Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash
Ilmiy kashfiyotlar. Kashfiyot obektlari. Kashfiyotni aniqlash tartiblari
Download 34.99 Kb.
|
ILMIY KASHFIYOTLAR, IXTIROLAR VA LITSENZIYALASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
- Kashfiyotni aniqlash bosqichlari Amalga oshiriladigan ishlar
Ilmiy kashfiyotlar. Kashfiyot obektlari. Kashfiyotni aniqlash tartiblari.
“Ishlab chiqarish texnikasi yoki yangi jarayon ko‘rinishidagi texnik o‘zgarishlar texnik ixtirolar va kashfiyotlarni ta’riflash uchun ishlatiladi. Bunday kashfiyotlar ishlab chiqarish va xarajatlarni firma va sanoat tarmoqlari darajasida o‘zgartirishi mumkin. Soluning neoklassik o‘sish modelida texnologik rivojlanish kashfiyotlar tufayliligiga to‘xtalib o‘tilgan. Texnologik jarayonning bir nechta pog‘onaga ega ekanligiga ham batafsil to‘xtalib o‘tilgan”1. Kashfiyot deb bilim darajasiga tubdan o‘zgartirish olib kiradigan ilgari noma’lum bo‘lgan, ammo obektiv mavjud moddiy nuqtaning hodisa, xossa va qonuniyatlarini tushuntirib beruvchi ta’limotga aytiladi. Kashfiyotni himoya qilish maqsadi: • Ilmiy mazmun ishonchliligini tasdiqlash uchun; • Muallif va davlat ustunligini o‘rnatish; • Kashfiyot muallifining xususiyatlarini tan olish va unga tegishli imtiyozlar berish; • Kashfiyot bilan bog‘liq ilmiy-texnologik masalalarni hal qilishda ko‘maklashish; • Fan va texnikada, foydalanish uchun kashfiyotlarni davlat tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinishi va hisobga olinishi. “EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Kashfiyotlarni aniqlash bosqichlari
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 06.05.1994-yilda qabul qilingan va 05.04.2002 va 30.08.2002-yillarda o‘zgartirishlar kiritilgan. Ushbu Qonun EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularning huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni O‘zbekiston Respublikasida tartibga soladi. Qoraqalpoiston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar Qoraqalpoiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonun EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazalarini mualliflik huquqi obektlari sirasiga kiritadi. Vazifasi va afzalliklaridan qat’i nazar, obektiv shaklda ifodalangan, bosib chiqarilgan hamda bosib chiqarilmagan, muallif (hammualliflar) ijodiy faoliyatining natijasi bo‘lgan, EHM uchun yaratilgan har qanday dastur va ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi tatbiq etiladi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik huquqi aksi isbotlanmagunga qadar saqlanib qolaveradi. Download 34.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling