Pahta etishtiriladigan erlarning 0-70 ida zahob sathi m dan yuqori
Download 185.83 Kb.
|
Pahta etishtiriladigan erlarning 60-70 % ida zahob sathi 3 m. dan yuqori joylashgan. Undan tashqari, amaliyotning ko’rsatishicha, zahob sathining yil bo’yi o’zgarish holatini aniqlanishda sug„orish va suv qochirish tarmoqlarini ishlatishdagi muhim davrlar va b.q. hisobga olinadi. Sug„orish va zahob oqimi bo’lmagan tekisliklardagi yangi erlarni o’zlashtirish (Qarshi cho’li va Mirzacho’l, Surhon-Sherobod vohasi, Amudaryoning quyi oqimi va b.q.) natijasida zahob sathi so’zsiz ko’tariladi. Bu esa, zahob yuzasi 3 m. dan yuqori joylashgan erlar ko’payishiga olib keladi. Zahob sathi chuqur bo’lmagan sug„oriladigan yerlarda zahob nafaqat maqbul sug„orish me‟yoriga, balki tuproq aeratsiya qatlamdagi barcha jarayonlarga ham ta‟sir etadi. Tuproq aeratsiya qatlamida namlik va tuzlarning yuqoriga va pastga harakatlanishi davomida iqlim, gidrogeologik sharoitlar, zahob sathi va sho’rlanganligi bilan birga tuproqning mehanik tarkibi, tuzilishi va zichligi bo’yicha tahlanishi ham muhim ahimiyat kasb etadi. Zahob sarfini aniqlash bo’yicha ko’plab uslublar taklif etilgan. SHulardan eng mukammali lizimetr uslubidir. Bu uslub bo’yicha o’tkaziladigan tadqiqotlar qator masalalarni o’rganishga mo’ljallangan: Zahob sathi va sho’rlanish darajasi turlicha bo’lgan, ziroatchilik qilinadigan erlar yuzasidan bug„lanish (evapotranspiratsiya)ning jamlanmasi. Tuproq yuzasidan bug„lanish hamda g„o’za, beda va makkajo’hori (oq jo’hori)da tarnspiratsiyaga sarflanadigan suv (alohida). Sug„orish suvi, yog„ingarchiliklar va zahob sarfi alohida-alohida. 4.Sug„orish maqsadidagi suv va yog„inlaring zahob sathi, aerotsiya qatlamidagi tuproq va suv-fizik hossalariga bog„lik holda singishi (infiltratsiyasi). 5.Sho’r yuvishda tuproqlarning tuzsizlanishi (tuzlarning yuvilishi koeffitsenti) va amal davrida tuzlar miqdorining qayta tiklash (mavsumiy sho’rlanish koeffitsenti) jarayonlari. Turli ziroatlar etishtirgan tuproqlarda namlik va tuzlar harakatiga har bir sug„orish suvi va mavsumiy sug„orish me‟yorlarining ta‟siri. O’simliklar barg shirasi va tuproq eritmasi konsentratsiyasi. Tuproqdagi oziqa elementlaring o’zgarishi va sug„orish ta‟sirida zahobga oqib o’tishi. Zahob sathi va sho’rlanish darajasi turlicha erlarda g„o’za, beda va makkajo’horining o’sishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosili sifati. Asosiy ziroatlar uchun zahobning sho’rlanish darajasi, aeratsiya qatlami tuprog„ining mehanik tarkibi bo’yicha tuzilishi va zichligiga ko’ra, tahlanishiga bog„lik holda asosiy ziroatlarning zahob sathini pasaytirish me‟yorlari. Ushbu masalalar tuproq qatlamlari aralashmagan, zahob sathi muqim yoki o’zgaruvchan bo’lgan sharoitda lizimetrlarda o’rganiladi. Bunda zahob sathi muqim 1; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0 va 3,5 m.da, boshqalarida esa, sun‟iy yoki tabiiy o’zgaruvchan chuqurlikda bo’lishi ta‟minlanadi. Qurg„oqchil mintaqalardagi sug„oriladigan erlarda zahob infiltratsiyasini o’rganish uchun lizimetrlarga tomonlari 1,2h1m. bo’lgan 1,2m2 maydon maqbul hisoblanadi. O’rganilayotgan masalalar bo’yicha M.S.Alimov ihtiro qilgan lizimetrlar yordamida eng aniq ma‟lumotlar olish mumkin (101 va 102-chizmalar). 10.1-chizma. Bug‘lanishni va zahob sizish (infiltratsiya) orqali hosil bo‘linishini o‘rganish uchun lizimetr (Alimov M.S. ihtirosi). Lizimetr 3-4 mm. Qalinlikdagi temir tunukadan tayyorlanadi, asosiy bakining og„zi burchakli temir bilan kavsharlanib mahkamlanadi. Ta‟minlovchi quvurga M.S.Alimov ihtiro kilgan «AP-10-2» asbobning sozlovchi kamerasi o’rnatiladi. Infiltratsiyalangan suvlar infiltratsiya quvuriga to’kiladi. Buning uchun biriktiruvchi quvur ventili ochiladi. Lizimetr ventili berkitilganda zahobning su‟niy o’zgaruvchan sathini ta‟minlash mukin. Lizimetrning soddalashtirilgan konstruksiyasini ham ishlatish mukin. Bunda bakning yuzasi 1h1,2 m, balandligi 1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0; 3,5 m, ta‟minlovchi tagligi ham shunday yuzali bo’ladi. Lekin balandligi 0,4 m. ni tashkil etadi. U bir vaqtda yoqa suzg„ich vazifasini ham bajaradi. Download 185.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling