3-ma`ruza. Temir-beton estakadalar oraliq qurilmalari va tayanchlarining asosoiy sistemalari va xillari. Ko`prik elementlarini hisoblash asoslari. Ko`priklarni qurish xususiyatlari


Download 380.31 Kb.
bet2/5
Sana03.12.2023
Hajmi380.31 Kb.
#1798261
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-ma`ruza 122

qurilish balandligi tushunchasiga (relslar tovonidan oraliq qurilma konstruksiyasining pastigacha bo’lgan masofa) ham bog’liqdir. 1.16,a,b-rasmlarni taqqoslashdan ko’rinib turibdiki, qatnov pastdan bo’lganida qurilish balandligi – minimal, qatnov tepadan bo’lganida esa maksimaldir. Oraliq qurilmaning pasti sezilarli ko’tarilishi kerak bo’lgan, masalan kema qatnovi shartlariga ko’ra, ko’prik kechuvlarida qurilish balandligining katta ekanligi yo’lni ko’prikdan tashqari qismida ham ko’tarishni talab qiladi. Qatnovi pastdan bo’lgan oraliq qurilmalarda (1.16,b-rasm) qurilish balandligi qatnov qismining balandligi bilan aniqlanadi, uning yordamida yo’l oraliq qurilmaga tayanadi.


1.17-rasm. Oraliq qurilma qismlari: a – umumiy ko’rinish; – ferma;


– ko’ndalang bog’ichlar; – bo’ylama bog’ichlar; – bo’ylama va ko’ndalang to’sinlar; ye – ko’prik polotnosi.
Ko’prikning chetki tayanchlari oraliq tayanchlaridan farqli o’laroq faqat oraliq qurilmaning uchini emas, balki ko’prikka tutashgan ko’tarmani ham tutib turadi, uni huddi tirama devorlar kabi qulashdan saqlab turadi (1.18-rasm). Har bir tayanch oraliq qurilma og’irligidan tushadigan yukni, ular bo’ylab o’tadigan harakatchan yukni, shamol, muz, kemalar yonboshlashidan tushadigan yuklarni qabul qiladi. Chetki tayanchlarga, undan tashqari, ko’prikka yaqinlashuvlar ko’tarmasining og’irligi ham ta’sir qiladi. Тayanchlar ustki qismli poydevorlarga egadir. Poydevorni bevosita gruntga yoki grunt ishonchsiz bo’lsa, mahsus sun’iy asosga tayantirib bunyod qilinadi. Тayanchlar uchun material bo’lib beton, temirbeton va tosh termalari xizmat qiladi, kamdan-kam hollarda esa tepa qismi uchun metall konstruksiyalar qo’llaniladi. Тayanchlarning shakli va o’lchamlari oraliq qurilmalardan uzatilayotgan yuklarning qiymatlari va hususiyatlariga, hususiy og’irlikka va ko’tarmaning og’irligiga bog’liq, shuningdek ko’prik ostidan suv oqimining o’tishi, muz ko’chishi va mahalliy muhandis-geologik shart-sharoitlari bilan belgilanadi.

1.18-rasm. Uzunligi bo’lgan ko’prik: 1 – chetki (qirg’oq) tayanchlar; 2 – sidra yaxlit bosh to’sinli oraliq qurilma; 3 – piyodalar uchun panjara-to’siq; 4 – ko’tarma konusi; 5 qoziq-oyoqli poydevor; SYuS (UVV) – suvning yuqori sathiSHS (RUV) – suvning hisobiy sathi; SMS (UMV) – suvning mejen sathi

Ko’tarmani ko’prik oldida, odatda, konusli qilib tugatiladi. Ular chetki tayanchlar uzunligi chegarasida joylashadi, ba’zida esa ko’prik sof sahn oralig’iga ham kirib boradi. Oraliq qurilma tayanchlarga tayanch qismlari orqali tayanadi. 


Download 380.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling