12-ma’ruza. Elektron ta’limni boshqaruv tizimi moodleda kurs yaratish reja
Download 0,87 Mb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu (1)
Глоссарий elementi foydalanuvchilarga lug‘atga xos bo‘lgan ta’riflar ro‘yxatini
yaratishga va ishlatishga yoki resurslar va axborotlarni yig‘ish va tartiblashtirishga ruxsat beradi. O‘qituvchi Глоссарий yozuvlariga fayllarni joylashtirishga ruxsat beradi. Joylashtirilgan fayllar yozuvda tasvirlanadi. Yozuvlarni izlash va ko‘rish alfavit, kategoriya, sana yoki muallif bo‘yicha amalga oshiriladi. Yozuvlar jimlik qoidasiga ko‘ra yoki o‘qituvchi tomonidan ma’qullangan bo‘lishi lozim. Agar Глоссарийda avtobog‘lovchi filtr o‘rnatilsa, u holda yozuv kursda shu termin uchraydigan so‘z yoki ibora bilan avtomatik tarzda bog‘lanadi. O‘qituvchi yozuvlar uchun izohlar kiritishga ruxsat beradi. yozuvlar o‘qituvchi yoki talabalar tomonidan (teng huquqli baholash) baholangan bo‘ladi. Ballar baholar jurnalidagi oxirgi bahoni berishi uchun yig‘ilib boriladi. Глоссарий quyidagi holatlar uchun qo‘llaniladi: ❖ Kalit so‘zlar bankida; ❖ Tanishish uchun, unda talabalar o‘zlarining ismlari va ma’lumotlarini kiritishadi; ❖ Amaliy tajribalarni almashish uchun “Foydali maslahatlar” resursida; ❖ Video, tasvir va ovozli Fayllarni saqlashda; ❖ Eslashni talab etadigan faktlarni tekshirish uchun.
shaklda joylashtirishga ruxsat beradi. O‘qituvchi bir nechta sahifalardan tashkil topgan ma’ruzaning chiziqli sxemasini yoki o‘quvchi uchun turli yo‘l va variantlardan iborat daraxtsimon sxemani ishlatishga ruxsat beradi. Ixtiyoriy holatda ham o‘quvchilar tushunishi va ularni nazorat etishni osonlashtirish uchun o‘qituvchilar Ko‘p uchraydigan tanlov, Moslikka xos
110
va Qisqa javob kabi savollarni ishlatishi mumkin. Talaba tomonidan tanlangan javob va urinishlarga bog‘liq holda talabalar boshqa sahifaga o‘tishi, oldingi sahifaga qaytishi yoki boshqa yo‘lga yo‘naltirilishi mumkin. Лекция baholanadi, baholar baholash jurnaliga yoziladi. Лекция quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: ❖ Yangi mavzuni mustaqil o‘rganishda; ❖ Echimlarni modellashtirish/qabul qilish bo‘yicha ssenarilar yoki mashqlar uchun; ❖ Nazoratlarni farqlash uchun.
tanlash imkon beradi. So‘rov natijalari talabalar javobidan keyin, aniq sanadan keyin yoki umuman ko‘rsatilmasligi mumkin. Natijalar talabalar ismi bilan yoki yashirin tarzda beriladi. So‘rov quyidagi hollarda ishlatiladi: ❖ Mavzuni tanlash uchun tezkor ovoz berishda; ❖ Tushunchalarni tezkor tekshirishda; ❖ Echimlarni qabul qilishda talabalarni jalb etish uchun. Masalan, talabalarga kurs yo‘nalishi haqida ovoz berishga ruxsat beriladi. SCORM paketi o‘zida o‘quv ob’ektlari uchun kelishilgan standartlar bilan mos holda yig‘ilgan Fayllar to‘plamini tasvirlaydi. SCORM moduli kursga arxiv ko‘rinishida yuklanadigan SCORM yoki AICC paketlarini qo‘shishga ruxsat beradi. Uning tarkibi sahifalarni bog‘lovchi bir nechta sahifalardan tashkil topadi. Uning tarkibini namoyish etishning bir nechta variantlari mavjud: suzuvchi oynada, mundarija bilan, Навигация tugmalari orqali va b. SCORM paketi, odatda, savollardan iborat bo‘lib, javoblarga qo‘yilgan baholar baholash jurnaliga kiritiladi. SCORM paketi multimediya vositalari va animatsiyalarni namoyish etish hamda bag‘olash vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Download 0,87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling