Pahta etishtiriladigan erlarning 0-70 ida zahob sathi m dan yuqori
Download 185.83 Kb.
|
10.2-chizma. Lizimetrning tarkibiy qismlari:
tuproq monoliti; 2-lizimetrning asosiy baki; 3-kuzatish quvuri; 4-kuzatuv quvurining suzg„ich qismi; 5-qum qoplami; 6-shag„al qoplami; 7-kavsharlash choki; 8-lizimetrda suv sathi; 9-ta‟minlovchi taglik; 10-teshikli quvur; 11-po’lat plastinka; 12-to’r; 13-ulaydigan quvur; 14-mustahkamlovchi quvur; 15-qopqoq; 16-biriktiruvchi bolt; 17-po’lat plastinkani mahkamlovchi quvurcha; 18-suv o’tkazuvchi quvurcha; 19-avtomatik ta‟minlovchi asbobning sozlovchi kamerasi; 20-polihlorvinnli quvurcha; 21-infiltratsiya quvur; 22-po’kak trosi; 23- tahminlovchi quvur; 24-po’kak; 25-infilratsiya suvlari o’tadigan teshik; 26-ichida rezina manjeti bo’lgan cho’mich; 27- tindirgich; 28-po’kak trosining ilmog„i; 29- ventil tutqich; 30-yog„och po’kak; 31-ehtiyotlovchi quvur; 32-g„o’za; 33-asosiy bakni mustahkamlovchi temir burchagi; 34-ta‟minlovchi; taglikni mustahkamlovchi temir burchagi; 35-ventil 36-ventilning ehtiyotlovchi quvuri; 37- o’zak; 38-ehtiyotlovchi quvur. Teskari suzgich har biri 10 sm.li 3 qatlamdan iborat: eng pastki qatlam 3-5 sm. kattalikdagi hillangan toshdan; o’rta qatlam 1-3 sm. kattalikdagi mayda shag„aldan; uning ustiga 0,3-1,0 sm. kattalikdagi hillanmagan shag„al yotqizilgan, u tuproq tagidagi qum qatlami bilan bevosita tutashadigan qismlardan tashkil topgan. Lizimetrning ikki qarama-qarshi burchagiga ikkita quvur o’rnatiladi. Ularning bittasi ta‟minlovchilik vazifasini o’taydi, ikkinchisidan kuzatuv uchun foydalaniladi. Ta‟minlovchi quvurning pastki qismi yon tomoni kesik bo’lib, u lizimetr baki tagiga taqab o’rnatiladi, kuzatuv quvuri tuproq tagidagi yirik qum qatlamiga taqalib turadi. Ikkala quvur ham tuproq yuzasidan 10 sm. yuqori ko’tarilgan holda bo’ladi. Ular qopqoqli bo’lib, qulflab qo’yiladi. Lizemetrlar bevosita sug„oriladigan ekinlar-g„o’za, beda va boshqa ziroatlar ekilgan paykalda yoki mahsus maydonchada o’rnatiladi. Lizimetrik maydonchada lizimetrlar ekinlar turi bo’yicha guruhlab joylashtiriladi. Lizimetrlar o’rnatilguncha maydoncha tuprog„ining suv-fizik va agrokimyoviy hossalari batafsil o’rganiladi 3,5 m. chuqurlikkacha har sm. da tuproqning mehanik va mikroagregat tarkibi, hajm og„irligi, solishtirma og„irligi, dala nam sig„imi, suv o’tkazuvchanligi namlik va suvda erigan tuzlar tarkibi aniqlanadi. Gumus, azot, fosfor va kaliyning yangi va harakatchan shakllari tarkibi tahlil etiladi. Hajmi va solishtirma vazn haqidagi ma‟lumotlar bo’yicha tuproq g„ovakligi hisoblanadi. Lizimetrlar zahob sathi eng past bo’lganda mahsus tuproq monolitini ko’taradiga uskunalar yordamida o’rnatiladi. O’rnatilgan lizimetrlarning umumiy soni tadqiqotlar hajmi va vazifalariga bog„lik. Lizimetrlar bilan g„o’za, beda va makkajo’hori ekilgan, zahob sathi doimo 1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0; va 3,5 metr chuqurlikda bo’lgan va shu ziroatlar bilan ham zahob sathi o’zgaruvchan, mehanik tarkibi bir hil va pastga qarab engillashib boradigan tuproq hilida tadqiqot va kuzatuvlar o’tkazilsa yahshi samara beradi. Qatlamli va og„ir mehanik tarkibli sug„oriladigan tuproqlarda lizimetrlar bilan zahob sathini 1,0; 1,5; 2,0; 2,5 m. chuqurlikkacha chegaralash mumkin. Har bir variant takrorlanishi uchdan kam bo’lmasligi kerak. Lizimetrlar atrofidagi maydonchaga lizimetrda etishtirilayotgan ziroatlar ekilishi darkor. Lizimetrlarda doimiy va o’zgaruvchan zahob sathi ta‟minlanadi. Zahob sathining sozlanishi «AP-10-2» asbobi yordamida avtomatik yohud qo’lda suv quyib yoki suvni tortib olib tashlab bajariladi. Zahob sathi nazorat quvuri bo’yicha hlapushka yordamida o’lchanadi. Sathi pasaysa, ta‟minlovchi quvur orqali suv quyilib, zarur balandlikka ko’ratiladi, agar zahob ko’ratilsa, mahsus chelakcha yoki shlang orqali so’rib olib, sozlanadi. Quyilgan yoki olib tashlangan hajmi aniq hisobga olinadi. Zahob sathini o’lchash, suv qo’yish va olib tashlash sutkada 2 marta – soat 7 va 19 da bajariladi. Zahob sarfi ko’paygan palla (iyul, avgust oylari) da kuzatuvlar 3 marta – soat 7; 14; 19 da o’tkazilgani ma‟qul. Lizimetrlardagi zahobning sho’rlanganlik darajasi va tipi ma‟lum me‟yorda ushlanadi. U tabiiy sharoitga yoki sun‟iy sho’rlanishga mos kelishi kerak. Buning uchun suv mahsus quduq yoki zovurdan olinib, daryo suvi bilan aralashtiriladi va zarur sho’rlanish darajasiga erishiladi. Zarur sho’rlanish darajasidagi suv hosil qilish uchun zovur va daryo suvidagi tuzlar miqdori va sifati tahlil qilinadi. Masalan, quduq yoki zovur suvining sho’rlanishi 5 g/l, daryo suviniki esa 0,5 g/l. quruq qoldiq bo’yicha aniqlanadi. Agar lizimetrda 3 g/l sho’rlanishini ta‟minlash zarur bo’lsa, hisob quyidagicha bajariladi: 0,5h+5(1-h)=3. Bunda h-1 l. aralashmaga to’g„ri keladigan vodoprovod suvi, shunda 0,5h+5-5h=3h; 4,5h=2; h=2/4,5=044 ya‟ni 3 g/l sho’rlanishli 1 litr suv olish uchun 440 ml. daryo suvi va 560 sm3 zahob suvi olish kerak. Har kuni sug„orish zarur darajada sho’rlangan suv bilan o’tkaziladi. Lizimetrdagi zahob sho’rlanganligini zarur darajada ta‟minlab turish uchun har 10 kunda ta‟minlovchi quvurdan namuna olinib, unda quruq qoldiq, NSO3, Sl va SO4 anionlar miqdori tahlil etiladi. Lizimetrda g„o’za, beda, makkajo’hori etishtiriladi. G„o’za 60h16h1 tizimda ekilib, bir lizimetrda 12, har gektarda 100 ming tup/ga ko’chat bo’ladi. Makkajo’hori 60h32h1 tizimda ekiladi. Bunda o’simlik soni lizimetrda 6 dona, 1 gektarda 50 ming tup/ga bo’ladi. O’g„itlar mavjud yo’riqnomalarda belgilangan muddat va me‟yorlarda solinadi. Tuproqlarni ekishga tayyorlash, ekish va o’simliklarni parvarishlash huddi lizimetr o’rnatilgan ho’jalikdagi kabi amalga oshiraladi. G„o’za, beda, makkajo’horining sug„orish muddatlari tuproq namligini «NIV-2» nam o’lchagichda yoki barglar shirasi konsentratsiyasini qo’l refraktometri yordamida aniqlab belgilanadi. Ilgari o’tkazilgan lizimetrik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bir hil tuzilishli engil va o’rta qumoq yoki og„ir qumoq, pastga qarab engillashib boruvchi tuproqlardagi g„o’zani sug„orish zahob sathiga qarab quyidagicha tabaqalashtiriladi: 1,0 va 1,5 metrlida 2-3 suv 0-20 va 1-20; 2,0 va 2,5 m. da 3-4 suv 1-2-0 va 1-3-0 tizimida; 3,0m. da 5 suv 1-4-0; m.da 6 suv 2-4-0 tizimda beriladi. Bir hil tuzilishli og„ir qumoq va soz tuproq yoki tarkibi turli qatlamli, tuzilishi tuproqli lizimetrdagi g„o’zaning sug„orilishi quyidagicha tabaqalashtiriladi: zahob sathi 1,0 va 1,5 m bo’lganda 4-5 suv 1-3-0 va 1-4-0 tizimlarda; 2,0 va 2,5 m da 6-7 suv 2-4-0 va 2-4-1 tizimlarda beriladi. Sug„orishlar soni makkajo’horida g„o’zaga nisbatan barcha zahob chuqurliklarida bittaga, bedada esa 3 taga oshiriladi. Lizimetrda parvarishlanayotgan ziroatlarni sug„orish me‟yorlari tuproqdagi nam tanqisligini 30 % oshirib belgilanadi. Bunda sug„orishning yuvuvchi tartibi ta‟minlanadi. Zahob sathi 1,0 va 1,5 m bo’lganda sug„orish me‟yori g„o’za uchun 700-800 m3/ga, nihollik davridan gullagungacha va 900-1000 m3/ga gullash – hosil tugish davrigacha; makkajo’hori uchun 700-800 m3/ga ro’vak chiqarguncha va 900-1000 m3/ga kelgusi rivojlanish pallalaridan doni sut-mum pishish darajasigacha; birinchi yilgi bedada 700-800 m3/ga birinchi o’rimgacha, 900-1000 m3/ga keyingi o’rimlarda beriladi. Davrlarga qarab sug„orish me‟yorlari zahob sathi 2,0; 2,5 m bo’lganda 15 % ga, 3,0 va 3,5 m bo’lganda 30 % ga oshiriladi (zahob sathi 1,0 va 1,5 m.ga nisbatan). Sug„orishda daryo suvidan foydalaniladi. Sug„orishdan va yog„ingarchilikdan so’ng zahob sathi ko’tarilsa, suvi tortib olinib, o’lchab tashlanadi va sho’rlanganlik darajasi aniqlanadi. Ziroatlar parvarishida lizimetrdagi o’simliklarda ham, uning atrofidagi o’simliklarda ham bir hil agrotehnika qo’llaniladi. Amal davrida lizimetrdagi barcha o’simliklarda fenologik kuzatuvlar o’tkaziladi. Ziroatlarning hosili, o’simliklarning ho’l va quruq vazni o’lchanadi, pahta hosili, makkajo’hori doni va beda pichani hosili hisobga olinadi. Hosil sifati aniqlanadi. Lizimetrlarda suv va tuz muvozantini belgilash uchun quyidagilar hisobga olinadi: yog„inlar miqdori, mavsumiy sug„orish me‟yori, to’kilgan va quyilgan suv miqdori, lizimetrdagi dastlabki va ohirgi tuproq namligi, tajriba qo’yilgan tuproqdagi tuzlar tarkibi, to’kilgan va quyilgan suv, daryo suvining sho’rlanganligi, o’simlikning tuzlarni olib chiqishi. Buning uchun o’simliklarning quruq vazni va ulardagi tuzlar tarkibi tahlil qilinadi. Tuzlar muvozanatiga ko’ra, har qaysi tajriba poyonida sho’r yuvish muddati va me‟yori har lizimetr uchun belgilanadi. Har galgi sho’r yuvishda suv me‟yori, daryo suvi va to’kilgan zahobdagi tuzlar tarkibi tahlil qilinadi. Lizimetrdan va lizimetrik maydonchada suv yuzasidan bug„lanishga sarf bo’layotgan suv o’rtasidagi korrelyativ bog„liqlikni aniqlash uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi: lizimetrik mayonchada 3 takrorlanishda kattaligi 0,h0,5h0,5 m. bo’lgan baklar erga ko’milib, ularga suv quyiladi-da, yuzasidan bug„lanayotgan suv miqdori o’lchab boriladi. Baklardagi suvni ma‟lum belgida tutish uchun sutkada ikki marta daryo suvi quyiladi. Baklar yuzasida hosil bo’ladigan va bug„lanishni sekinlashtiradigan biologik parda yuzaga kelishining oldini olish uchun mis kuporosining 200-300 mg/l li eritmasidan foydalaniladi. Lizimetrda olingan ma‟lumotlar asosida, tadqiqotlar dasturiga ko’ra, o’n kunlik, oylik, uch oylik va yillik grafik, jadvallar va hisobotlar tuziladi. Lizimetrlarda o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida tuproq aeratsiya qatlamining suv va tuzlar muvozanati bo’yicha sonli qiymatlargina emas, balki juda katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan turli qimmatli ma‟lumotlar to’planadi. Ntijalarning nazariy tahlili va tadqiqot ma‟lumotlarining umumlashtirilishi zamonaviy agrar fani rivojlanishi nuqtai nazaridan muhim muammolar-asosiy ziroatlarning suv iste‟moli me‟yorlarini nazariy va uslubiy jihatdan qayta ko’rib chiqish, kam suv sarflab, yuqori hosil olishni ta‟minlaydigan mavsumiy va har bir sug„orish me‟yorlarini belgilash imkonini beradi. Suv sarfi bo’yicha ma‟lumotlardan sug„oriladigan hududlar tuprog„ining suv va tuz muvozanatini, bu muvozanat o’zgarishini bashorat qilishda foydalaniladi. SHuningdek, respublikamiz viloyatlaridagi sug„oriladigan erlarni gidromodul rayonlashtirish va shu asosda ziroatlarning sug„orish tartiblarini ishlab chiqishda ham shu dalillarga tayaniladi. Sizobning evopatranspiratsiga sarflanishini aniqlash bo’yicha keng tarqalgan va ko’pchilik qabul qilgan uslub lizimetrda olib boriladigan tajribalardir. Lizimetrik tadqiqotlar turli-tuman tabiiy sharoitlarni modellashtirish, ulardagi suv iste‟moli miqdorini belgilovchi zahob sathi va sho’rlanish darajasining ziroatlar hosildorligiga ta‟sirini, tuproqning suv-tuzlanish tartibi va boshqa omillarni batafsil o’rganish imkonini beradi. Ammo bu uslub katta sarfr- harajat va mahsus uskunani talab etadi. Bundan tashqari ba‟zi hollarda, ayniqsa, tuproq tuzilishi buzilgan lizimetrlarda olingan ma‟lumotlarga ko’ra, zahob sarfi bunday suvlarning tabiiy sharoitda sarfiga nisbatan biroz kamroq bo’ladi. Bunda lizimertda zahobning tabiiy bosimi yo’qligi ta‟siri seziladi. G„o’za va makkajo’hori bilan band bo’lgan dalalarda suvning yalpi sarfini, shu jumladan, bug„langan zahob miqdorini tuproq aeratsiya qatlamidagi tuzlar to’planishiga qarab aniqlash mumkin. Buning uchun sug„orish paykalidan 25-30 m2 li 6 maydoncha tanlab olinadi. Ular quyidagi tarzdagi maydonchalardir: O’simliksiz yopiq va sug„orilmaydi (namlik sarfsiz). O’simlik bilan yopiq va sug„orilmaydi (namlik sarfi faqat taraspiratsiyaga). 3.O’simlik bilan yopiq va sug„oriladi (sug„orishda namlik sarfi faqat transpiratsiyaga). 4.O’simliksiz ochiq, sug„oriladi (namlik sarfi bug„lanishga yaydoq yuzadan). 5.O’simlik bilan ochiq, sug„orilmaydi (sug„orishsiz, namlik sarfi evapotranspiratsiyaga). 6.O’simlik bilan ochiq, sug„oriladi (namlik sarfi evapotranspiratsiyaga). Maydonchalar zovurlar va sug„orish shahobchalari ta‟siri eng kam bo’lgan joydan tanlanadi. Birinchi maydonchada namlik yo’qotilishini va ikkinchi, uchunchi maydonchalarda namlik bug„lanishga sarflanishini bartaraf etish uchun yuza qism ikki qavat polietilin plyonka va 10 sm. tuproq bilan yopiladi. Maydonchalarni yon tomondan izloyasiya qilish maqsadida, ya‟ni namlik va tuzlarning ichkari (oqib kelishi) yoki tashqi (oqib ketishi) tomonga harakatini bartaraf etish uchun har bir maydoncha atrofida zahob sathigacha aylanma chuqur kavlanadi. Maydonchalar yon devorlari ikki qavatli polietilen plyonka bilan yahshilab qoplanadi. Ayniqsa, plyonkaning ikkala qavati choklari, shuningdek, maydoncha burchaklari ham yahshi bekitiladi. Yopiq maydonchalarda ekish davrida 70h70 sm tizimda plyonka chigit uchun 60h60 sm va makkajo’hori doni uchun teshiklar ochiladi. Nihollar olish uchun teshiklar pahta bilan vaqtincha bekitiladi. Tajriba maydonchalari atrofdagi ziroatlar sug„orilayotganda tasodifan suv kirib ketishining oldini olish uchun 30-40 sm.li marzalar bilan o’raladi. O’simlik va ularsiz, sug„oriladigan va sug„orilmaydigan, shuningdek, o’simlikli yopiq, sug„oriladigan maydonlarda barcha agrotehnik tadbirlar (sug„orish, oziqlantirish, qator orasiga ishlov berish va begona o’tlarni chopiq qilish) bajariladi. Bu tadbirlarni o’tkazish muddati va ularning turi huddi atrofdagi ho’jalikdagi kabi. Yopiq o’simlikli, sug„oriladigan va sug„orilmaydigan maydonchalarda o’g„itlarning yillik me‟yori ekishgacha (kuzgi shudgordan oldin va turoqqa ekish oldi ishlovi berishdan avvl) solinadi. O’simlikli yopiq maydonchada sug„orish uchun (3-maydoncha) qator orasida plyonka tilinib, egat qilinadi. Sug„orish tugagandan keyin tuproq yuzasi yahshilab berkitiladi. Sug„orish muddatldari o’simlik bargi shirasining konsetratsiyasi bo’yicha qo’l refraktometri yordamida belgilanadi, me‟yorlari tuproqdagi namlik tahchilligidan 30 % oshirib belgilanadi. Sug„orishda suv sarfi “Chippoletti” suv o’tkazgichi bilan amalga oshiriladi. Bahorda tajriba boshlashdan avval tuproq mehanik va mikroagregat tarkibi, namlik va solishtirma og„irlik, dala nam sig„imi namlik va tuz tarkibi har 0-10 va 0-20 sm.da zahob sathigacha aniqlanadi. Gumus va azot, fosfor, kaliyning yalpi va harakatchan shakllari haydov (0- 30 sm) va haydov osti (30-50 sm) qatlamlari bo’yicha belgilanadi. Hajm va solishtirma og„irlik ma‟lumotlari asosida tuproq g„ovakligi hisoblanadi. Hajm og„irligi amal davri ohirda aniqlanadi. Hajm og„irligi qiymatlari asosida turoqning zichligi, tuzilishi tavsiflanadi. Hajm og„irligi qiymatlari shuningdek, namlik va tuz tarkibini % dan m3/ga va t/ga birliklarga o’tkazish uchun hm zarur. 4 Namlik va tuz tarkibi barcha maydonchalar tuproqlarida amal davri boshida, g„o’za gullaganda yoki makkajo’hori, ro’vak chiqarganda, ko’sak ochilganda yoki makkajo’hori doni sut-mum pishishi va amal davri ohirida tahlil qilinadi. G„alladan keyin ekilgan dalalarda tegishli ko’rsatkichlar to’plashgacha, naychalashgacha, sut pishish va to’liq pishish davrilarida aniqlash muhimdir. Tuproq namunalari maydoncha markazida har 0-10 va 0-20 sm. dan zahob yuzasigacha uch takrorlanishda olinadi. Burg„ulangan quduqdan zahob namunasi olinadi. Amal davri boshi va ohirida olingan namunalarda quruq qoldiq, Sℓ1,NSO31 va SO 11, boshqa muddatlarda olinganlarida eng quruq qoldiq va Sℓ1 tahlil etiladi. Tajriba dasturiga ko’ra, namlik va tuz tarkibi amal davri boshida, keyin har oyda, shuningdek, har suv oldidan va undan keyin aniqlanadi. Ziroatli maydonchalarda o’sish va rivojlanish bo’yicha fenologik kuzatuvlar O’zPITI uslubi bo’yicha bajariladi. Ziroatlar hosildorligi (o’simliklar quruq vazni, pahta, g„alla-don hosili, makkajo’hori doni) hisoblanadi. O’simliklar orqali tuzlarning olib chiqib ketilishini hisoblash uchun quruq vaznli namunada quruq qoldiq, Sℓ va SO4 tarkibi tahlil qilinadi. Tajriba maydonida zahob sathini kuzatish uchun kuzatuv qudug„i o’rnatiladi. Zahob sathi har o’n kunda tuproq namunalari namlik va tuzlar tarkibi tahlili uchun olingan kunda o’lchanadi. Ma‟lumki, suvda eriydigan tuzlar namlikning kapillyarlar orqali harakati jarayonida zahob sathidan yuqori qavatga (aeratsiya qatlami) olib chiqiladi. Ammo tuzlar tuproq qatlamida diffuziya jarayonida ham qayta taqsimlanadi. Tuzlar diffuziyasi jarayonini o’rganish uchun o’simliksiz yopiq maydoncha uslubi qo’llaniladi. Bunda tuproq namligi sarfi va namlikning yuqoriga qo’tarilishi ro’y bermaydi. Kapillyar oqim bilan ko’tarilgan tuz miqdorini aniqlash uchun 2-6 maydonchalarda ma‟lum vaqtda to’plangan jami tuz miqdoridan o’simliksiz yopiq maydonchada diffuziya jarayonida shu davrda to’plangan tuzlar miqdori ayiriladi. Hisob quyidagicha yuritiladi: umumiy tuzlarning (quruq qoldiq bo’yicha) birinchi maydondan boshqalarida to’plangan miqdori M harfi bilan, birinchi maydonda diffuziya yo’li bilan to’plangan tuzlar miqdori Md bilan belgilanganda, farqi Mk=M-Md (kapillyar oqim bilan aeratsiya qatlamida to’plangan tuzlar miqdori). Endi tuzlar miqdori (Mk) va hisob davrida zahobning o’rtacha sho’rlanganligi (m) aniqlangan holda zahob sarfi (P) oson hisoblanadi. Shunday qilib, Download 185.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling