Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash
Download 34.99 Kb.
|
ILMIY KASHFIYOTLAR, IXTIROLAR VA LITSENZIYALASH
ILMIY KASHFIYOTLAR, IXTIROLAR VA LITSENZIYALASH “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuni 06.05.1994-yilda qabul qilingan va mazkur qonunga 30.07.2008 da o‘zgartirish kiritilgan. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasidagi ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Sanoat mulki obektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa hujjatlardan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi sanoat mulki obektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Patent idorasi sanoat mulki obektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo‘yicha davlat ekspertizasini o‘tkazadi, ularni davlat ro‘yxatiga oladi, sanoat mulki obektlariga patentlar beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, sanoat mulki obektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishiga doir qoidalar qabul qiladi va tushuntirishlar beradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi: – ilmiy nazariyalar va matematika usullari; – tashkil etish va boshqarish usullari; – shartli belgilar, jadvallar, qoidalar; – aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari; – elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar; – binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari; – estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, buyumlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid echimlar; – integral mikrosxemalarning topologiyalari; – o‘simlik navlari va hayvon zotlari; – jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar. Download 34.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling