12-Maruza: mavzu: kabel tarmoqlar to’G’risida umumiy ma’lumotlar tayanch iboralar
Download 67.66 Kb.
|
12-Maruza
«Ulanmasin! Odamlar ishlayapti!» degan shior osib qo‘yilishi zarur.
Quduq, kollektor va tunellarda, hamda ochiq lyuklar yaqinida chekish man qilinadi. Quduq, kollektor va tunellarda uzoq muddatli ishlarni bajarayotganda ular ichida ishchilarni bo‘lish vaqtini ishni bajarish shart-sharoitiga qarab, naryad beruvchi xodim belgilaydi. Quduq kollektor va tunellarda gaz paydo bo‘lib qolsa, ish darhol to‘xtatilishi va gaz chiqayotgan manbani topib, uni tugatmagunga qadar, ishchilar, xavfli joydan chetlashtirilishi shart. Ish joyida yig‘ilib qolgan gazni chiqarib yuborish uchun majburiy shamollatish uskunasidan foydalanish zarur. 1. Mazkur qoidalar kuchlanishi 220 kV va undan past bo‘lgan kuch KL ga taalluqlidir. Barcha KL EQE talablarini qondirishi shart. 2. Yangi qurilayotgan KL ni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda, EQTX talablariga muvofiq sinashlar o‘tkazilishi shart. 3. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, montaj qiluvchi tashkilot qurayotgan barcha kuchlanishli KL yotqizilayotganda va montaj qilinayotganda texnik nazoratni olib borishlari shart. Shlang qoplamali zirxsiz kabellar yotqizilishini nazorat qilganda va ekspluatatsiya qilishda asosiy e’tibor Shlangning holatiga qaritilishi shart. Teshib o‘tgan o‘zilishlari, Yorliqlari va tirnalgan joylari bo‘lgan shlanpli kabellar ta’mirlanishi yoki almashtirilishi shart. 4. Har bir KL, mazkur Qoidalarning 155- bandida ko‘rsatilgan xujjatlarni o‘z ichiga olgan pasportga, dispetcherlik raqamiga yoki nomiga ega bo‘lishi shart. Ochiq yotqizilgan kabellar, shuningdek barcha kabel muftalari Yorliqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Liniya boshidagi va oxiridagi kabel Yorliqlarida liniyaning markasi, kuchlanishi, kesimi, raqami yoki nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi, ulash muftasi yorligida esa - mufta raqami, montaj sanasi ko‘rsatilishi shart. Yorliqlar agrof-muxit ta’siriga chidamli bo‘lishi shart. Yorliqlar ochiq yotqizilgan kabellarda liniyaning o‘zunligi bo’yicha har 50 m oraliqda, shuningdek trassa burilishlarida va olovga chidamli tusiqlardan va yopmalardan kabellarning o‘tish joylarida (har ikkala tomonida) joylashtirilishi shart. 5. Har bir KL uchun ishga tushirishda ruxsat etilgan eng katta tok yuklamalari belgilanishi shart. YUklamalar, eng yomon issiqlik sharoitidagi, o‘zunligi 10 m dan kam bo‘lmagan trassa uchastkasi bo’yicha belgilanishi kerak. Ushbu yuklamalarni oshirishga, issiqlik sinovlari asosida, kabel tolalarining harorati davlat standartlarida yoki texnik shartlarda davomiy ruxsat etilgan XL holatdan ortmaganda ruxsat etiladi. Bunda kabellarni qizishi, trassaning eng yomon sovitish sharoitiga ega bo‘lgan uchastkada, tekshirilishi kerak. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan kabelning urniga kuchlanishi 1000 V dan Yuqori bo‘lgan kabeldan foydalanish man etiladi. 6. Avariyani bartaraf qilish davrida kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan shimdirilgan qog‘oz izolyatsiyali kabellarni tok bo’yicha 30% ga, 5 sutka maboynida, sutkada 6 soatdan ko‘p bo‘lmagan, lekin bir yilda 100 soatdan ortiq bo‘lmagan davrda uta yuklanishiga ruxsat beriladi, agar sutkaning kolgan davrida yuklama ruxsat etilganidan oshmagan bo‘lsa. 15 yildan ortiq ekspluatatsiyada bo‘lgan kabellar uchun uta yuklanish 10% gacha kamaytirilishi kerak. Kuchlanishi 35 kV bo‘lgan qog‘oz izolyatsiyali KL uta yuklanishiga ruxsat berilmaydi. 7. Kuchlanishi 110-220 kV bo‘lgan moy tuldirilgan kabellar uchun tolalarning haroratini 80 °S dan oshirmay uta yuklanishga ruxsat beriladi. Bunda o‘zluksiz yuklamaning davomiyligi 100 soatdan oshmasligi, davomiylikining yigindisi esa yilda 500 soatdan, uta yuklanishlar orasidagi tanaffus - 10 sutkadan kam bo‘lmasdigi kerak. X,avoda o‘tkazilgan, kuchlanishi 110 kV bo‘lgan KL uchun tolalarini 80 °S harorat bilan ishlash davomiyligi cheklanmagan. 8. Moy tuldirilgan kuchlanishi 110 - 220 kV bo‘lgan har bir KL yoki uning seksiyalari uchun liniyaning profiliga boglik ravishda mahalliy yuriqnomalar bilan moy bosimining ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari belgilangan bo‘lishi shart, ulardan chetga chikkanda KL uchirilishi va faqatgina buzilish sabablari aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyin ulanishi shart. Past bosimli KL uchun kabeldagi moy bosimining ruxsat etilgan bosimi 100 - 300 kPa (1-3 kgs/sm2) chegarasida bo‘lishi kerak. 9. Moy tuldirilgan kuchlanishi 110 kV va undan Yuqori bo‘lgan kabellardan moy va plastmassa izolyatsiyali kabellarning tugallovchi muftalaridan suyuklik sinash uchun Yangi liniya ulanishi oldidan, ulangandan keyin 1 yildan sung, keyin 3 yildan sung va keyinchalik - har 6 yilda olinishi shart. Moy va suyuklikning tekshirilayotgan qiymatlari Elektr uskunalarni SNvaM talablariga mos kelishi shart. 10. Neytrali izolyatsiyalangan yoki kompensatsiyalangan tarmoqlarda yerga bir fazali tutashuvda, xodim bu haqida zudlik bilan ta’minlovchi podstansiya navbatchisiga yoki elektr bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmoq bo’yicha navbatchisiga xabar berishi va keyinchalik ularning ko‘rsatmasi bo’yicha harakat qilishi shart. Generator kuchlanishi tarmoqlarida, shuningdek kuchlanishi 35 kV bo‘lgan KL da ko‘rsatilgan rejimda ishlashga 2 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtga ruxsat beriladi. Alohida xollarda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot ruxsati bilan bu muddat 6 soatgacha o‘zaytirilishi mumkin. 11. KL dagi yuklamalar Elektr uskunalarni SNvaM talab- lariga mos ravishda belgilangan muddatlarda davriy ulchanishi shart. Ushbu o’lchovlar asosida KL rejimlari va ishlash sxemalari belgilanishi kerak. 12. Kuchlanishi 35 kV gacha bo‘lgan KL ni ko‘zdan kechirish quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi kerak: yerda, estakadalar, tunnellar, bloklar, kanallar, galereyalar va binolar devorlari bo’ylab o‘tkazilgan kabel trassalari - mahalliy yuriqnoma bo’yicha, lekin kamida 3 oyda 1 marta; kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan KL ning tugallovchi muftalari —6 oyda 1 marta, 1000 V va undan past kuchlanishli KL ning tugallovchi muftalari — 1 yilda 1 marta; transformator xonalarida, taqsimlovchi punktlarda va podstansiyalarda joylashgan kabel muftalari boshqa uskunalar bilan bir vaqtda ko‘rikdan o‘tkaziladi: kabel quduqlari — 1 yilda 2 marta; suv osti kabellari — mahalliy yo‘riqnomalariga mos ravishda. Muhandis-texnik xodimlar KL tanlab, davriy ravishda, lekin kamida 6 oyda 1 marta ko‘rikdan o‘tkazilishi shart. Podstansiyadagi kollektorlar, shaxtalar va kanallar mahalliy yriqnomalar bo’yicha ko‘rikdan o‘tkaziladi (doimiy tezkor xizmat ko‘rsatuvda oyda kamida 1 marta ko‘rik o‘tkazilishi shart). Ko‘rikda aniqlangan nosozliklar haqida ma’lumot nuqsonlar jurnaliga qisqa muddatda bartaraf qilish uchun kiritilishi shart. Navbatdan tashqari ko‘riklar toshqin davrlarida va seldan keyin o‘tkaziladi. Kabel inshootlarida va boshqa xonalarda doimiy ravishda kabelning issiqlik rejimi, havo harorati va ventilyasiya qurilmalari ishi ustidan nazorat tashqil qilinishi shart. Yozgi vaqtlarda kabel tunnellari, kanallari va shaxtalari ichidagi havo harorati tashqi havo haroratidan 10 °S dan ortiq bo‘lmasligi shart. 13. Kuchlanishi 110-220 kV bo‘lgan KL quyidagi muddatlarda ko‘rikdan o‘tkazilishlari shart: yerda o‘tkazilgan kabel trassalari — 1 oyda kamida 1 marta; kollektorlarda va tunnellarda o‘tkazilgan kabel trassalari -kamida 3 oyda 1 marta; stoporlaydigan va yarim stoporlaydigan muftali kabel quduqlari — 3 oyda 1 marta; moy (suyuqlik) bosimi signalizatsiyasi mavjud bo‘lgan kushimcha moy bilan ta’minlovchi punktlar — kamida 1 oyda 1 marta; kuchlanishi 1000 V dan Yuqori bo‘lgan kabel muftalarining ko‘rigi elektr uskunaning har bir kurigida o‘tkazilishi shart. 14. Mahalliy yuriqnomalar bilan kabel inshootlaridagi mavjud yong’in signalizatsiyasi va yonginni uchirish qurilmalarining ishga yaroqliligini tekshirish muddatlari belgilanishi shart. 15. Tunnellar, kollektorlar va boshqa kabel inshootlari toza saqlaniishi shart. Kabel inshootlarida o‘tkazilgan kabellarning ruxlanmagan metall zirxlari, va kabellar yotqizilgan nometall koplamali metall konstruktsiyalar davriy ravishda yonmaydigan korroziyaga qarshi tarkib bilan qoplanishi shart. Kabel inshootlarida biron bir materiallarni saqlash man etiladi. Suv tushadigan kabel inshootlari er osti va yomgir suvlarini chiqarib tashlash vositalari bilan jixozlangan bo‘lishi shart. 16. Doimiy navbatchi xodimlari bor podstansiyalarda tunnellar (kollektorlar), shaxtalar va kanallarning ko‘riklari oyda kamida bir marta o‘tkazilishi shart, doimiy navbatchi xodimlari yo‘q podstansiyalarda bu inshootlarning ko‘riklari — mahalliy yuriqnomalar bo’yicha, korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar belgilagan muddatlarda, o‘tkaziladi. 17. KL da metall qobiqning elektr, tuproq yoki kimyoviy korroziya tufayli buzilish xavfi tarqalganda, uni bartaraf qilish choralari kurilishi shart. KL ning himoya qurilmalari ustidan mahalliy yuriqnomalarga muvofiq kuzatish bajarilish shart. 18. Yerda handakdarni qazish vaqtida sxemada ko‘rsatilmagan quvurlar, noma’lum kabellar va boshqa kommunikatsiyalar aniqlanganda, ishlarni tuxtatish va bu xaqda elektr xo‘jaligiga javobgarga xabar berish zarur. Kabellar bor joydagi xandaklar va chuqurliklar va er osti inshootlarini o‘ta extiyotkorlik bilan, 0,4 m va undan ortiq chuqurlikda esa faqat belkurak bilan qazish kerak. 19. Qishda kabellar utgan joylarida 0,4 m dan ortiq chukurlik kazish, tuproqni qizdirish bilan o‘tkazilishi shart. Bunda qizdirilayotgan qatlam yuzasidan kabelgacha 0,3 m dan kam bo‘lmagan qkalinlikda tuproq qatlami saqlanishini kuzatish zarur. Erigan tuprokni belkurak bilan olib tashlash kerak. Lom va shunga uxshagan asboblarni qo‘llash man etiladi. 20. Kabeldan 1 metrdan yaqin masofada er kovlovchi mashinalar bilan qazishni amalga oshirish, shuningdek normal chuqurlikdagi kabellar ustidagi tuproqni yumshatish uchun uruvchi bolgalardan, lomlardan va chukichlardan 0,3 m dan ortiq chukurlikda foydalanish man qilinadi. Uruvchi va titrab-ortuvchi mexanizmlarni qo‘llashni kabellardan 5 m dan kam bo‘lmagan masofada ruxsat beriladi. Ishlar boshlanmasdan oldin, KL ni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning elektrotexnik xodimlari nazorati ostida trassada kabellarni joylashishini va chukurligini aniqlash uchun nazorat ochishlari o‘tkazilishi kerak. Portlash ishlarini o‘tkazish uchun qo‘shimcha texnik shartlar berilishi shart. 21. Kuchlanishi 20-35 kV bo‘lgan kabellarning vertikal uchastkalarida izolyatsiyaning qurishi natijasida elektrdan teshilishini oldini olish uchun ularni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish yoki stoporlovchi muftalar o‘rnatish zarur. Oqmaydigan shimuvchi massa va plastmassa izolyatsiyaga ega bo‘lgan, yoki gaz bilan tuldirilgan 20-35 kV kuchlanishli KL vertikal uchastkalarining izolyatsiya holatini qo‘shimcha tekshirish va ularni davriy almashtirish talab qilinmaydi. 22. Ishlashda izolyatsiyaning elektrdan teshilishi yoki profilaktik sinashlarda shkastlangan kabel namunalari va shikastlangan kabel muftalari laboratoriya tadkikotlariga, shikastlanish sabablarini o‘rganish va ularni bartaraf qilish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun, berilishi shart. Ishlab chiqaruvchi zavodga e’tiroznoma bildirilganda, zavod nuqsonlari borligi natijasida shikastlangan namunalar, ekspertlar kurigi uchun, saqlaniishi shart. 23. Xonalarda, tunellarda, kollektorlarda, estakadalar bo’yicha, galereyalarda, kanallarda joylashgan shikastlangan KL larni quydirishda, kabel inshootlaridagi kabellarni kuzatish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilgan xolda olib boriladi. 24. Kuchlanish ostidagi ekskavator va Shlang kabellarini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan rezinali qo‘lqoplarda va etiklarda, yoki dielektrik dastakli tutkichlar bilan olib yurishga ruxsat beriladi. Bu xolda, kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan tarmoqlar, shikastlangan KL ni bir fazali yerga tutatish holatida uchirib quyuvchi himoya bilan jixozlangan bo‘lishlari shart. Download 67.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling