2017 yilda notijorat tashkilotlari faoliyati
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Notijorat2017
2017 yilda notijorat tashkilotlari faoliyati Respublikamizda 2017 yilda faoliyat yuritgan notijorat tashkilotlari soni 23749 tani tashkil etadi. Ulardan 17120 ta (yoki jamiga nisbatan 72,1%) notijrat tashkilotlari ta'lim sohasida, 2606 tasi (11,0%) notijorat tashkilotlari davlat boshqaruvi va mudofaa sohasida, 1286 ta (5,4%) notijorat tashkilotlari sog’likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish sohasida, 1136 ta (4,8%) notijorat tashkilotlari professional, ilmiy va texnik faoliyat sohasida, 565 ta (2,4%) notijorat tashkilotlari san'at, ko'ngil ochish va dam olish sohasida faoliyat ko'rsatadi. 1-rasm 2017 yilda faoliyat ko'rsatgan notijorat tashkilotlari soni tarmoqlar kesimida, birlikda
2017 yilda notijorat tashkilotlarida jami pul tushumi 37067,0 mlrd. so'mni tashkil etgan, shundan 76,9% byudjetdan, 8,7% mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan, 4,2% hukumatning maqsadli hamda byudjetdan tashqari mahsus fondlaridan, 2% a'zolik, kirish, ixtiyoriy badallar va hayr-ehson, boshqa beg’araz tushumlardan kelib tushgan. 2-rasmdan ko'rinadiki, 2017 yilda faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlari 23749 tani tashkil etgan bo'lsa, shundan 2537 tasi Samarqand viloyatida, 2378 tasi Farg’ona viloyatida, 2166 tasi Qashqadaryo viloyatida, 2027 tasi Toshkent viloyatida joylashgan.
Qishloq, o'rmon va baliq ho'jaligi sohalarida sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi 38559,6 mln.so'mni tashkil etgan bo'lib, shundan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda hizmat ko'rsatish sohasiga jami sotilagn mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining 52,2%, o'rmonchilik va yog’och tayyorlash sohasiga 41,4%, baliqchilik sohasiga 6,4% to'g’ri keladi. 0 500 1000 1500
2000 2500
3000 1714 1863 1409 1294 2166 885 1730 2537 1729 843 2027 2378 1321 1853 2-rasm 2017 yilda faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlarida sotilgan mahsulot (ishlar, hizmatlar) hajmi
Notijorat tashkilotlari tomonidan sotilgan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik mahsulotlari va bu sohalarda hizmat ko'rsatish hajmi 20130,7 mln.so'mni tashkil etgan. Sotilgan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik mahsulotlari va bu sohalarda xizmat ko'rsatishning 19% Toshkent viloyatiga, 18,8% Farg’ona viloyatiga, 15,1% Qashqadaryo viloyatiga, 11,2% Andijon viloyatiga hissasiga to'g’ri keladi.
O'rmonchilik va yog’och tayyorlash sohasida sotilgan mahsulotlar 15965,1 mln.so'mni tashkil etadi. Sotilgan o'rmonchilik va yog’och tayyorlash mahsulotlarining 17%
Buxoro viloyatiga, 13,9% Jizzax
viloyatiga,13,5% Namangan viloyatiga, 10,2% Andijon viloyatiga hissasiga to'g’ri keladi.
Baliq ovlash va akvakultura sohasida sotilgan mahsulot hajmi 2463,8 mln.so'mni tashkil etgan. Bu sohada yaratilgan mahsulotning asosiy qismi 79,0 % Toshkent viloyati hissasiga to'g’ri keladi, Toshkent shahri hissasiga 10,3%, Farg’ona viloyatiga 5,8%, Samarqand viloyatiga 2,7% to'g’ri keladi.
2017 yilda notijorat tashkilotlari tasarrufida 20743 ta avtotransport vositalari bo'lib, ulardan 20,2% Toshkent shahri, 10,7% Toshkent viloyati, 9% Samarqand viloyati hissasiga to'g’ri keladi. Avtotransport vositalari yuk avtomobillari, engil avtomobillar, pikap va engil furgonlar, mahsus avtomobillarni o'z ichiga oladi. Yuk mashinalari 14,8%, avtobuslar - 4,2%, engil mashinalar - 54,5%, mahsus avtomobillar - 26,5% ni tashkil etadi. 5-rasm 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatgan notijorat tashkilotlari tomonidan transport vositalarida tashilgan yuk hajmi Joriy yilda tashilgan yuk hajmi 9964,3 ming tonnani, yuk aylanmasi 74733,1 ming tonna/km tashkil etadi. Hududlar bo'yicha qaralganda jami yuk tashishning 23,9% Toshkent shahri, 9% Samarqand viloyati, 8,6% Toshkent viloyati hissasiga to'g’ri keladi. Yo'lovchi tashish hajmi 63254,5 ming kishini, yo'lovchi aylanmasi esa 795619,2 ming yo'l.km.ga teng. Hududlar bo'yicha qaralganda jami yo'lovchi tashishning 31,9 % Toshkent shahri, 7,2% Qoraqalpog’iston Respublikasi, 6,6% Navoiy viloyati hissasiga to'g’ri keladi. 6-rasm 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatgan notijorat tashkilotlari tomonidan yo'lovchi tashish hajmi, %da 2017 yilda notijorat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan (ko'rsatilgan) xizmatlar hajmi 4207,8 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lib, shu jumladan qishloq joylarda ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 423,2 mlrd. so'mdan iborat. Aholiga ko'rsatilgan hizmatlar hajmi 3390,5 mlrd. so'mni tashkil etadi. 6-rasm 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan (ko'rsatilgan) hizmatlar hajmi
Notijorat tashkilotlaridagi mavjud personal kompyuterlar soni 466900 tani tashkil etgan bo'lib, ularning 17,8% Toshkent shahri, 10,4% Samarqand viloyatiga, 9,2% Qashqadaryo viloyatiga hissasiga to'g’ri keladi. Mavjud personal kompyuterlarining 421529 tasi stasionar, 45371 tasi noutbuk, netbuk, planshetlar hisobiga to'g’ri keladi. Shu bilan birga ular lokal, korporativ, internet tarmog’iga ulargan. Mavjud personal kompyuterlarning 39,8% lokal hisoblash tarmog’iga, 9,7 % korporativ tarmoqqa, 79,2% internet tarmog’iga ulangan.
Notijorat tashkilotlarining mahsulot (tovarlar, ishlar va hizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumi 1759306,0 mln.so'mni tashkil etgan bo'lib, hududlar bo'yicha qaralganda Toshkent shahri 46,0%, Samarqand viloyati 9,1%, Horazm viloyati 6,4% ni tashkil etadi. 8-rasm 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlarining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlari Foyda soliqini to'lagunga qadar foyda miqdori 247911,0 mln.so'mni tashkil etgan bo'lib, hududlar bo'yicha qaralganda Toshkent shahri 53,8%, Navoiy viloyati 14,9%, Samarqand viloyati 9,4%, Jizzax viloyati 5,0% ni tashkil etadi.
9-rasm 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlarining foyda soliqini to'lagunga qadar foydasi 2017 yilda O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati 1999 yil 14 aprelda №763-I sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g’risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek halqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining, halqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolathonalari va filiallarining O'zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o'z qatnashchilari (a'zolari) o'rtasida taqsimlamaydigan o'zini o'zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shahslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishish, ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, hayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko'mak ko'rsatishi mumkin. Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo'l qo'yilmaydi. Nodavlat notijorat tashkiloti qonun bilan taqiqlanmagan hamda o'zining ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq bo'lgan faoliyatning har qanday turini amalga oshirishi mumkin.
1-rasm 2017 yilda faoliyat ko’rsatgan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi
2017 yilda faoliyat ko’rsatgan nodavlat notijorat tashkilotlari 14020 tani tashkil etadi. Shundan ta’lim va ma’rifat sohasida faoliyat ko’rsatgan tashkilotlar soni 572 ta, ijtimoiy muammolarni yechishga va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan boshqa faoliyat turlari bilan 356ta; ijtimoiy – huquqiy xizmatlar sohasida 314; hayriya faoliyati va hayriyaga ko’maklashish sohalarida 262ta; kasaba tashkilotlari a’zolarining manfaatlarini ifodalash sohasida 227 ta, yoshlarni ruhiy – ma’naviy tarbiyalashga ko’maklashish sohalarida – 185 ta, nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy reabilitasiya qilish bo’yicha faoliyat sohalarida 105 ta, ijtimoiy zaif guruhlarning moddiy farovonligini yaxshilash bo’yicha faoliyat sohasida 79 ta, madaniyat va dam olish sohalarida 65 ta, ijtimoiy-pedagogik faoliyat sohasida 53 ta, sog’liqni saqlash va kasalliklarning oldini olish sohasidagi faoliyat 50 ta, millatlararo hamkorlikni rivojlantirish, madaniyat va urf-odatlarni o’ziga xosligini saqlash sohalarida 39 ta, ijtimoiy-psixologik ko’maklashuv sohalarida 32 ta, atrog-muhitni va jonivorlarni ximoya qilish sohalarida 26 ta nodavlat notijorat tashkilotlari. 2017 yil oxiriga nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlar soni 55752 nafarni tashkil etgan bo’lib, ulardan 27915 nafari oily ma’lumotli, 25661 nafari esa o’rta ma’lumotli. Boshqaruv xodimlari soni esa 17271 nafarni tashkil etadi. Ayol xodimlar esa 16441 nafarni (29,5%) tashkil etadi. Ulardan oily ma’lumotga ega bo’lganlari 8082 nafarni, o’tra ma’lumotlilar esa 7506 nafarni tashkil etadi. 2-rasm 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining jinsi va ma’lumoti bo’yicha taqsimlanishi
3-rasm 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining yoshi bo’yicha taqsimlanishi 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlari ixtiyorida 614 ta yuk avtomobillari, 186 ta avtobus va mikroavtobuslar, 3151 ta yengil avtomobillar, 22 ta pikap va yengil furgonlar va 746 ta maxsus avtomobillar mavjud. Nodavlat notijorat tashkilotlari ixtiyorida bo’lgan yuk avtomobillarining 16,3% (100 ta) Andijon viloyati, 11,2 % (69 ta) Navoiy viloyati va 10,1% (62 ta) Xorazm viloyati xissasiga to’g’ri keladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari ixtiyorida bo’lgan
avtobus va
mikroavtobuslarning 25,3% (47 ta) Samarqand viloyati, 17,2 % (32 ta) Toshkent shaxri va 10,1% (62 ta) Xorazm viloyati xissasiga to’g’ri keladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud yengil avtomobillar soni bo’yicha: Toshkent shaxri 32,4% (1021 ta yengil mashina), Farg’ona viloyati 9,4% (296 ta yengil mashina) va Andijon viloyati 9,1% (287 ta yengil mashina). 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud personal kompyuterlar soni 25101 tani tashkil etadi. Mavjud personal kompyuterlar xududlar bo’yicha taxlil qilinganda 9430 ta personal kompyuter (jamiga nisbatan 37,6%) Toshkent shaxri, 1924 ta personal kompyuter (jamiga nisbatan 7,7%) Farg’ona viloyati, 1898 ta personal kompyuter (jamiga nisbatan 7,6%) Samarqand viloyati xissasiga to’g’ri keladi. 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud kompyuterlarning 20818 tasi statsionar kompyuterlar, 4283 tasi noutbuk, netbuk, planshetlardan iborat.
2017 yilda mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) faoliyati Mahalla azaldan milliy qadriyatlar, ezgu amallar maskani bo'lgan. Mexr-oqibat, aqillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan habar olish, to'y- tomosha, hasharu ma'rakalarni ko'pchilik bilan bamaslahat o'tkazish, yahshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo'lish kabi xalqimizga hos urf-odat hamda an'analar mahalla muhitida shakllangan. Ammo mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar sobiq ittifoq mafkurasi mahallani rasman tan olmadi, uni jamiyatni boshqarish tizimiga kiritmadi. O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 105-moddasida shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o'zini-o'zi boshqarish organlari bo'lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylanishi ko'rsatib o'tilgan. 1993 yil 2 sentyabrda O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g’risida”gi 915-HИИ sonli qonuni qabul qilindi. Bu qonun asosida fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish tushunchasi, huquqi, asosiy prinsiplari keltirib o'tilgan. 2017 yilda 8062 mahalla (fuqarolarni o'zini-o'zi boshqarish organlari) faoliyat yuritgan. Shundan Samarqand viloyatida 1086 ta mahalla (12,1%), Farg’ona viloyatida 1028 ta mahalla (11,5%), Toshkent viloyatida 1006 ta mahalla (11,2%) mavjud. Mamlakatimizda oila jamiyatning asosiy bo'g’ini bo'lib, jamiyat va davlat muhofazasiga olingan. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayralarini tashkil etadi. Jamiyat katta kichik oilalardan iborat bo'lib, bu oilalar qanchalik mustahkam bo'lsa, jamiyat va davlat poydevori ham shuncha mustahkam bo'ladi. 2017 yilda jami oilalar soni 8241865 tani tashkil etgan bo'lib, ulardan kam ta'minlanganlar oilalar soni 271285 tani tashkil etadi 1-rasm 2017 yilda viloyatlar kesimida mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) soni
Farg’ona viloyatida oilalar soni 1021,9 ming birlikni (jami oilalarga nisbatan 12,4%) tashkil etadi, ularning 32,8 mingtasi kam ta'minlangan oila hisoblanadi. Toshkent shahridagi oilalar soni jami oilalarning 9,5% ni tashkil etadi, oilalarning 0,5% kam ta'minlangan oila hisoblanadi. Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida o'rtacha 9% ni tashkil etadi. Samarqand viloyatida 17,8%, Namangan viloyatida 16% ni tashkil etadi.
2-rasm 2017 yilda oilalar va kam ta'minlangan oilalar haqida umumiy ma'lumotlar Moddiy yordam olgan oilalar soni 232,3 mingtani, 2 yoshgacha bo'lgan bolalarni parvarishlash bo'yicha nafaqa olgan oilalar soni 465,3 mingtani, 14 yoshgacha bolali oilalarga beriladigan nafaqalarni olgan oilalar soni 463,1 mingtani tashkil etadi. Moddiy yordam olgan oilalar Samarqand viloyatida 18,7%ni tashkil etgan bo'lsa, Toshkent shahrida 0,6% ni tashkil etadi. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarni parvarishlash bo'yicha nafaqa olgan oilalar Surxondaryo viloyatida 16,6% ni tashkil etgan bo'lsa, Toshkent shahrida 0,1%ni tashkil etadi. 14 yoshgacha bolali oilalarga beriladigan nafaqalarni olgan oilalar soni Qashqadaryo viloyati bo'yicha 13%ni tashkil etgan bo'lsa, Toshkent viloyatida 2,6% ni tashkil etgan. 3-rasm 2017 yilda nafaqa va moddiy yordam olgan oilalar soni haqida ma'lumot 2017 yilda mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) hodimlar soni 36536 kishini tashkil etdi.
Hodimlarning yoshi bo'yicha tahliliga nazar tashlaydigan bo'lsak, 18-29 yoshlilar hodimlar 3373 kishini (yoki jamiga nisbatan 9,2%), 30-39 yoshli hodimlar 8094 kishini (22,2%), 40-49 yoshli hodimlar 11501 kishini (31,5%), 50-54 yoshlilar 8509 kishini (23,3%), 55 yosh va undan katta yoshlilar 5059 kishini (13,8%) tashkil etadi. Hodimlarning 12018 nafari (33%) oliy ma'lumotli, 24422 nafari (67%) o'rta mahsus ma'lumotli hisoblanishadi. Boshqaruv hodimlari soni 8922 kishini tashkil etadi. 4-rasm 2017 yilda mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) dagi hodimlar soni 5-rasm 2017 yilda mahalla (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) da faoliyat ko'rsatgan hodimlar soni ma'lumoti bo'yicha 2017 yil boshiga pul mablag’lari 1101,8 mln. so'mni tashkil etgan bo'lsa, pul tushumlari 509849,6 mln. so'mdan iborat bo'lgan. Pul tushumlarining 92% byudjetdan, 4,6% hukumatning maqsadli hamda byudjetdan tashqari mahsus fondlaridan, 1,4% ihtiyoriy badallar va hayr-ehson, boshqa beg’araz tushumlar hisobiga to'g’ri keladi. Foydalanilgan pul mablag’lari 508702,0 mln.so'mni tashkil etgan bo'lib, 59,2% ish haqiga, kompensasiya va rag’batlantirish xarakteridagi to'lovlarga, 10,1% hayriya maqsadlariga, 1,8% material, tovar, ish va xizmatlarni etkazib beruvchilarga to'langan pul hisobiga to'g’ri keladi. 2017 yil oxiriga mahallalarda pul qoldig’i 2249,4 mln.so'mni tashkil etgan.
6-rasm 2017 yilda mahalla (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari)larining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlari Mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari)dagi mavjud personal kompyuterlar soni 9745 tani tashkil etgan bo'lib, ulardan stasionar kompyuterlar soni 9615 ta, noutbuk, netbuk, planshetlar soni 130 tani tashkil etadi. Jami personal kompyuterlarning 11,5% Samarqand viloyati, 11,0% Farg’ona viloyati, 9,9% Toshkent shahri hissasiga to'g’ri keladi. Internet tarmog’iga ulangan kompyuterlar soni 993 tani tashkil etadi, ularning 565 tasi (jamiga nisbatan 56,9%) Toshkent shahri, 86 tasi (jamiga nisbatan 8,7%) Navoiy viloyati, 70 tasi (jamiga nisbatan 7,0%) Farg’ona viloyati hissasiga to'g’ri keladi. Boshqa ofis texnikalari 2143 birlikni tashkil etadi. 26,9% ofis tehnikalari Toshkent shahri hisobiga to'g’ri kelgan bo'lsa, 17,3% Farg’ona viloyatiga, 11,6% Qoraqalpog’iston Respublikasi hisobiga to'g’ri kelgan.
8-rasm 2017 yilda mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) da mavjud personal kompyuterlar va ofis texnikalari to'g’risidagi ma'lumotlar hududlar kesimida, birlik Personal kompyuterlar Boshqa ofis texnikalari O'zbekiston Respublikasi 9745 2143 Qoraqalpog’iston Respublikasi 553
248 viloyatlar:
Andijon 840
0 Buxoro 600
0 Jizzax 215
48 Qashqadaryo 661
95 Navoiy 486
144 Namangan 755
97 Samarqand 1117
63 Surxondaryo 722
173 Sirdaryo 206
43 Toshkent 914
140 Farg’ona 1071
371 Xorazm 643
144 Toshkent sh. 962
577
Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling