Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekommunikatsiya fakulteti
Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari
Download 53.43 Kb.
|
Mo\'minov Mirjalol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish
2. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlariMamlakatimizda Parlament isloxotlarini yanada chuqurlashtirish natijasida ikki palatali parlament tashqil etildi, O`zbekiston Respublikasi qonunchiqaruvchi xokimiyati huquqiy davlat talablariga javob beradigan darajada faoliyat yurita boshladi. Eng muhimi, garchand endi qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan bulsada, qabulqilinganqonunlarning sifati ancha oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyixalarini partiya fraksiyalarida oldindan ko`rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida huquqiy xujjatlar loyixalarini muxokama qilishda bu fraksiyalarning fikrlarini e’tiborga olish amaliyoti shakllandi. Agar parlamentning xalq irodasi va manfaatlari asosida faoliyat yuritishi xamda qonunlar qabulqilishi eng asosiy demokratik qadriyatlardan biri ekaniga e’tibor bersak, deputatlar va Senat a’zolarining o`z saylovchilari bilan o`zaro muloqotlari, joylardagi muammolardan xabardor bo`lishi, ularning yechimlarini topishda ishtirok etishi, maxalliy vakillik organlarining jonlanishiga ko`maklashishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Chunki, oliy vakillik organi deputata avvalambor o`z saylov okrugidagi fuqarolarning vakili, Senat a’zosi esa o`zi saylangan mintaqa maxalliy davlat xokimiyati organlarining vakilidir. SHuning uchun xam parlament a’zolarining xalq ichida ko`proq faoliyat yuritishi davlatimiz barkarorligini yanada mustaxkamlash omillaridan biridir. Shundan kelib chiqib Davlat dasturining «Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish» deb nomlangan birinchi yo’nalishidademokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish borasida vazifalarga e’tibor qaratilgan. Davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish hamda qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda tubdan oshirish masalasi qo’yilgan. Hozirda ushbu yo’nalishlarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari har oyning birinchi 10 kunligida reja asosida belgilangan tuman va shaharlarda bo’lib, aholi bilan ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan uchrashuvlar o’tkazmoqda. Bundan tashqari, deputatlar har bir xonadon, ta’lim muassasasi va mahalallarda bo’lib, yechimini kutayotgan muammolarni aniqlab imkon darajasida hal etishmoqda. Bubilan qonunlar ustidan parlament nazoratini kuchaytirilmoqda hamda qonun ijodkorligi sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirilmoqda. Birgina Jizzax viloyatida joriy yilning fevral oyida Oliy Majlis Senati raisi boshchiligida Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari G’allaorol tumanidagi fuqarolar bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Mart oyining birinchi o’n kunligida Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari Baxmal tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o’rganishdi. Harakatlar strategiyasida siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirishmuhim vazifa sifatida qo’yilgan. Bugungi kunda siyosiy partiyalar tizimida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashbo’yicha qabulxonalarning faoliyat ko’rsatishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boisi siyosiy partiya fuqarolarning maqsad va manfaatlarini ro’yobga chiqaradigan kuch sifatida odamlar hayotidagi muammolardan doimo xabardor bo’lishi aholi qatlamlari manfaatlarini to’la ifoda etishga ko’maklashadi. Bundan tashqari, tuman va shahar hokimlari, tegishli kengashlarning partiya deputatlik guruhlari bilan kelishgan holda lavozimiga tayinlanishi ko’zda tutilmoqda. Ushbu yo’nalishdagi islohotlar siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchayishiga, ularning joylardagi mavjud muammolarni hal etishdagi ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi. Harakatlar strategiyasining «Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish» deb nomlangan yo’nalishida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish sohasida ham bir qator vazifalar belgilab berildi. Jumladan: — davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish; — mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha vazifalarni amalga oshirishda o’zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; — «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan va aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish. Aytish lozimki, davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning o’zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu yo’nalishdan kelib chiqib aytish mumkinki, hozirda davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlarni elektron tarzda qabul qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o’rtasida ma’lumot almashinuvi tartibini takomillashtirish, tadbirkorlarga elektron xizmat ko’rsatish samaradoligi oshirib bormoqda. Shuningdek, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o’rni va faoliyati samaradorligini oshirish hamda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish dasturiy vazifa sifatida kiritilgan. Umuman olganda, mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish izchillik bilan davom etdirilmoqda. Harakatlar strategiyasida belgilangan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish bilan bog’lik vazifalar Oliy Majlis va mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqadi. Qonun ijodkorligi va qabul qilinayotgan qonunlar sifatini oshirish, siyosiy partiyalar vakolatlarini yanada kengaytiradi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ochiqligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatini ko’rsatish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirishga yo’l ochadi.Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda mahallaning jamiyat hayotidagi rolini oshirish bo’yicha muhim o’zgarishlar amalga oshiriladi. Download 53.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling