12-amaliy mashg‘ulot


Download 98.29 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi98.29 Kb.
#1340285
Bog'liq
12 amaliy mashgulot

12-amaliy mashg‘ulot.

Mavzu: Aqilli shahar elektr tarmoqlariva qayta tiklanadigan energiya manbalarining integratsiyasi (2 soat)



Topshiriq : Talabalar rivojlangan mamlakatla r noanaviy energiyadan qanchalik foydalanishmoqda shu haqda malumotlar topilsin vagapirib bersin.
- Prezidentimizning 2022 yil 9 sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, viloyatimizda 4 ta quyosh stansiyalari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda, - deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i To‘raxon Hoshimov. - Jumladan, Nurobod tumanidagi yiliga 100 million kVt tok ishlab chiqaruvchi stansiya foydalanishga topshirildi. Cho‘ponota massivida Samarqand turistik markazini tok bilan ta’minlovchi 500 million kVtga mo‘ljallangan quyosh stansiyasi tez orada ishga tushadi. Shuningdek, Past Darg‘om va Nurobod tumanlarida yana bittadan stansiya qurish ishlari boshlangan.
Bir necha yil ilgari “O‘zBAT” qo‘shma korxonasi tomonidan yuzlab urgutliklarning xonadonlarda, shuningdek, Samarqand va Qo‘shrabot tumanlaridagi qishloq vrachlik punktlari, maktab va bolalar bog‘chalarida quyosh panellari orqali suv isitish batareyalari o‘rnatilgan edi. Boshqarmamiz ham o‘z hisobidan 12 ta kichik quyosh stansiyalari qurib berdi.
Viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi hamda uning quyi tuzilmalarida ham muqobil energiya manbalaridan foydalanib kelinmoqda. Xususan, boshqarma binosining tom qismiga 45 ta quyosh paneli o‘rnatilgani xizmat xonalarini to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini bermoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari xarid qilganlarga kompensatsiya to‘lanishi haqida qaror qabul qilingach, aholi orasida ham o‘z xonadonlariga ana shunday quyosh panellarini o‘rnatishga bo‘lgan qiziqish ortdi. Samarqand shahridagi Mir Said Baraka mahallasi binosiga quyosh panellari o‘rnatilgach, hozirda muqobil energiya quvvatidan beminnat foydalanilmoqda.
- Keyingi ikki oy ichida 130 dan ortiq mahalla binolarida muqobil energiya uskunalarini qurish ishlari jadal olib borilmoqda, -deydi viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Hasan Turdiyev. – Hisob-kitoblarga ko‘ra, viloyatdagi barcha - 1126 ta mahalla binosini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun bir yilda 2 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi. Kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inlari binolariga quyosh panellarini to‘liq o‘rnatish bilan ular to‘liq energiya bilan ta’minlanadi.
(12.1)


Nazorat savollari

1 Quyosh panellarini avzalligi va kamchiigi


2 Quyosh panellarini quvvatini aniqlash qandek amalga oshiriladi
3 Quyosh panellarini paramertlarini ayting
Download 98.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling