Fizika darslarida amaliy va laboratoriya topshshiriqlarni bajarish usullari o‘quv kursining Elektr bo‘limiga doir topshiriqlarni bajarish usullari mavzusidan ma’ruza matni


Download 86.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana04.11.2023
Hajmi86.27 Kb.
#1747083
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ZmfeKWptIvmpLu7V8uLmfHFHUSqW8iGuX1Hw91vC



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
 moduli bo‘yicha  
 
 
Fizika darslarida amaliy va laboratoriya topshshiriqlarni bajarish 
usullari o‘quv kursining 
Elektr bo‘limiga doir topshiriqlarni bajarish usullari
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Xamidova Zaynura Ramazonovna 
Toshkent 2021 
 


4-Mavzu: Elektr bo‘limiga doir topshiriqlarni bajarish usullari 
 
Reja: 
1. Elektr bo‘limiga doir qisqacha tushuncha 
2. Elekrt tokini tushuntirishning samarali usullari
3. Elektr bo‘limiga doir topshiriqlarni bajarish usullari 
Elektromagnit hodisalarni o‘rganamiz. 
Eramizdan avvalgi VII asrda grek faylasufi Fales Miletskiy to‘quvchi ayollar 
qahraboni jun matoga ishqalaganda ba’zi bir yengil jismlarni torta olish 
xususiyatiga ega bo‘lib qolishini payqaganliklarini yozgan edi. Undan bir necha 
ming yillar keyin ingliz olimi Jilbert, shisha tayoqchani teriga ishqalaganda uning 
xuddi shunday xususiyatga ega bo‘lib qolishini aniqladi. Ishqalaganda ana shunday 
xususiyatga ega bo‘lib qoladigan jismlar zaryadlangan jismlar deb ataladi. 
Elektrlangan so‘zi grekcha elektron (ya’ni qahrabo) so‘zidan olingan. Yana jismlar 
ishqalanganda ikki tur zaryadga ega bo‘lib qolishi ma’lum bo‘lgan. Shisha 
tayoqchani ipak matoga ishqalanganda shisha tayoqchada hosil bo‘ladigan 
zaryadni musbat zaryad, qahrabo tayoqchani junga ishqalanganda qahrabo 
tayoqchada hosil bo‘ladigan zaryadni manfiy zaryad deb atash, shartli ravishda 
qabul qilingan. Jismlar musbat va manfiy zaryadlardan iborat bo‘lib, undagi 
zaryadlar miqdor jihatidan teng bo‘ladi. Musbat zaryadlangan jismlarda musbat 
zaryad ko‘proq, manfiy zaryadlangan jismlarda esa manfiy zaryad biroz ko‘proq 
bo‘lar ekan. Ikki neytral jism bir – biriga ishqalanganda, ular teng miqdorda, biri 
musbat, ikkinchisi esa manfiy zaryadlanadi. Bundan shunday xulosaga kelish 
mumkin: zaryadlar paydo bo‘lmaydi ham, yuqolmaydi ham, balki bir jismdan 
ikkinchi jismga yoki jism ichida bir qismdan ikkinchi qismga ko‘chadi. Bu xulosa 
zaryadlarning saqlanish qonuni deb ataladi. Zaryadlangan jismlardagi zaryad 
miqdori elektroskoplarda aniqlanadi. Elektroskoplar metall korpusdan iborat 
bo‘lib, ikki tomoni shisha bilan chegaralangan. Metall sterjen ebonit probka orqali 
korpusdan ichkariga kiritilgan. Sterjenning uchiga metall yaproqchalar 
biriktirilgan. Sterjenning tashqaridagi uchiga zaryadlangan jism tekkizilsa, 
yaproqchalar ochiladi. Yaproqchalarning 7 ochilish kattaligiga qarab zaryadlangan 
jism zaryadining qanchalik ko‘p yoki kamligini bilish mumkin. 
Jismlar ikki turga bo‘linadi: o‘tkazgichlar va dielektriklar. Elektr zaryadi 
butun hajmi bo‘yicha ko‘chib yuradigan jism o‘tkazgich deb ataladi. Dielektrik 
bunday emas, zaryad dielektrikning qayeriga kiritilsa, o‘sha yerida qoladi. Hamma 
metallar, kislota, tuz ishqor aralashmalari, eritilgan tuz, qizdirilgan gaz va 
hokazolar o‘tkazgichlardir. Qahrabo, shisha, kauchuk, yog‘, mum, slyuda, ebonit, 
gazlar (normal temperaturadagi) – dielektriklardir. Umuman aytganda, bu 


jismlarning ikki turga bo‘linishi shartli hisoblanadi. Jismlarning elektr o‘tkazishi 
atrof muhitga bog‘liq. Masalan, yuqori temperaturada gazlar o‘tkazgichga 
aylanadi. 
Zaryadlarning o‘zaro ta’sir qonuni elektrostatikaning asosiy qonunidir. Bu 
qonunni Kulon 1785 yilda tajribada aniqladi. Eng avval biz nuqtaviy zaryadlar 
bilan ish ko‘raylik, chunki zaryadlar orasidagi ta’sir kuchi ularning o‘lchamlariga 
ham bog‘liq. Nuqtaviy zaryadlar deb, shunday zaryadlangan jismlarga aytiladiki, 
ularning o‘lchamlari ular orasidagi masofaga nisbatan ancha kichik bo‘ladi. Har 
qanday zaryad o‘z atrofida maydon hosil qiladi. Tinch turgan zaryadlarni o‘rab 
olgan fazoda hosil bo‘ladigan maydon elektrostatik maydon deb ataladi. 
Zaryadlarning har biri fazoda o‘z atrofida maydon hosil qiladi va bu maydon 
ikkinchi zaryadga ma’lum kuch bilan ta’sir qiladi. Elektrostatik maydon 
materiyaning maxsus turidir, u orqali bir elektrlangan jismning ta’siri boshqalariga 
uzatiladi. Nuqtaviy zaryadlarning ta’sir qonunini Kulon burama tarozi yordamida 
o‘tkazilgan tajriba orqali aniqlanadi Bu tarozining tuzilishi quyidagicha. Katta 
shisha idish ichida ingichka simga shisha shayin osib qo‘yilgan. Shisha shayinning 
bir ichida m metall sharcha oyoqchaga qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan. Ikkala 
sharchani tashqaridan zaryadlash mumkin. Ular orasidagi masofa shayin osilgan 
simning ikkinchi uchi biriktirilgan tarozi kallagini burash yo‘li bilan o‘zgartiriladi. 
Sharchalar zaryadlanganda zaryadlari bir xil ishorali bo‘lsa, itariladi, har xil 
ishorali bo‘lsa, tortiladi va natijada m sharchali shayin biror burchakka buriladi. 
Tarozi kallagini burash bilan m sharchani dastlabki vaziyatga keltirish mumkin. 
Bunda simning buralish momenti m sharchaga ta’sir qiluvchi elektr kuch 
momentiga teng bo‘ladi. Agar ip darajalangan bo‘lsa, kallakning buralish 
burchagiga ko‘ra kuch momentini aniqlash, shayin uzunligini bilgan holda esa 
sharchalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchini topish mumkin bo‘ladi.
Elektrostatik maydonni ko‘raylik. Elektrostatik maydon deganda, biz 
qo‘zg‘almas zaryad hosil qiladigan maydonni tushunamiz. Har qanday zaryad o‘z 
atrofida maydon hosil qiladi. Bu maydonga birorta boshqa zaryad kiritilsa, unga 
maydon hosil qilayotgan zaryad, Kulon qonuniga asosan, ma’lum kuch bilan ta’sir 
etadi. Kiritilgan zaryadni sinash zaryadi deb ataladi. Sinash zaryadi shunday tanlab 
olinadiki, u maydonni hosil qilgan zaryadning kattaligini ham, o‘rnini ham 
o‘zgartirmaydi, ya’ni juda kichik qilib olinadi. Mana shu maydonning ma’lum 
nuqtasiga joylashtirilgan nuqtaviy sinash zaryadiga, Kulon qonuniga ko‘ra, shu 
zaryad kattaligiga proporsional kuch ta’sir etadi. Demak, bu kuch maydonning 
xarakteristikasi bo‘la olmaydi. Elektrostatik maydonni xarakterlash uchun maydon 
kuchlanganligi degan kattalik kiritiladi. Maydonning muayyan nuqtasidagi 
kuchlanganligi deb, shu nuqtaga joylashtirilgan birlik musbat zaryadga shu 


maydon tomonidan ta’sir etayotgan kuch tushuniladi. Maydon kuchlanganligining 
yo‘nalishi shu ta’sir etayotgan kuch yo‘nalishida bo‘ladi.
1. Zaryadlangan cheksiz tekislikning elektr maydoni. Zaryadlangan cheksiz 
tekislikning elektr maydonini ko‘ramiz. Undagi zaryadning sirt zichligi σ bo‘lsin. 
Bunday tekislikning kuchlanganlik chiziqlari ikki tomonga yo‘nalgan bo‘lib, 
tekislikka perpendikulyar joylangandir. 
2. Qarama – qarshi zaryadlangan o‘zaro parallel ikki cheksiz tekislikning 
elektr maydoni. Qarama – qarshi zaryadlangan ikkita cheksiz tekislikdan iborat 
sistemani qaraylik. Ular bir – biriga parallel joylashgan bo‘lib, sirt zaryad 
zichliklari σ ga teng. 
3. Tekis zaryadlangan sferik sirtning elektr maydoni. Bizga sferik sirt 
berilgan bo‘lsin. uning radiusi R sirt zaryad zichligi σ va umumiy zaryadi +q ga 
teng deb olaylik. 
a) Sferik sirtning tashqarisidagi maydon kuchlanganligi sferik sirtning 
tashqarisidagi maydon kuchlanganligi sirt markaziga joylashtirilgan xuddi shunday 
kattalikdagi nuqtaviy zaryad hosil qiladigan maydon kuchlanganligi kabi bo‘ladi.
b) Sferik sirt ichidagi maydon kuchlanganligi. 
Elektr va magnetism bo‘limiga doir asosiy tushunchalar 

Download 86.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling