12-ma`ruza. Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish
Reja.
- Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari haqidagi axborotlar turlari.
- Hisobot va referatning tuzilishi va mazmuni.
- Ilmiy maqola va monografiya
- Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari haqidagi axborotlar turlari.
Bugungi kunda tadqiqotchi ixtiyorida turli daraja va miqyosga ega bo‘lgan axborot texnologiyasi tizimlari va manbalari mavjud. Asosiylari quyidagilardan iborat:
- Ilmiy axborotni ishlab chiqarish va saqlash tizimi-ilmiy-texnik axborot markazlari, ixtisoslashgan axborot resursi muassasalari. Bularda ilmiy yutuqlar, yangi natijalar, ixtirolar, ilmiy va texnologik loyihalar axborot shakliga keltiriladi va saqlanadi.
- Axborot mahsuloti – chop etilgan, resurs markazlarida to‘plangan, internet saytlariga o‘tkazilgan axborot majmuasi (ilmiy hisobotlar, to‘plamlar, monografiyalar, loyihalar).
- Axborot texnologiyasi tizimlari. Bu soha ilmiy axborotlarni tarqatish bo‘yicha ixtisoslashgan tizim bo‘lib, uning tarkibiga zamonaviy axborot va aloqa texnologiyasiga ega bo‘lgan ilmiy muassasalar, axborot resurslari, nashriyot, referativ qaydnomalar va ekspress-jurnallar kiradi.
- Ilmiy axborot kommunikatsiyasi. Turli ilmiy markazlar internet yoki maxsus aloqa kanallari orqali muntazam ilmiy aloqalar o‘rnatadilar, anjuman va masofaviy ilmiy muloqot o‘tkaziladi.
Axborotni hujjatli manbalari. «Ilmiy axborot manbai» deb biron – bir ma’lumot mavjud bo‘lgan hujjat tushuniladi. Hujjat maqomiga ega bo‘lgan manbada ilmiy va amaliy faoliyatda foydalaniladigan ma’lumotlar saqlanadi.
Hujjatli ilmiy axborot birlamchi va ikkilamchi manbalarda mavjud bo‘ladi. Birlamchi hujjatli manbalarda yangi ilmiy va maxsus ma’lumotlar saqlanadi, ikkilamchi manbalarda esa birlamchi hujjatlarni qayta ishlashda hosil bo‘lgan ma’lumotlar (masalan, katalog, lug‘at, tahliliy umumlashtiruvchi referativ to‘plamlar va boshqalar) qayd etiladi.
Birlamchi hujjatli axborot manblari:
- Kitoblar, monografiyalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalar.
- Davriy matbuot nashrlar – jurnallar, byulletenlar, ilmiy to‘plamlar.
- Ilmiy tadqiqotlar va tajribaviy konstruktorlik ishlar haqidagi hisobotlar.
- Me’yoriy hujjatlar, standartlar, texnikaviy yo‘riqnomalar, jadvallar.
- Ixtisoslashgan ilmiy-texnik katalog va preyskurantlar.
- Patent hujjatlari.
- Informatsiyaviy nashrlar, ekspress-axborot.
- Xorijiy ilmiy-texnikaviy adabiyotlar, asl nusxalar va tarjimalar.
- Ilmiy anjuman materiallari.
Do'stlaringiz bilan baham: |