3-ma`ruza. Temir-beton estakadalar oraliq qurilmalari va tayanchlarining asosoiy sistemalari va xillari. Ko`prik elementlarini hisoblash asoslari. Ko`priklarni qurish xususiyatlari
Download 380.31 Kb.
|
3-ma`ruza 122
ko’prik osti gabariti tayinlangan (1.22-rasm). Kema qatnovli daryoning, past taraf (oqim bo’ylab pastga) va tepa taraf (oqim bo’ylab tepaga) harakatlanish yo’nalishlaridagi oraliqlarining o’lchamlarini belgilaydigan yettita sinfi ko’zda tutilgandir. Gabarit kengligi b suv navigatsiya sathlarining ko’tarilib-tushishlariga bog’liq holda qabul qilinadi: ko’pi bilan 4 m bo’lganlari uchun – b = 2/3 V, ko’tarilib-tushishlar 4 m dan ortiq bo’lganida b = ½ V. Kema qatnovli faqat bitta oraliq mavjud bo’lganida, gabarit kengligi huddi past yo’nalish oralig’idagi kabi belgilanadi. Gabaritlar tomonidan kema suzishining minimal chuqurligi ko’zda tutilgandir, bu esa kema qatnovli oraliqlarni daryo o’zani chegaralarida to’g’ri joylashtirish imkonini beradi.
1.22-rasm. Ko’prik osti gabariti Eng katta ko’priklar uchun u oqim yo’nalishida 94 m va qarama-qarshi tomonga 140 m ga teng, balandligi bo’yicha esa hisobiy kema qatnovi sathidan (HKQS) yuqoriga 13,5 m, hamda, HKQS dan pastga 2 m dir. Oraliq qurilma va tayanchlarning ish hususiyatiga ko’ra, ya’ni statik sxemasi bo’yicha to’sinli, romli, arkali, osma va qurama (kombinatsiyalangan) ko’prik tizimlari farqlanadi. Тo’sinli tizimdagi ko’priklar (to’sinli ko’priklar) eng keng tarqalganlardandir. Ularda sidra yaxlit to’sinlar yoki sharparak panjarali fermalar ko’rinishidagi oraliq qurilmalar orqali barcha vertikal yuklar ko’prik tayanchlariga uzatiladigan tayanch qismlari ustiga erkin o’rnatiladi. Oraliq qurilmalar to’sinli-uzlukli (1.23,a-rasm), to’sinli-konsolli (1.23,b-rasm) hamda to’sinli-tutash (1.23,v-rasm) bo’lishi mumkin. Тo’sinli-uzlukli tizimda bir oraliq qurilmaning hususiy og’irligidan, hamda harakatlanayotgan yukdan vujudga keladigan egilish unga qo’shni oraliqlardagi egilishda aks etmaydi. Bunday tizimlarni oraliqlari 33 m gacha bo’lgan temirbeton va metall kichik va o’rta ko’priklarda ko’proq qo’llaniladi. Тemir yo’l ko’priklarida to’sinli-uzlukli panjarali metall oraliq qurilmalar 33 dan 158 m gacha oraliqlar uchun tarqalgandir. Тo’sinli tizimlarning bo’lak (to’sinli-konsol va to’sinli-tutash) ko’rinishlari to’sinli-uzlukli tizimlaridan bir oraliq qurilmada joylashgan yuk qo’shni oraliqdagilariga ham ta’sir etadi (1.24-rasm). Ushbu holat bir necha oraliqdagi konstruksiyalarning birgalikda ishlashi evaziga to’sinlar yoki fermalar elementlari kesimlarining bir muncha yengillashishiga olib keladi. Bikrlik to’sinlaridan yuklar simli arqon (shokila)lar vositasida uzatiladigan osma ko’priklarning konstruksiyasi erkin osilib turadigan arqonlar ko’rinishida (1.28,a-rasm) yoki shokilalarsiz bevosita to’singa mahkamlangan tarang tortilgan po’lat va temirbeton vantlar ko’rinishida bo’lishi mumkin. So’nggi holda oraliq qurilma vantli deb nomlanadi (1.28,b-rasm). Osma va vantli oraliq qurilmalar ko’proq, qoidaga ko’ra, oralig’i 100 m dan ortiq bo’lgan avtoyo’l va shahar ko’priklarida qo’llanadi. Yuqori mustahkamli po’latdan qilingan arqonlardan foydalanish osma ko’priklarning o’rtacha katta oraliqlarini 1300 m gacha va undan ortiq qilib qurish imkonini beradi. Vantli oraliq qurilmalarning yuqorida keltirilgan sxemalari bilan bir qatorda qurama sxemalar ham, masalan, tortqiga ega bo’lgan arkali oraliq qurilmalar qo’llaniladi (1.28,v-rasm). Bu holatda arkadan tushayotgan gorizontal tirama kuch tortqi-to’sin tomonidan qabul qilinadi. Тutash to’sinli konstruksiya pastdan arkalar bilan tutib turiladigan (1.28-rasm, v rasm), pushtan (tortqi) arkali to’sinli konstruksiyalar ham qo’llaniladi. Qurama tizimlar turli-tuman bo’lishi mumkin, hamda ko’pincha ko’priklarning oddiy statik tizimlariga qaraganda texnik-iqtisodiy afzalliklarga ega. Download 380.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling