Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekommunikatsiya fakulteti
Download 53.43 Kb.
|
Mo\'minov Mirjalol
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” yo’nalishi tinglovchisi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI VA KOMMUNIKASIYaLARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI MUHAMMAD al XORAZMIY NOMIDAGI TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI Telekommunikatsiya fakulteti “O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” yo’nalishi tinglovchisi Mo’minov Mirjalol Robbim o’g’lining “2017 yil — “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturining mohiyati” mavzusidagi MUSTAQIL ISH Qabul qildi:Muhammadiyev H SAMARQAND – 2023 Kirish. Reja: 1. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturining mohiyati 2. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari 3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari 4. Inson manfaatlariga yo’naltirilgan loyihalarning natijalari 5. Sh.M.Mirziyoyevning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi mohiyati” nomli Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Kirish Joriy yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi davlatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatining barpo etish borasida ulkan qadam bo‘ldi. Bugun mamlakatimizda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish, huquqiy-demokratik jamiyatni shakllantirish jarayoni jadal olib borilmoqda. Barchamizga ayonki, fuqaro, umuman insonlar uyi tinch, qorni to‘q va egni but bo‘lsa, qiladigan ishi bo‘lsagina xotirjam yashaydi. Hotirjam insongina g‘ayrat bilan ishlashi, o‘z kuchini Vatan taraqqiyoti yo‘lida sarflashi mumkin. Mana shu hayotiy haqiqatning hayotiyligini ta’minlash maqsadida, ya’ni, inson va fuqarolarning manfaatlari va qadriyatlarini yuqori ko‘tarish, shuningdek, xalq bilan muloqotga kirishish, uning dardu-tashvishi, o‘y-xayollari, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ishlash 2017-yilning mana shunday nom bilan atalishiga asosiy sabab hisoblanadi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan islohotlar xalqimiz turmushining yanada yuksalishi, mamlakatimiz obodligi va taraqqiyotini ta’minlash, Vatanimizning dunyo hamjamiyatida obro‘-e’tiborini yuksaltirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda yuksak samaralar bermoqda. Darhaqiqat, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, — bugun hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad — inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, uning dardu-tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak. Mamlakatimiz Prezidentining yangidan qabul qilingan “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ana shu yo‘nalishdagi ishlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Farmonda keksalarni ijtimoiy himoyalash, sog‘lomlashtirish, ularning faolligini oshirish, jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan. Ushbu xayrli ish Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning: “Kimki kichiklarimizga rahm qilmasa, keksalarimizning haqqini, qadr-qimmatini bilmasa, u musulmon ummati emasdir”, degan hadisi shariflariga hamohangdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga asos solingani hayotimizda adolat tamoyillari yanada mustahkam qaror topishi, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda yuksak samaralar bermoqda. Shundan kelib chiqib, joylarda partiya tashkilotlari tomonidan odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarni tizimli o‘rganib borish, deputatlik birlashmalari orqali mahalliy Kengashlar doimiy komissiya va sessiyalarida muhokama etib, tegishli qarorlar qabul qilish, ularga yechim topish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi uchrashuvlar xalq vakillarining joylardagi muammolarni o‘rganishi, odamlar bilan yanada yaqindan muloqot qilishida muhim ahamiyatga ega. Download 53.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling