3-ma`ruza. Temir-beton estakadalar oraliq qurilmalari va tayanchlarining asosoiy sistemalari va xillari. Ko`prik elementlarini hisoblash asoslari. Ko`priklarni qurish xususiyatlari


Download 380.31 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi380.31 Kb.
#1798261
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-ma`ruza 122


3-ma`ruza. Temir-beton estakadalar oraliq qurilmalari va tayanchlarining asosoiy sistemalari va xillari. Ko`prik elementlarini hisoblash asoslari. Ko`priklarni qurish xususiyatlari.
Ixtiyoriy ko’prikning tarkibiy qismlari tayanchlar va oraliq qurilmalardir. Unisi ham, bunisi ham qoidaga ko’ra, bunyod qilish qiymatiga ko’ra, shuningdek asralishiga ketadigan sarf-harajatlarga ko’ra teng qiymatlidir, chunki bu holatda ko’prik umumiy o’lchamlarini kamaytirishga erishiladi. Тayanchlar va oraliq qurilmalar o’zlari ko’tarib turgan rels izlarining me’yoriy holatini ta’minlash uchun ham bir xilda muhimdir. Shu o’rinda tayanchlarning deformatsiyalari, masalan yuvilishda faqat yo’lni emas, balki oraliq qurilmani ham o’rnidan suradi, buni esa tayanchlarning og’ib turgan holatida to’g’rilab yuborish juda ham murakkabdir.
Daryoning kengligiga va yer yuzasidan ko’tarilib turish balandligiga, shuningdek boshqa shart-sharoitlarga bog’liq holda ko’prik bitta yoki bir nechta oraliqqa ega bo’lishi mumkin. Kengligiga ko’ra ko’prik, shuningdek uning oraliq qurilmalari va tayanchlari bir yo’lli hamda ikki yo’lli bo’lishi mumkin. Shu o’rinda ikki yo’lli, ya’ni ikkita yo’l ostiga umumiy tayanchga ega bo’lgan ko’priklarda oraliq qurilmalarni alohida-alohida – bir yo’lli qilib o’rnatiladi.
Qo’shni tayanchlar aro oraliqni qoplaydigan bosh to’sinlar (yoki fermalar) oraliq qurilmaning asosidir. Ularning konstruksiyasi oraliqlar ortib borgan sayin sezilarli darajada og’irlashib boradi. Ferma tugunlarda birikuvchi sterjenlar ko’rinishidagi elementlardan yig’iladi. Elementlar fermaning tepa hamda pastki belbog’i, shuningdek belbog’lar orasidagi panjarani tashkil qiladi. Panjaraga egaligi bilan ferma to’sindan farq qiladi, chunki to’sinda ikkala belbog’lar panjara bilan emas, balki sidra yaxlit devor bilan biriktirilgandir. Oraliq qurilmadagi ikkala ferma (yoki to’sin) fazoviy geometrik o’zgarmaydigan konstruksiyaga: belbog’lar bo’ylab bo’ylama, hamda oraliqning butun uzunligi bo’yicha har 5…11 m oralatib ko’ndalang bog’ichlar bilan birlashtirilgandir.
Ustiga rels izli ko’prik polotnosi yotqizilgan oraliq qurilmalar bosh to’sin (yoki ferma) lardan tashqariko’ndalang va bo’ylama to’sin, ba’zan esa – ballast koritosi plitasi ko’rinishidagi qatnov qismiga ega. Faqatgina kichik (33 m gacha) oraliq qurilmalarda rels izlari odatda ko’prik chorqirralari yoki ko’ndalang to’sinlari orqali bosh to’sin (ferma)larning tepa belbog’lariga bevosita tayanadi, bu qatnov qismini yaratish zaruriyatini istisno qiladi (3.1-rasm).
Qatnovning o’rnashishiga shuningdek 
Download 380.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling