5-sinf Geografiya
Download 31.5 Kb.
|
5- sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Darsnnig tipi
- VII. Darsnnig rejasi
- Yangi mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash uchun savollar.
- Yangi mavzuni mustahkamlash uchun test savollari beriladi. Globus nima
- 2. Ekvator so’zining ma’nosi nima a) Yoping’ich b) Yonuvchi shar v) Tenglashtiruvchi g) Xarita 3. Bir sutka necha soatdan iborat
- 5. Geografik xarita va globuslarda parallellar va meridianlardan iborat chiziqlar nima deb ataladi
5-sinf Geografiya. Mavzu: Yerning Quyosh atrofida aylanishi. I. Darsning maqsadi: a) Ta’limiy: Kabisa yili, Quyosh turish kuni, bahorgi, kuzgi teng kunlik, quyoshning qishki turish kuni va yerning issiq mintaqalari haqida ma’lumot berish. b) Tarbiyaviy: Nazariy bilim berish. Yerning quyosh atrofida aylanishi haqida ma’lumot berish. v) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini oshirish. II. Darsnnig tipi: Yangi bilim, tushuncha hosil qilish, mustahkamlash. III. Darsning uslubi: Og’zaki ,amaliy. IV. Darsning usuli: Savol-javob, aqlni sinovdan o’tkazish. V. Darsning jihozi: Tabiiy geografiya darsligi, globus, yarim sharlar xaritasi, mintaqaga oid rasmlar, test savollari, tarqatma materiallar. VI. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism, psixologik iqlim yaratish; a) sinf va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini, o’quv qurollarining mavjudligini va davomadini aniqlash. VII. Darsnnig rejasi: a) o’tilgan mavzu bo’yicha og’zaki savol-javob va kirish testi o’tkazish. b) yangi mavzuning bayoni. v) xulosa, uyga vazifa. Yer Quyosh atrofini 365 sutka va 6 soatda bir marta aylanib chiqadi. Hisobga to’g’ri bo’lsin deb, bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig’ilib, 4 yilda 24 soat ya’ni 1 sutka hosil bo’ladi. Shuning uchun har 3 yildan keyin 4 yil 366 kun bo’ladi. Bu yil kabisa yili deb ataladi. Nega yil fasllari almashinib turadi? (24 rasmni tahlil qilamiz) . Iyun oyida Shimoliy yarim shar Quyoshga ko'proq qarab turadi. 22 iyun yozgi Quyosh turishi kuni deyiladi. 21 mart va 23 sentyabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni ham bir xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va yozgi teng kunlik deyiladi. 22 dekabrda esa, Yer janubiy yarim shari bilan Quyoshga qarab turadi. Shimoliy yarim sharda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo’ladi. Bu vaqtda janubiy yarim sharda yoz, shimoliy yarim sharda qish bo’ladi. 22 dekabrni quyoshning qishki turish kuni deyiladi. Qutbiy doiralar qutb kuni va qutb tuni bo’ladigan joylarning chegarasidir. Shu chegarada yozda bir sutka qutb kuni va qishda bir sutka qutb tuni bo’ladi. Qutblarda esa qishda 178 sutka tun, yozda 186 sutka kunduzi bo’ladi. Tropik chiziqlar globus, yarim sharlar xaritalarida 23.50 shimoliy va janubiy kengliklardan uzuq-uzuq chiziqli parallel o’tkazilgan. Bu parallel tropik chiziqlardir. Shimoliy yarim shardagisi shimoliy tropik, janubiy yarim shardagisi janubiy tropik deb ataladi. Yangi mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash uchun savollar. 1) Kabisa yili qanday yil? Kabisa yilida ortiqcha bir kun qayerdan kelib qolgan? 2) Quyosh turishi kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi? 3) Tropik chiziqlar qaysi geografik kengliklarga to’g’ri keladi? 4) Yerda qanday issiqlik mintaqalari bor? Yangi mavzuni mustahkamlash uchun test savollari beriladi. Globus nima? Yer sharining kichraytirilgan modeli. Yer sharining kattalashtirilgan modeli. v) Yer ekvatorning uzunligi. g) Dunyoning modeli. 2. Ekvator so’zining ma’nosi nima? a) Yoping’ich b) Yonuvchi shar v) Tenglashtiruvchi g) Xarita 3. Bir sutka necha soatdan iborat? a) 29 soat b) 24 soat v) 17 soat g) 18 soat 4. Meridian so’zining ma’nosi nima? a) Tenglashtiruvchi b) Yoping’ich v) Tush chizig’i g) Tutashtiruvchi 5. Geografik xarita va globuslarda parallellar va meridianlardan iborat chiziqlar nima deb ataladi? a) Geografik kenglik b) Geografik uzunlik v) Daraja to’ri g) Koordinatalar 6. Nechta gorizont tomon bor? a) 2 ta b) 3 ta v) 4 ta g) 8 ta Uyga vazifa: Daftaringizga aylana chizib, unga ekvator, bosh meridian, tropik chiziqlar va qutbiy doiralarni chizing. Yozuvsiz xaritaga issiqlik mintaqalarini chizib, nomlarini yozib chiqing. Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling