Mavzu: Sholi o`simligi va uning yetishtirish texnologiyasi


Download 1.58 Mb.
Sana22.12.2022
Hajmi1.58 Mb.
#1043252
Bog'liq
MavzuSHOLI

Mavzu:Sholi o`simligi va uning yetishtirish texnologiyasi

Toshkent Davlat Agrar universiteti

agrobiologiya fakulteti

20-10-guruh 3-kurs talabasi

Hazratqulova Diyora

Reja: 1.Sholining kelib chiqishi,tarqalishi,ekin maydonlari va hosildorligi 2.Sistematikasi biologiyasi va navlari 3.Sholini almashlab ekishdagi o`rni va yerni almashlab ekishga tayyorlash 4.Sholini ekish, urug`ni ekishga tayyorlash,ekish muddatlari usuli va me`yori 5.Sholining xalq xo`jaligidagi ahamiyati

Sholining kelib chiqishi markaziy janubiy Osiyo hisoblanadi.Akademik P.P.Vavilov sholi Hindistondagi madaniy o`simliklardan kelib chiqqanligi to`g`risida yozadi.Sholi dunyoning 108 mamlakatida ekiladi.Sholi maydonining 90% Osiyodagi tropik va subtropik mamlakatlariga togri keladi.

O`zbekistobda esa 1995-yilda 154,1ming gektar,1996-yilda 176,7ming gektar maydonga sholi ekilgan.O`zbekistonda sholi xosildorligi oxirgi 5yilda o`rtacha 30-35 sentnerni tashkil etadi.

Sholi – Boshoqdoshlarga mansub bir va ko‘p yillik o‘simlik turkumi, don ekini. Sholining mevasi po‘st (parda)li don; doni uzun, ensiz yoki dumaloq enli. Sholi bahorgi issiqsevar va yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi, urug‘i tuproq harorati 10-12 °C bo‘lganda unib chiqadi, 22-27°C da yaxshi rivojlanadi. Vegetatsiya davri 120-130 (O‘zbekistonda 100-145) kun, sholi sug‘orib o‘stiriladi. Doni (guruchi) oq, qizil, qora rangda, to‘yimli, tarkibida 76,1% kraxmal, 17-24% amilaza, oqsil, qand, dekstrin, yog‘, vitaminlar bor.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda sholining 19 navi yetishtiriladi, bular: Avangard, Alanga, Gulzar, Guliston, Guljaxon, Jayxun, Ilg‘or, Istiqbol, Istiqlol, Iskandar, Lazurniy, Mustaqillik, Nukus 2, Nukus 70, Sanam, Sitora,Tantana, Tarona, Uz ROS 7-13.

Nav originatori: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Nav kechpishar, o‘suv davri 137-142 kun, o‘simlik bo‘yi 130-133 sm. O‘suv davri 118-122 kun. Ro‘vagi uzunligi 18-19 sm. 1000 dona don vazni 34-35 g. Shishasimonligi 97-98%. Guruch chiqishi 70-71%, shu jumladan butun guruch chiqishi 90-95%. Yotib qolishgava to‘kilishga chidamli. Navdan qulay sharoitlarda 9,5-9,8 t/ga hosil olish mumkin. Kasaliklarga chidamliligi: piri-kulyarioz, fuzarioz, gelmintosporioz kasalliklariga chidamli. Yetishtirish agrotexnikasi: Ekish muddati 20-30-aprel. Urug‘ meʼyori 6,0 mln. dona/ga. Bir gektarga sarflanadigan suv meʼyori 23 000 – 25 000 m3. Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

MUSTAQILLIK navi

O‘zbekistonda sholi ekishning quyidagi usullari bor: 1.qo‘lda 2.ko‘chatlarni va guruchni mexanizatsiyalashgan usulda ekish, 3.suvga botirib ekish Joriy yildan suvni tejash maqsadida guruchni ko‘chatlab ekish usuli qo‘llanila boshlandi. Bu usulda sholi ko‘chatini kichik maydonlarda yetishtirish hisobiga yillik suv meʼyorining katta qismi iqtisod qilinadi. Bunda sholi ekiladigan joylarning iqlim sharoitidan unumli foydalanish hamda o‘rim-yig‘imni erta muddatlarda o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Qolaversa, har bir gektar yerdan unumli foydalanish natijasida 2 marotaba hosil yetishtirish mumkin.

Sholi yetishtirishda almashlab ekish ahamiyati kata.O`zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish isntituti ma`lumotlariga qaraganda 4 va 6dalali almashlab ekishda 40-60 s dan hosil olingan bo`lsa surunkasiga sholi ekilganda 25-75s hosil olingan.

Sholi suv bostirib sug`oriladi ,suv qatlami sholining o`sishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratadi.bundan asosiy maqsad yerda asosan oziq moddalar: -ammiakli azot -harakatchan fosfor -kaliy to`planishiga va ularni sholi ildiz tizimini ozlashtirishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Sholi ekish uchun yerni ishlash kuzgi shudgorlashdan boshlanadikuzgi haydash sholi hosildorlighini oshiradi.Ekishdan oldin yer tekislanadi,mashinada sholi ekiladigan maydonlarda bir yo`la g`altaklash ishlari bilan qo`shib olib boorish mumkin.

Sholi hosilini yig`ishtirib olish uchun dalani shunga tayyorlash kerak.Sholi donining sut pishish davrida pollarga kirayotgan suv kamaytiriladi va mum pishish davrida umuman to`xtatiladi.Donning 85-90% to`la pishish davrida sholini o`rishga kirishiladi.

XALQ XO`JALIGIDAGI AHAMIYATI

Donidan guruch, un, kraxmal, moy, spirt, pivo, turli ovqatlar tayyorlanadi. Poxolidan sifatli qog‘oz, karton, arqon, to‘qilgan buyumlar, savat, shlyapa va boshqalar tayyorlanadi.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling