12-Ma`ruza Mavzu: Xalqaro transport tashkilotlari


Xalqaro transport tashkilotlari


Download 331.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana25.01.2023
Hajmi331.9 Kb.
#1121018
1   2   3
Bog'liq
12-Ma\'ruza. Xalqaro transport tashkilotlari.

2. Xalqaro transport tashkilotlari. Transport sohasidagi munosabatlarni xalqaro mikyosda 
huquqiy jihatdan tartibga solish XVIII asrning oxirlaridan boshlangan. Biroq XX asrning 
urtalariga kelib xalqaro transport izchil darajada rivojlandi. Bu jarayon xalqarotashkilotlarning 
paydo bo’lishi bilan bog’liq edi, albatta. Qizig’i shundaki, xalqaro tashkilotlarning eng 
dastlabkilari aynan transport sohasida tashkil etilgan edilar. 
Transport konventsiyalarini imzolash uchun maxsus diplomatik konferentsiyalar 
chaqiriladi. Eng muhim ish, ya’ni transport konventsiyalarining matnlarini tayyorlash ishi 
aslida bunday konferentsiyalar dan oldinrok amalga oshiriladi. Aniqroq aytganda, diplomatik 
konferentsiyalarda faqat tegishli konventsiyalarni imzolash jarayoni bo’lib o’tadi. Xalqaro 
transport tashkilotlarining ishchi guruhlarida tegishli konventsiyaning loyihalari ishlab 
chiqiladi va bu loyixa tomonlar o’rtasida kelishib olinadi. 
Savdo va Tarakkiyot Konferentsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining dengizda tashish 
bo’yicha kumitasi bo’lib, bu konferentsiya doirasida xam tegishli konventsiyalar ishlab chiqish 
borasida samarali ishlar olib borilmokda. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro savdo huquqi bo’yicha Komissiyasi - 
YuNSITRAL BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1966 yilning dekabrь oyida ta’sis 
etilgan. Ixtisoslashtirshgan xalqaro transport tashkilotlari transport turlari bo’yicha tuziladi. 
Transportning har bir tarmog’ida hukumatlararo va nohukumat tashkilotlarini uchratish 
mumkin. Hukumatlararo transport tashkilotlarining vakolatlari umumiy xarakterga ega va 
odatda Transportning ma’lum tarmog’i bo’yicha keng kamrovli bo’ladi. Nohukumat transport 
tashkilotlarining vakolatlari odatda transport ma’lum tarmog’ining muayyan yo’nalishinigina 
kamrob oladi va Shuning uchun ular tor qamrovli vakolatlarga egadirlar. 
Ixtisoslashtirilgan xalqaro transport tashkilotlari. 
Temir yo’l transporti sohasida: 
Bu sohada faqat 2 ta xalqaro tashkilot mavjud: Temir yo’llar xamkorligi tashkiloti (OSJD) 
va Xalqaro temir yo’llar Markaziy byurosi. Birinchisi idoralararo tashkilot bo’lsa, ikkinchisi 
hukumatlararo tashkilotdir. 
OSJD tashkiloti temir yo’llarga doir masalalardan tashqari avtomobil transportiga dior 
ba’zi masalalarni ko’rib chiqadi. Bu idoralararo tashkilotga Osiyo, Yevropa, Boltikbuyi va 
MDX mamlakatlari a’zodirlar. Mazkur tashkilotning eng muhim va asosiy vazifasi Xalqaro 
yo’lovchi va yuk qatnovlari to’g’risidagi bitimlarni (SMGS va SMPS) xayotga tadbiq etishdir. 
Tashkilot Kumitasining xuzurida 1959 yili doimiy guruh tuzildi. Bu guruh transport huquqi 
masalalari bilan shug’ullanadi. Ikkinchi tashkilot - Xalqaro temir yo’llar Markaziy byurosining 
(qarorgoxi Bern shahrida) asosiy vazifasi Temir yo’llar orqali yuk tashish to’g’risidagi xalqaro 
konventsiya (MGK) va Temir yo’llar orqali yo’lovchilar va bagaj tashish to’g’risidagi xalqaro 



konventsiya (MPK) ishlarini yuritishdan iboratdir. Markaziy byuro uz davriy nashriga ega: 
«Bulletin des transports internatiunaux par chemins de fer». Unda tegishli huquqiy 
masalalarga doir material va makolalar muntazam tarzda nashr etib boriladi. 
Xalqaro temir yo’l transporti Kumitasi (qarorgoxi Bern shahrida) nohukumat tashkiloti 
bo’lib, xalqaro temir yo’l qatnovi sohasida samarali faoliyat yuritmokda. Uning katnashchilari 
Temir yo’llar orqali yuk tashish to’g’risida xalqaro konventsiya (MGK) va Temir yo’llar orqali 
yo’lovchilar va bagaj tashish to’g’risidagi xalqaro konventsiya(MPK)larni imzolagan temir 
yo’llar ma’muriyatlaridir. Xalqaro temir yo’l qatnovining huquqiy masalalarini ishlab chiqish 
Qo’mitaning bosh vazifasidir. Mazkur xalqaro tashkilotga Mustaqil Davlatlar Xamdo’stligi 
davlatlari (O’zbekiston xam) a’zo emas. 

Download 331.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling