12-ma’ruza biomassani qayta ishlashdagi kimyoviy jarayonlar. Reja
Download 210.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq12-MA’RUZA
12-MA’RUZA Biomassani qayta ishlashdagi kimyoviy jarayonlar. REJA: 12.1. Organik chiqindilarni biokimyoviy qayta ishlash. 12.2. Anaerob biomassasini qayta ishlash tizimi. 12.1. Organik chiqindilarni biokimyoviy qayta ishlash. Biokimyoviy ishlov berishda organik chiqindilarning parchalanishi anaerob (an-inkor etish+gr. aer – havo) bakteriyalarning hayotiy faoliyati natijasida yuzaga keladi. Bunday bakteriyalar odatda botqoqlarning pastki qismida yoki havo kirish imkoni bo'lmagan boshqa joylarda bo'ladi va ularning faoliyati natijasida organik moddalar biogaz chiqishi bilan birga ajralib chiqadi. Har xil moddalar va chiqindilarni anaerob bakteriyalari hisobiga qayta ishlash jarayonida hosil bo'lgan biogazning (12.1.1-jadval) 50-70% metan, 30-45% karbonat angidrid, 1-2% vodorod sulfid, shuningdek vodorod, ammiak, azot oksidlari va gazlaridan iborat bo'ladi. Uning yonish issiqligi taxminan 22-27 MJ/kg ni tashkil qiladi. Turli xil xomashyolardan biogaz olish 12.1.1-jadval. Xomashyo 1 kg quruq moddadan biogas Gazdagi metan miqdori, % hosil bo'lishi, l/kg Xashak 630 70 daraxt barglari 210-294 59 qarag'ay daraxtining ignalari 37 69 kartoshkaning yer sirtidagi 420 60 qismi makkajo'xori poyasi 420 53 somon 615 62 bug'doy somoni 342 58 zig'ir somoni 359 59 kungaboqar po'stlog'i 300 60 qoramol qattiq go'ngi 200-300 60 somon va ot go'ngi 250 56-60 uy-ro'zg'or chiqindilari 600 50 najas cho'kindilari 2150-312 60 chiqindi suvlarining qattiq 570 70 qoldig'i Kichik qurilmalar yordamida olingan biogaz to'g'ridan-to'g'ri past bosimli gaz sifatida yoqiladi, gaz tarkibida karbonat angidrid va vodorod sulfidining mavjudligi sababli yoqilg'i uskunalari tez korroziyaga uchrashi mumkin. Katta qurilmalarda, shuningdek, uy-joy kommunal va sanoat iste‘molchilari uchun biogaz yetkazib beradigan chiqindilarni qayta ishlash zavodlarida gazni ishlab chiqarishda aralashmalardan tozalanadi. Gaz tarkibidagi metan miqdori 99,8% gacha, yonish issiqligi esa 37,3 MJ/kg gacha yetadi. Tozalangan metan maxsus rezervuarlarga yig'ilib, undan gaz quvurlari orqali iste‘molchilarga yetkazib beriladi. Download 210.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling