foydalanuvchilar uchun kursning ochiqligi yoki yopiqligini aniqlash va boshqa vazifalarni
Funksiyalarga kerakli ma’lumotlar kiritilgandan keyin Сохранить tugmasi bosiladi va
107
Kurs resurslari
Kursga quyidagi resurslarni qo‘shish mumkin:
“Гиперссылка” resursi o‘qituvchiga veb-havolani kurs resursi sifatida qo‘yish imkonini
beradi. Havola Internetda mavjud bo‘lgan ixtiyoriy resurs bilan bog‘lanishi mumkin (masalan,
hujjatlar va tasvirlar). Havola sayt bosh sahifasi bilan bog‘lanmasligiga e’tibor qaratish kerak,
ya’ni aniq veb-sahifa manzilini ishlatish muhim.
Havolani sahifaga bog‘langan yoki yangi oynada ochiladigan variantlari ham mavjud.
Sahifa uchun zarur hollarda axborot uzatish, masalan talaba ismini yuborish mumkin.
Yana shuni qayd etish kerakki, URL-manzillar resursning ixtiyoriy boshqa turiga yoki
faol elementga matn muharririni qo‘llab, bog‘lanishi mumkin.
“Kitob” resursi kitobga o‘xshash, bob va qismiy boblardan iborat ko‘p sahifali resurs
yaratishga mo‘ljallangan. Kitob media-Fayllar hamda bo‘limlarga ajratilgan uzun matnli
axborotlardan tashkil topishi mumkin.
Kitob quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin.
o
O‘rgatiladigan materialni alohida bo‘limlar bo‘yicha tasvirlash uchun
o
Spravochnik sifatida
o
Talabalar bajargan ishlarning portfoliosi
Do'stlaringiz bilan baham: