12-ma’ruza. Ekouylarni konstruksiyalari Ma’ruza rejasi Ekouylarni konstruksiyalari
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
12 - Ma\'ruza
12-ma’ruza. Ekouylarni konstruksiyalari Ma’ruza rejasi Ekouylarni konstruksiyalari Ekouy qurilishida ko‘pgina an’anaviy konstruktiv yechim va materiallar qo‘llash mumkin. Uyning bosh qismi – bu uning korpusi. Uy korpusining asosiy vazifasi – qulay sharoitli yetarli turar –joy hajmini ta’minlash. Korpus mexanik jihatidan mustahkam, uzoq umr ko‘rishi va binoda issiqlik tejamkor saqlanib turilishi lozim. Interer. Ekouyning bezashni ishlab chiqish va yaratishda asosiysi –bezash uchun tabiiy, ekologik sof materiallardan foydalanish. Xuddi shuning o‘zi santexnik, oshxona va boshqa jihozlarga tegishli. Ekouyning tarixiy yechimlari o‘zining alohida xuusiyatlariga ega, ular maxsus muxandislik jihozlash variantlari hamda tavsiya qilingan ichki devorlar (xonalararo), buferli mintaqalar, mansardalar va boshqa konstruksiyalar bilan to‘g‘ri bog‘langan bo‘ladi. Ichiga qurilgan mebel tavsiya qilinadi, shkaflarni shimoliy devorlar bo‘ylab joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanib, bunday joylashtirish issiqlik himoyani oshiruvchi qo‘shimcha mintaqalarni paydo qilishga xizmat qiladi. Ekouy korpusinig oddiy uydan farqli jihati, bu uyga issiqlik sarflash bo‘yicha nisbatan yuqori talablar qo‘yiladi. Uy korpusini shunday materiallardan tayyorlash zarurki, ular issiqlik yo‘qotish miqdorini maksimal darajada pasaytirishlari hamda yozda (kunduzi) to‘plangan issiqlik butun qishga (tungga) yetishini ta’minlashi zarur. Buning uchun binoni to‘suvchi konstruksiyalarining issiqlik qarshiliklari R=6 (m. kv. gr. selsiy/vatt) dan kam bo‘lmasligi kerak. Binoning issiqlik himoya samarasini oshirish uchun sovuq xonalardan bufer mintaqalar perimetri bo‘yicha o‘rnatiladi: janubiy tomondan issiqxona, ayvon, garaj, ustaxona, qishki omborlar va boshqa yordamchi xonalar loyihalanadi. Ekouyda issiqlik saqlash uchun asosiy e’tiborni deraza, eshik va kiraverish konstruksiyalarining issiqlik samaradorligiga qaratish lozim. 2.42 – rasmda an’anaviy uyning turli to‘suvchi konstruksiyalari orqali issiqlik yo‘qotishi ko‘rsatilgan. 1. Qurilishda ananaviy konstruktiv yechimlar. 2. Interer 3. Ekouy korpusining oddiy uydan farqli jihati 2.41 –rasm. Uyning turli to‘suvchi konstruksiyalar orqali issiqlik yo‘qotishi. 2.42 - rasm. Quyosh qurilmali uy arxitekturasi. 2.44 –rasmda ekouynig tashqi o‘rnatish asosiy elementlari ko‘rsatilgan. Ularga: janubiy tomondagi issiqxona, shimoliy tomondan qurilgan bufer mintaqalar vazifasini bajaruvchi texnik xonalar (garaj, ustaxona), oynavandlangan ayvonlar (g‘arbdan yoki sharqdan) kiradi. Ekouy janubga yo‘naltirilgan, bu passiv quyosh isitishdan maksimal foydalanish imkonini beradi. Tomda (yoki uydan tashqarida, muayyan sharoitlarga qarab) quyosh batareyalari, quyosh kollektorlari (havoli va suvli) joylashtiriladi. 2.43 –rasm. Kottedjli ekouy – arxitekturasi. Tashqi ko‘rinishi va tarhi. (A. Nikitin loyihasi) Ekouy bufer mintaqalarga ega bo‘lganligi sababli tejamkor yoritishni ta’minlash uchun ularga derazalardan tashqari oddiy yorug‘lik kanallari o‘rnatiladi. Uyni isitish davriy bo‘lganligi sababli (quyosh-kunduzi, pechni sutkasiga bir marta yoqish), uyda doimiy haroratni saqlab turish uchun issiqlikning ichki akkumlyatorlari zarur. Akkumlyatorlar o‘ziga ortiqcha issiqlikni yig‘ib, saqlab, yetishmagan paytida, uyni issiqlik inersiyasini ta’minlab, issiqlik chiqara boshlaydi. (2.45-rasm) Bino konstruksiyalarining issiqdan himoya qatlamlari, ekouy korpusini turli konstruksiyalarida isitish sistemasining har xil variantlari ko‘rsatilgan. 2.44. –rasm. Ekouy qanday isitilishi lozim. Issiqlikdan himoya sxemasi. 2.45 -rasm. Turli issiqlik himoya materiallari bilan uyni himoyalash. 2.46.– rasm. Binoning pol, sokol devor konstruksiyalari va poydevorlari orqali issiqlik yo‘qotishlar. Mavzuni jonlashtirish uchun blis so‘rov savollari 1. Ekouy korpusining oddiy uydan farqi nimada? 2. Uyning turli to‘suvchi konstruksiyalari orqali issiqlik yo‘qotilishi sxemasini chizib bering. 3. Quyosh qurilmali uy sxemasini tasvirlab bering. 4. Kottejli ekouy arxitekturasi. 5. Binoning pol, sokol devor konstruksiyalariva poydevorlari orqali issiqlik yo‘qotishlar. 6. Ekouylarni konstruksiyalari. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling