12-Ma'ruza. Legirlangan maxsus po’latlar Reja


Download 196 Kb.
bet5/12
Sana05.01.2022
Hajmi196 Kb.
#234546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-Ma'ruza. Legirlangan maxsus po’latlar

12.2. Olovga bardosh po‘latlar.
Metall konstruksion materiallarni ishlatish va ulardan foydalanish (eksplutatsiya) davrida yuqori haroratlarda qizdirilganda agressiv muhitda kimyoviy reaksiyaga kirishadi va yemiriladi.

Yuqori haroratlarda uzoq vaqt qizdirilganda uncha oksidlanmaydigan – ya’ni kuyundi hosil qilmaydigan metallar (po‘latlar) olovbardosh metallar (po‘latlar) deb ataladi. Olovbardoshlik bu yuqori haroratlarda zanglamaslik desa ham bo‘ladi.

Temir va po‘latni olovbardoshligini ularni xrom, alyuminiy va kremniy bilan legirlash bilan oshiriladi. Temir va po‘latni butun hajm va yuzasini legirlashda eng ko‘p qo‘llaniladigani xrom va uning miqdori 30% gacha yetadi. Po‘lat tarkibida xrom miqdorini ortishi bilan, hamda haroratning ko‘tarilashi va unda ushlab turish vaqtini ortishi bilan oksidda xrom miqdorini ko‘paytiradi. Temirni legirlangan oksidi xrom oksidi bilan almashadi, bu olovbardoshlikni oshiradi.

Po‘latda qancha xrom ko‘p bo‘lsa shuncha yuqori haroratda ishlatsa bo‘ladi,undan foydalanish vaqti ham uzoq bo‘ladi. Olovbardoshlik po‘latning kimyoviy tarkibi bilan (asosan xrom miqdori bilan) aniqlanadi, strukturasiga kam bog‘liq.

Olovbardosh po‘latlarni qo‘shimcha kremniy (2-3%) va alyuminiy (1-2%) bilan qo‘shimcha legirlash uni ishlatish haroratini ko‘taradi.

Ba’zi olovbardosh po‘latlarning kimyoviy tarkibi va xossalari.2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval

Olovbardosh po‘latlarning kimyoviy tarkibi va xossalari



Po‘lat

markasi


Elimentlar miqdori , %

Xossalari

C

Cr

Ni

Si

σb, МPа

δ, %

08Х17Т*

≤0,08

16-18

0,7

0,8

450

20

15Х28*

≤0,15

27-29

0,8

1,0

450

20

20Х23Н18**

≤0,2

22-25

17-20

1,0

500

35

20Х25Н20С2**

≤0,2

24-27

18-21

2-3

600

35

Eslatma: po‘lat 08Х17Тда Ti=0,4-0,8. *-normallashgan holda; **- toblangan holda;
Po‘latlar 08Х17Т va15Х25Т ferritli issiqbardosh emas, shuning uchun katta kuch qo‘yilmagan va zarbiy kuchi yo‘q detallar uchun ishlatiladi. Po‘latlar 20Х23Н18 va 20Х25Н20С2 ham olovbardosh ham issiqbardosh, shuning uchun mufel pechlarida, tag plitalarda, konveerlarda ishlatiladi. Olovbardosh po‘latlardan uchish apparatlari dvigateli detallari (700-10000С da ishlaydigan) yasaladi; gaz trubinasi palatkalari, trubina disklari,trubalar va h.k.

Cr va Si bilan legirlangan olovbardosh po‘latlarni “silxrom”; Cr va Al bilan legirlansa “xromal”; Cr-Al-Si bilan legirlansa “silxromal” deb nomlanadi. ”Silxromal” larning kuyundi hosil bo‘lish harorati ancha yuqori (850-9500С). Bular yog‘da toblanadi (1000-10500С); 500-5400С da bo‘shatiladi. Silxromal po‘lat 10Х13СЮ olovbardoshligi 9500С; oltingugurtli muhitda ham ishlayveradi.

Po‘lat 36Х18Н25С2 yuqori texnologik xossali, olovbardoshligi 11000С, ancha yuqori haroratda ham mustahkam, ya’ni issiqbardosh.


Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling