12-laboratoriya ish Mavzu: Transpiratsiya intensivligini ajralib chiqqan suv miqdoriga qarab aniqlash. Ishning maqsadi


Download 108.04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.11.2020
Hajmi108.04 Kb.
#140614
Bog'liq
12-laboratoriya ish MavzuTranspiratsiya intensivligini ajralib chiqqan suv miqdoriga qarab aniqlash. (1)


12-laboratoriya ish 

Mavzu:Transpiratsiya intensivligini ajralib chiqqan suv miqdoriga qarab 

aniqlash. 

Ishning 

maqsadi

Transpiratsiya 

jadalligining 

mavsumiy 

tarzda 

o`zgaruvchanligi asosida  o`simliklardagi  fiziologik  jarayonlarni  tahlil qilish  va bu 



jarayonning tabiatdagi ahamiyatini o`rganish.  

Kerakli  asbob  va  reaktivlar:  1.  O`simlik  novdasi,  2.  30%  li  CoCl2  eritmasi,  3. 

filtr qog`oz, 4. qisqich, 5. buyum oynasi, 6. soat.  



Umumiy  tushuncha.  Transpirasiya  jadalligi  -    bu  1  m

2

  barg  sathidan  1  soat 



davomida  bug`latilgan  suv  grammlar  hisobidagi  miqdoridir.  Transpirasiya 

jadalligiga  yorug`likning  ta'siri  anchagina  kattadir.  Masalan,  ko`pchilik  hollarda 

yorug`likda, ya'ni kunduzi bu kursatgich 15-250 g/m2 bo`lsa, kechasi 1-20 g/m

2

 ga 



tengdir.  G`o`zada  jazirama  issiq  kunlari  transpirasiya  jadalligi  45-120  g/m

2

  soatni 



tashkil  qiladi.  Shuningdek  barglardagi  tranpirasiya  jarayonining  jadalligiga 

shamolning  ta'siri  ham  katta.  Masalan,  shamolning  tezligi  6-8  mg`soniya 

darajasigacha  transpirasiya  jadalligi  ortib  boradi,  lekin  shamol  tezligining  bundan 

ortishi uning borishiga ta'sir qilmaydi. 

Transpirasiya  jadalligiga  tuproq  qurg`oqchiligi  ayniqsa  katta  ta'sir  qiladi. 

Masalan  tuproq  namligi  79,1%  bo`lganda  g`o`za  barglarning  suvlilik  darajasi 

74,9%,  so`rish  kuchi  S=0,96  MPa  bo`lganda  transpirasiya  jadalligi  113,4  gr‘m

2

 



soat  bo`lsa,  tuproq  namligi  49,7%  bo`lgan  tuproqlarda  o`sgan  g`o`za  barglarida 

ushbu ko`rsatkichlar mos ravishda 70,5;%, S=2,36 MPa, va 53,9 gr‘m

2

.  


Transpiratsiya intensivligini aniqlashning eng oddiy va oson usullaridan biri kobalt 

xlorid  tuzi  singdirilgan  qog`oz  yordamida  aniqlashdir.  Bu  usul  kobalt  xlorid 

eritmasi singdirilgan filtr qog`oz rangining o`zgarishiga asoslangan. 30% li CoCl2 

eritmasi singdirilgan filtr qog`ozi quruq sharoitda ko`k havo rang, namli sharoitda 

esa pushti rang beradi. Shuning uchun ham CoCl2 eritmasi bilan to`yintirilgan filtr 

qog`ozi  quritgich  shkafida  quritilgach,  CaCl2  yoki  H2SO4  si  solingan 

eksikatorlarda  saqlaniladi.  Kobalt  xlorid  eritmasi  singdirilgan  qog`ozni 

transpirometr deb ataladi.  

Ishning  tartibi  va  topshiriqlar.Tajriba  boshlanishdan  avval,  transpirometr 

eksikatordan  pinset  yordamida  olinadi  va  torzion  tarozida  tortib  olinadi.  So`ngra 

esa  tajriba  uchun  ajratilgan  tabiiy  sharoitda  o`sayotgan  o`simlik  bargi  ustiga  yoki 

uning  tag  tomoniga  transpirometr  qoplanadi.  Havo  tarkibidagi  suv  bug`larining 

transpirometrga  ta`sir  qilishidan  himoyalash  maqsadida,  uning  ustiga  buyum 

oynasi qo`yiladi va qisqich bilan siqib qo`yiladi.  

Tajriba 10-15 daqiqa davomida olib boriladi. Mo`ljaldagi vaqtning tamom bo`lishi 

bilan  qisqichlar  olinadi  va  transpirometr  torzion  tarozida  tortilib,  uning  og`irligi 

aniqlanadi.  

Transpirometr  og`irligi,  klimatik  sharoitga  qarab,  har  xil  miqdorda  o`zgarishi 

mumkin. Shu transpirometr yuzasiga qarab, barg sathi topib olinadi va shu asosda 

transpiratsiya  intensivligi  aniqlanadi.  Tajribadan  olingan  ma`lumotlar  yuqoridagi 

jadvalga yozib olinadi va ulardan xulosa qilinadi. 

Nazorat savollari. 

1.  Tranpiratsiya xillari va biologik roli. 



2.  Tashqi muhit omillarining suv almashinuviga ta’siri. 

3.  Fiziologik qurg`oqchilik nima? 

4.  O`simliklardagi qaysi jarayonlar suvning kirishiga ta’sir qiladi? 

Vazifa. 

1. Transpiratsiya intensivligini ajralib chiqqan suv miqdoriga qarab aniqlash. 

2.  Tajribadan  olingan  ma`lumotlar  yuqoridagi  jadvalga  yozib  olinadi  va  ulardan 

xulosa qilinadi. 



 

Document Outline

  • ‎C:\Users\User\Desktop\Ўсимликлар физиологияси\12-labarotoriya.docx‎

Download 108.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling