12-Ma'ruza. Legirlangan maxsus po’latlar Reja


Sementitlanadigan konstruksion po‘latlar


Download 196 Kb.
bet3/12
Sana05.01.2022
Hajmi196 Kb.
#234546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-Ma'ruza. Legirlangan maxsus po’latlar

Sementitlanadigan konstruksion po‘latlar. Dinamik kuch ostida ishlaydigan va ustki yuzalari ishqalanib yeyiladigan detallar kam uglerodli po‘latdan (С<0,2%) yasaladi. Ular sementitlanib, so‘ngra toblanadi va past bo'shatiladi. Bunda sirtqi qatlamlari yetarlicha qattiq bo‘ladi – HRC=60 (o‘zagi qattiqligi esa – HRC = 20-40).

Agar legirlangan po‘latlar sementitlanib, toblansa, o‘zagi ko‘shimcha puxtalanadi. Qancha ko‘p legirlangan bo‘lsa, shuncha ko‘p puxtalanadi.

O‘zagining puxtalanish darajasiga qarab bu po‘latlar 3 guruhga bo‘linadi.

Birinchi guruhga uglerodli po‘latlar (08; 10; 15; 20) kiradi. Bulardan faqat yeyilishga ishlaydigan detallar, o‘zagining puxtaligi katta ahamiyatga ega bo‘lmagan detallar yasaladi. Mayda detallar uchun.

Ikkinchi guruhga kam legirlangan xromli po‘latlar kiradi: 15X; 20X. Bulardan ishqalanishga ishlaydigan va o‘zagi puxtaligi yuqori bo‘lishi talab qilinadigan detallar yasaladi. Agar ozgina vanadiy qo‘shilsa (15ХФ), zarrachalar maydalashib, plastikligi va uyushqoqligi ortadi.

Uchinchi guruhga bunday po‘latlar tarkibiga nikel qo‘shiladi. Bunday po‘latlardan zarbiy kuchlarga ishlaydigan va ko‘ndalang kesimi katta xamda murakkab shaklda bo‘lgan yoki qarama-qarshi kuchlanishda (+; -) ishlaydigan detallar yasaladi: 20ХН; 12ХН3А; 12Х2Н4А. Nikel o‘rniga titan qo‘shilsa ham bo‘ladi: 18ХГТ.

Agar volfram yoki molibden qo‘shilsa (12Х2Н4ВА; 18Х2Н4В4) toblanish qalinligini oshiradi.


Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling