-1,476 bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi 4,0-5,0% palmitin, 5,0-6,0 stearin, 52,0-55,0% olein 24,0-26,0% linol, 10,1-11,5 linolen, 8-15% va 1,4-1,7% eruk kislotalaridan iborat. Yuqori eruk kislotali raps moyi texnik maqsadlarda ishlatiladi. Tozalanmagan raps moyi to‘q yashil tusli bo‘lib, rafinatsiyalash jaraënidan keyin och sariq rangli bo‘ladi. Hom raps moyi o‘ziga xos hid va ta’mga ega.

Makkajo‘xori moyi. Makkajo‘xori moyi makkajo‘xori (Zeamays) urug‘i murtaklaridan olinadi. Makkajo‘xori murtaklari kraxmal, spirt va boshqa mahsulotlarni olish davrida hosil bo‘ladi. Makkajo‘xori murtaklari quruq va nam ishlov berish usullari ërdamida olinib, namlik bilan ishlov berilgandan keyinsh hosil bo‘lgan murtakdan olingan makkajo‘xori moyi sifati, quruq usul bilan olingan murtakdan olingan moyni sifatiga nisbatan ancha pasl bo‘ladi. Makkajo‘xori moyini 15°C dagi zichligi 924-926 kg/m3, qotish temperaturasi 10°C dan 20°C gacha, yod soni 111-113% yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,471-1,474, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 65,7-72,3 10-6 m2/s bo‘lib, ëg kislota tarkibi 4,9-18,7% palmitin, 6,2% gacha stearin, 23-49% olein va 48-56% linol kislotalaridan iborat. Makkajo‘xori moyining rangi och sarikdan qizg‘ish jigarranggacha bo‘lib, o‘ziga xos spetsifik ta’m va hidga ega. Moy tarkibida ma’lum mikdorda letsitin va tokoferollar mavjud.

Kanakunjut moyi (kastor moyi). Kanakunjut (kastor) moyi kanakunjut (Ricinus commmunis) urug‘laridan presslab olinadi. Kanakunjut moyining davolash xususiyati qadimdan ma’lum. Hozirgi vaqtda kanakunjut moyining tibbiëtda 1% dan kamroq qismi ishlatiladi. Kanakunjut moyi asosan himoyalovchi parda va qoplamalar tayërlashda keng foydalaniladi. Kanakunjut moyi tarkibida molekulasida gidroksil gruppasi bo‘lgan ritsinal kislotasining mikdori ko‘p bo‘lganliga uchun qurimaydigan moy hisoblanadi. Kanakunjut moyi alkid va epoksid smolalari ishlab chiqarishda, terilarni oshlashda ishlatiladi, hamda parfyumeriyada va kimë sanoatida enant aldegidi va undetsilen kislotasi olishda qo‘llaniladi. Kanakunjut moyining 15°C dagi zichligi 950-974 kg/m3, qotish temperaturasi 10°C dan 18°C gacha, yod soni 82-91% yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,477-1,479, 50°C dagi kinematik qovushqokligi 11010-6m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi 0,3-2,4% stearin, 0,1-9,0% olein, 3-10% linol va 80-94% ritsinol kislotalaridan iborat. Kanakunjut moyi asosan juda och rangli bo‘ladi. Texnik navlari esa och sariq, ba’zida yashil tusli bo‘lib, etil spirtida yaxshi eriydi.

Palma moyi. Palma moyi moyli palma (E1aeis gnineesis) mevasini yumshoq qismidan presslab olinadi. Palma moyi ozuqa moyi sifatida va ëg‘larni qayta ishlash korxonalarini turli sohalarida keng foydalaniladi. Uning tarkibida to‘yingan palmitin kislotasi ko‘p bo‘lganligi sababli bu moy qattiq bo‘lib, margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Palma moyini 15°C dagi zichligi 921-925 kg/m3, yod soni 48-58% yod, 40°C dagi nur sindirshp ko‘rsatkichi 1,453-1,459 ga teng bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 0,1-4,3% kaprin, 1,2-4,5% miristin, 39,0-46,8% palmitin, 1,3-6,5% stearin, 36,7-43,0% olein va 5-18% linol kislotalaridan tashkil topgan. Palma mevalaridan olingan moyning rangi karotin miqdorini ko‘p bo‘lganligi hisobiga to‘q sariqdan qizil ranggacha bo‘ladi, u ëqimli binafsha hidini eslatuvchi o‘ziga xos hidga va ta’mga ega.

Palma yadro moyi. Palma yadro moyi palma (Elaeis guineensis) danagi mag‘zini presslab va mag‘iz kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Palma yadro moyi texnik maqsadlarda keng foydalaniladi, uning tarkibida to‘yingan ëg‘ kislotalaridan laurin va miristin kislotalarining mikdori ko‘p bo‘lganligi uchun, bu moy asosan, atir sovun ishlab chiqarishda ishlatiladi. Palma yadro moyini 15°C dagi zichligi 925-935 kg/m3, yod soni 12-20% yod, 40°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,449-1,452 ga teng bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 2,4-4,3% kaprin, 3-7% kapron, 44,5-52,0% laurin, 14,0-18,6% miristin, 6,5-9,0% palmitin, 1,0-3,5% stearin, 10,5-19,0% olein va 0,7-2,1% linol kislotalaridan iborat. Palma yadro moyining rangi to‘q sariq rangdan to‘q qizil ranggacha bo‘ladi, hamda u o‘ziga xos hidga ega. Ëg‘ kislota tarkibi bo‘yicha palma yadro moyi kokos moyiga yaqin, ammo u yod sonini biroz yuqoriligi bilan kokos moyidan farqlanadi.

Erëng‘oq moyi. Yerëng‘oq moyi yerëng‘oq (Agashis hyrogaea), urug‘idan presslab va urug‘ kunjarasini geksan, ekstraksiya benzini (A markali) bilan ekstraksiyalab olinadi. Yerëng‘oq moyini suyuq fraksiyasidan asosan salatlar uchun salat moyi sifatida, hamda quyuq fraksiyasi (palmitin)dan margarin ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yerëng‘oq moyini 15°C dagi zichligi 911-929 kg/m3, qotish harorati 2,5°C dan 3,0°C gacha, yod soni 82-92% yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,468-1,472, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 74-8910-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 6-18% palmitin, 2-7% stearin, 0,8-7,3% araxin, 39-70% olein va 13-38% linol kislotalaridan tashkil topgan.

Erëng‘oq moyi och sariq rangdan qizil jigarranggacha bo‘yalgan bo‘lib, o‘ziga xos ta’m va hidga ega. Past haroratlarda moy tarkibidagi glitseridlar kristallanib, yerëng‘oq stearini hosil qiladi. Yerëng‘oq moyi yarim quriydigan moylar turkumiga kiradi va tarkibida to‘yingan ëg‘ kislotalarini kamligi va olein kislotasini ko‘pligi bilan boshqa moylardan ajralib turadi. Bu ko‘rsatkichlar uni ozuqaviy qiymatini yuqoriligini ko‘rsatadi.



Kunjut moyi. Kunjut moyi kunjut (Sesamum indicum) urug‘idan presslab va urug‘ kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi.

Presslab olingan kunjut moyi iste’mol uchun oziq-ovqat sanoatida va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda tabobat va parfyumeriyada qo‘llaniladi. Kunjut moyini 15°C dagi zichligi 921-924 kg/m3, qotish temperaturasi 3°C dan 7°C gacha, yod soni 103-117% yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,471-1,476, 20°C dagi kinematik qovushqokligi 10-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi 3,5-9,9% palmitin, 3,3-6,6% stearin, 36-48% olein va 35,8-55,6% linol kislotalaridan iborat. Kunjut moyi ham yarim quriydigan moylar turkumiga kirib, rangi och sariqdan to‘q sariqgacha bo‘lib, deyarli hidsiz va ëqimli ta’mga ega. Kunjut urug‘ini po‘stidan ajratib, mag‘zini ezib olingan mahsulot xolva tayërlashda xomashë hisoblanadi. Kunjut moyi ozuqaviy qiymatini yuqoriligi bilan boshqa moylardan ajralib turadi, hamda uning tarkibida aktiv antioksidant - sezomol (oksigidroxinonni metil efiri) mavjud bo‘lib, u moyni saqlash vaqtida yuqori chidamliligini ta’minlaydi.



Tung moyi. Tung moyi tung daraxti (Aleurites) mevasi danagi mag‘zidan presslab va kunjarasidan erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Tung moyi tez quriydigan moy hisoblanadi. Shuning uchun biror sirt yuzasiga surtilganda, tez quriydi va chidamli, egiluvchan yupqa parda, atmosfera ëg‘inlari va har xil kimëviy reagentlar, asosan kislota va ishqorlar ta’siriga, yaxshi elektr himoyalash xususiyatiga ega va namlikka chidamli bo‘ladi. Bu moyni samolët va avtomobilsozlikda, kemalarning suv ostki qismlarini bo‘yashda, konservalashda, laklarni, polietilen, linoleum, issiqqa chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatida va boshqa sohalarda ko‘p qo‘llaniladi. Tung moyini 20°C dagi zichligi 925-943 kg/m3, qotish temperaturasi 2°C dan 17°C gacha, yod soni 145-176% yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,500-1,524, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 216-220,510-6m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi 3-17% palmitin, 3-7% stearin, 4-19% olein, 8-13% linol va 66-82% linolen kislotasini izomeri elostearin kislotalaridan iborat. Tung moyi ërug‘likda issiqlik ta’sirida eriydigan och rangli qattiq massani hosil qiladi.

Pomidor moyi. Pomidor moyi pomidor (Lugopersion) urug‘idan presslab va qisman moyi olingan urug‘larni erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Pomidor moyi ozuqa va texnik maqsadlarda foydalaniladi. Pomidor moyining 15°C dagi zichligi 920-930 kg/m3, qotish temperaturasi 6°C dan 12°C gacha, yod soni 109-115%5 yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,470-1,479, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 72,4 - 89,0106 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 10-20% palmitin, 5-6% stearin, 5,7% gacha araxin, 13-30% olein, 35-62% linol va 1,7-2,5% linolen kislotalaridan iborat. Pomidor urug‘laridan olingan moyning rangi och sarikdan to‘q jigarranggacha bo‘lib, ba’zida karotinoidlar miqsori yuqori bo‘lganligi hisobiga qizg‘ish rangga, bo‘yalgan bo‘ladi, o‘ziga xos ta’m va o‘tkir qalampir hidiga ega.

O‘zum moyi. O‘zum moyi o‘zum (Vitis) urug‘idan presslab va kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. O‘zum moyi oziq-ovqat uchun tozalanmagani olif va laklar tayërlashda va boshqa texpyak maqsadlarda foydalaniladi. O‘zum moyi 15°C dagi zichligi 9,9-9,56 kg/m3, qotish temperaturasi 10°C dan 20°C gacha, yod soni 176-196% yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,470-1,480, 20°C dagi kinematik qovushqokligi 57,610-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 5,0-6,5% palmitin, 2,3-10,0% stearin, 12-37% olein va 45-72% linol kislotalaridan tashkil topgan. O‘zum urug‘laridan olingan moyining rangi och sarikdan yashil tusli jigarranggacha bo‘lib, o‘ziga xos ëqimli hid va ta’mga ega.

O‘rik moyi. O‘rik moyi o‘rik (Agmeniaca) danagi mag‘zidan sovuq usulda ikki marta presslab olinadi. O‘rik moyi oziq-ovqat uchun va tibbiëtda dori-darmonlar tayërlashda qo‘llaniladi. O‘rik moyining 15°C dagi zichligi 915-921kg/m3, qotish temperaturasi 14°C dan 22°C gacha, yod soni 90-112% yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,470-1,476 bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 2,1-4,5% palmitin, 1,0-1,2% stearin, 60-79% olein va 18-32% linol kislotalaridan iborat. Yangi olingan o‘rik moyi och rangli, ëqimli ta’mga va achchiq bodomni eslatuvchi hidga ega.

Bodom moyi. Bodom moyi bodom (Amigdalus) danagi mag‘zidan presslab olinadi. Bodom moyi asosan tibbiëtda, parfyumeriya, kosmetika sohalarida va oziq-ovqatda ishlatiladi. Bodom moyining 15°C dagi zichligi 914-921 kg/m3, qotish temperaturasi 9°C dan 21°C gacha, yod soni 92-106% yod, 200C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,468-1,471, 30°C dagi kinematik qovushqoqligi 47,810-6m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi 1,2% miristin, 3,0-9,8% palmitin, 2,1-4,0% stearin, 43,8-84,0% olein va 13,4-44,3% linol kislotalaridan iborat. Bodom moyi och sariq rangda bo‘lib, deyarli hidsiz va ëqimli ëng‘oq ta’miga ega.

Olxo‘ri moyi. Olxo‘ri moyi olxo‘ri (Rrunus) danagi mag‘zidan presslab va kunjarasini geksan, ekstraksiya benzini ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Olxo‘ri moyi tibbiëtda, parfyumeriya, kosmetika sohalarida va oziq-ovqatda ishlatiladi. Olxo‘ri moyining 15°C dagi zichligi 915-920 kg/m3, qotish temperaturasi 58°C dan 8°C gacha, yod soni 91-105% yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,470-1,472 bo‘lib, ëg kislota tarkibi 4,5-4,9% palmitin, 1,0-1,4% stearin, 69-72% olein va 19-25% linol kislotalaridan iborat. Olxo‘ri moyi tilla sariq rangdan jigarranggacha bo‘lib, achchiq bodomni eslatuvchi ta’m va hidga ega.

Olcha moyi. Olcha moyi olcha (Segasus) danagi mag‘zini presslab va kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraksiya benzini) ërdamida ekstraksiyalab olinadi. Olcha moyi deyarli, faqat oziq-ovqatda foydalaniladi. Olcha moyining 150C dagi zichligi 921-929 kg/m3, qotish temperaturasi 16°C dan 20°C gacha, yod soni 93-122% yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,472-1,474 bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi asosan 4,3% palmitin, 2,9% stearin, 47-50% olein va 40-42% linol kislotalaridan iborat. Olcha moyi tilla sariq rangli bo‘lib, ëqimli bodom hidiga va xush ta’mga ega.

Chakanda (oblepixa) moyi. Chakanda moyi chakanda mevasidan presslab olinadi. Bu moy tibbiëtda bitishi qiyin bo‘lgan yaralarga, kuygan va sovuq urgan terilarga, qizil o‘ngach, me’da (oshqozon) shilliq qavatlari xastaliklarini, o‘n ikki barmoqli ichak, A vitamining yetishmasligi sababli kelib chiqadigan avitaminoz kasalligini davolashda yaxshi naf keltiradi. Chakanda moyining 15°C dagi zichligi 921-924 kg/m3, qotish temperaturasi 6°C gacha, yod soni 70-76% yod bo‘lib, yog‘ kislota tarkibi 10-11% palmitin, 10-11% stearin, 23-63% olein va 26-38% linol kislotalaridan iborat. Moyning rangi to‘q sariq bo‘lib, unda karotin va E, P vitaminlari bor.

Shaftoli moyi. Shaftoli moyi shaftoli (Regsisa) danagi mag‘zidan presslab olinadi. Bu moy farmakologiyada va oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi. Bu moy olein kislotasi mikdorining ko‘pligi bilan baholanadi. Olein kislotasi odam organizmiga zarur bo‘lgan kislotadir. Buning tarkibiga B1, B2, PP, B5 hamda nikotin kislotasi va vitamin E kiradi. Shaftoli moyi inson organizmidan o‘t haydashni normallashtiradi, hamda nafas olish yo‘llari shamollaganda, allergik kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Shaftoli moyini 15°C dagi zichligi 914-925 kg/m3, qotish temperaturasi -20 dan -23°C gacha, yod soni 74-123% yod, 20°C dagi nur sindirish ko‘rsatkichi 1,471-1,473, 20°C dagi kinematik qovushqokliga 72,8- 10-6 m2/s bo‘lib, ëg‘ kislota tarkibi 3% gacha palmitin, 15% stearin, 73,3-85,0% olein va 16,4% linol kislotalaridan iborat. Shaftoli moyi tiniq holda och rangdan tilla sariq ranggacha bo‘lib, achchiq bodomni eslatuvchi ta’m va hidga ega. Shaftoli moyi siydik haydash xususiyatiga ega. Bu moylar parxez taomlar tayërlashda ya’ni teri yallig‘lanishni oldini olishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari shaftoli moyi farmokologiya sohasida yuqori sifatli dori-darmonlar tayërlashda ishlatiladi.

Takrorlash uchun savollar.

1. Yog‘lar kimyosini o‘rganishdan maqsadi.

2. Ëg‘lar va moylar tushunchalari.

3. Ëg‘lardagi ëg‘ kislotalarning foiz miqdori.

4. Turli moylarning qo‘llanilish sohalari.

9-MA’RUZA
YOG‘ KISLOTALAR SINTEZI
Reja: Yog‘ kislotalarning sintez usullari, ularning tabiiylardan farqi. Yog‘ kislotalari sonining kamayishi va ko‘payishi bilan boradigan sintez usullari.
Yog‘ kislotalari ilmiy tadqiqot maqsadlarida, shuningdek sanoat miqyosida ishlatiladigan, yog‘lardan olinadigan yog‘ kislotalari o‘rniga sintez qilinadi.

Sanoatda yog‘ kislotalarini sintez qilish uchun odatda qiyin eruvchan uglevodoroldar havo kislorodi yordamida oksidlanadi. Bunda sintetik yog‘ kislotalar ishlab chiqarish texnologiyasiga ta’alluqli bo‘lgan kimyoviy reaksiyalarning murakkab kompleksi amalga oshiriladi. Bu jarayon natijasida organik kislotalarining murakkab aralashmasi hosil bo‘ladi. Aralashmaning tarkibida chumoli kislotadan boshlab begen kislotasigacha to‘yingan organik kislotalar, gidroksikislotalar va ularning xosilalari, ketokislotalar, ketogidroksikislotalar kiradi. Tovar sintetik yog‘ kislotalarida kam miqdorda to‘yinmagan yog‘ kislotalari ham mavjud bo‘ladi.

Yuqori molekulyar to‘yingan yog‘ kislotalar to‘yinmagan yog‘ kislotalarni gidrogenlash yoki yuqori molekulyar bir atomli spirtlardan o‘yuvchi ishqor bilan qizdirish orqali olinishi mumkin. To‘yinmagan yog‘ kislotalarini ishqor qo‘shib qizdirilganda zanjirida bir uglerodga kam to‘yingan yog‘ kislota xosil bo‘ladi.

Ilmiy tadqiqot maqsadlarida to‘yingan yog‘ kislotalar kerakli miqdorda va tuzilishda, ma’lum yog‘ kislotaning uglevodord zanjirini ko‘paytirish yoki kamaytirish yo‘li bilan olinishi mumkin. Sintez qilinayotgan yog‘ kislotadagi uglerod sonini bu usulda xoxlagan songa yetkazish mumkin. Buning uchun dastlabki yog‘ kislotaga ma’lum texnologik sharoitda bosqichma-bosqich ishlov beriladi.

To‘yingan yog‘ kislotalar struktura tuzilishi kislotalarni sintez qilish yo‘li bilan isbot qilingan. Dastlab quyidagicha metil spirtidan sirka kislotasi sintez qilingan va shu usulda boshqa yuqori molekulyar kislotalar olinib, ularning struktura tuzilishi isbot qilingan:

CH3 OH HJ CH3 J H2O



CH3 J KCN CH3 CN KJ

CH3 CN 2H2O CH3COOH NH3



Ko‘rsatilgan usulning dvomida sirka kislotasi etil spirtiga aylantirilib, yuqoridagi sikl yanna takrorlanadi va natijada propion kislotasi hosil qilinadi:

CH3OH Na NJ



CH3COOH CH3 OH CH3COOCH3 CH3CH2OH

KCN

CH3CH2 J CH3CH2CN 2H2O CH3CH2 COOH NH3
Shu tariqa uglevodorod zanjiri uzaytirib boriladi. Ko‘rinib turibdi-ki, metil spirtidan boshlangan bu usul bilan to‘yingan va to‘g‘ri zanjirli zarur uglerod soniga ega bo‘lgan yog‘ kislotalar sintezlanadi.

Bundan tashqari yuqori molekulyar yog‘ kislotalardan ma’lum yog‘ kislotani zanjirni qisqartirish usuli bilan hosil qilish mumkin. Bu usullar Gofman va Kraft usullari deb ataladi. Gofman usulida yog‘ kislotalar amidlariga brom hamda o‘yuvchi ishqor ta’sir ettirishga asoslangan.

Avval yog‘ kislota aminlaridan quyidagi reaksiya bo‘yicha amidlar olinadi:

R-CH2 – COONH4 H2O R-CH2 – CONH2

Amidlarga ishqoriy muhitda brom ta’sir ettiriladi:

R-CH2 – CONH2 Br2 OH - R-CH2 – CONHBr Br - H2O

Galogenamidlarga ishqor ta’sir ettirilib, turg‘un bo‘lmagan tuz hosil qilinadi:

R-CH2 – CONHBr KOH R-CH2 – CONBr K N2O

Bu tuzning parchalanishi hisobiga uglevodorod radikali uglerod atomidan ajralib azotga birikadi. Bu esa radikalning bir uglerodga qisqarishiga olib keladi.

R-CH2 CONBr K R-CH2 – N C O Br K

Izotsian kislota

Hosil bo‘lgan izotsian kislotasi ishqor ta’sirida gidrolizlanib aminga aylanadi

2R-CH2 – N C O 2KOH 2R-CH2 – NH2 K2 CO3 H2O

Amin


Hosil bo‘lgan aminlar nitrit kislota ta’sir ettirilsa birlamchi spirtlar hosil bo‘ladi:

R-CH2 – NH2 HNO2 R-CH2 –OH N2 H2O


Nihoyat birlamchi yuqorimolekulyar spirt ishqor bilan eritib oksidlansa, yog‘ kislotaga aylanadi:

R - CH2 –OH R - COOH

Kraft usuli bilan ham ma’lum yuqori molekulyar organik kislotadan bittadan uglerodni kamaytirib borib kerakli yog‘ kislotani sintez qilish mumkin. Bu usul bilan sintez qilganda avval sirka kislotasining kalsiyli tuzi va qisqartirilishi kerak bo‘lgan yuqori molekulyar kislotaning kalsiyli tuzlari aralashmasi xaydaladi. Bunda kalsiy karbonat va yog‘ kislotaning metil ketoni hosil bo‘ladi:

Ca(OCOCH3)2 Ca(OCOCH2R) CaCO3 CH3 – CO – CH2 – R

kislota metil ketoni

Olingan metil keton xrom kislotasi bilan oksidlantirilganda ikkita kislota hosil bo‘ladi. Bulardan biri sirka kislotasi va ikkinchisi uglevodorod zanjiri dastlabki yuqorimolekulyar kislotadan bir uglerodga kam bo‘lgan yangi yog‘ kislota:



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling