Reja: Qurilish tashkilotlarini tashkiliy qismlari


Download 25 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi25 Kb.
#1706334
Bog'liq
QURILISH TASHKILOTLARINI TASHKILIY STURIKTURASINI O


QURILISH TASHKILOTLARINI TASHKILIY STURIKTURASINI O'RGANISH. ISIQBOLI REJALASHTIRISH ASOSLARINI O'RGANISH
Reja:
Qurilish tashkilotlarini tashkiliy qismlari
Qurilish tashkilotlarini tashkiliy sturikturasini o'rganish
Isiqboli rejalashtirish asoslarini o'rganish
Ob‟yektning qurilish konstruksiyalari holatiga baho berish tekshirishning asosiy bosqichidan keyin o’tkaziladi. Bino konstruksiyalarining amaldagi yuk ko’tarish qobiliyatini aniqlash paytida tashqi ta‟sirlar va yuklar amaldagi me‟yoriy hujjatlar bo’yicha qabul qilinib, o’tkazilgan tadqiqotlar asosida ular aniqlashtiriladi. Konstruksiyaga xususiy og’irligidan hosil bo’ladigan me‟yoriy yuk namunalardan tanlab olish va og’irligini o’lchash natijalarini statistik qayta ishlash yo’li bilan aniqlanadi, bunda namunalar soni beshtadan kam bo’lmasligi kerak. Po’lat va og’ir beton uchun zichlik, ma‟lumotnoma yordamida belgilanadi. Vaqtinchalik yuklar chizmalar va pasport ma‟lumotlar asosida, haqiqiy sxemaning aniqlash jarayonida me‟yorlarga asoslanib o’rnatiladi. Agar konstruksiya loyihaga mos ravishda va hech qanday defekt va shikastlanishlarsiz, texnik hujjatlar bo’lganda, elementlarning yuk ko’tarish qobiliyati haqidagi ma‟lumotlar inobatga olinib, tekshirishlarni cheklangan hajmda o’tkazish mumkin; konstruksiyaning texnik hujjatlarda keltirilgan yuk ko’tarish qobiliyati bilan hisobiy yuklardan hosil bo’lgan ichki kuch tashqi kuch bilan solishtiriladi. Hisob bilan tekshirish kerak bo’lgan konstruksiyalar ikki guruhga ajraladi:
a) Defekti yo’q va shikastlanmagan konstruksiyalar.
b) Elementlarning yuk ko’tarish qobiliyatini pasaytiruvchi defektli konstruksiyalar.
Birinchi guruhga kiruvchi konstruksiyalarning ekspluatatsiya sharoitida loyihaviy yuklar ta‟sirida kamida 10 yil, undan tashqari keyinchalik tashqi yuklarda o’zgarish bo’lmasa konstruksiyani loyihalash jarayonidagi me‟yorlar bo’yicha tekshirish mumkin. Aks holda konstruksiyalarning hisob ishlarini kuzatuv vaqtidagi me‟yorlarga asoslanib tekshiruv o’tkaziladi. 5 Ikkinchi guruhga kiruvchi konstruksiyalar kuzatuv davridagi me‟yorlar bo’yicha hisob ishlari o’tkazilib, ularning haqiqiy holati inobatga olingan holda tekshiriladi. Bino va inshootning karkas elementlaridagi ichki kuchlarni aniqlash masalasi qurilish mexanikasi usullari bilan, EHM yordamida echiladi. Bino va inshoot, ularning elementlarini barcha talofatlarini hisobga olib, fazoviy bikirlikni ta‟minlovchi tayanch nuqtalari va konstruksiya elementlarining ahvoli, bog’lanishlar borligi va ularning holati o’rnatiladi. Bu ishlar konstruksiyaning haqiqiy ishlashiga mos keluvchi binoning hisobiy sxemasi va tashqi yuklar ta‟sirini inobatga olish asosida bajariladi. Bino va inshootlarning texnik holati haqidagi xulosa bu ob‟yektlarni rekonstruksiya yoki qayta tiklash ishlarining maqsadga muvofiqligi masalasini yechishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Tekshirilayotgan bino va inshootlarning konstruksiyalari turli xil defekt va talofatlarni bir tizimga solish orqali tasniflashtiriladi (hususiyati, ko’rinishiga ko’ra, yuk ko’tarish qobiliyati va ekspluatatsion yaroqligiga ta‟sir qilish darajasiga ko’ra). Tizimlashtirilgan talofatlarning aniq belgilari bo’yicha qurilish konstruksiyalarning texnik holatiga ko’ra, qurilish ashyosidan qat‟iy nazar 5 ta kategoriyalari o’rnatiladi (q: 5.13, 5.14, 5.15-jadvallar). Bino yoki inshoot zilzilabardoshligi uning konstruktiv-rejaviy va hisobiy xususiyatlari taqqoslash orqali baholanadi. Bunda ularga zilzilaviy hududlarda qurilish bo’yicha amaldagi loyihalash me‟yorlarining talablari qo’yiladi. Ekspluatatsiya qilinayotgan bino zilzilabardoshligi bo’yicha talab darajasi: qurilish hududida hisobiy seysmik kuchning oshganligi, zilzilaviy hududlarda qurilish me‟yorlari hujjatlaridagi konstruktiv yechimlarga quyilgan talablarning o’zgarganligi, binolarning sifatsiz qurilishi, konstruksiyalarning jismoniy yemirilishi, binolarni zilzilaga qarshi chora tadbirlarsiz qurilishi va h.k. holatlar tekshiriladi.
6 Seysmik ta‟minlanganlik darajasiga ko’ra ekspluatatsiya qilinayotgan binolar to’rt toifaga bo’linadi: 1-me’yoriy seysmik ta’minlanganlik darajasining kamayganligi. Zilzilabardoshlikni oshirish bo’yicha choralar ko’rish talab qilinmaydi. 2-seysmik ta’minlanganlik darajasining kamayganligi. Kapital ta‟mirlash paytida zilzilabardoshlikni oshirish talab qilinadi. 3-past seysmik ta’minlanganlik. Shoshilinch zilzilabardoshlikni oshirish talab qilinadi. 4-seysmik ta’minlanganlik darajasi nolga teng. Odamlarning uzoq muddatli turishi bo’yicha ekspluatatsiyaga yo’l qo’yilmaydi. Binolarning turi bo’yicha zilzilabardoshlikning ta‟minlanganlik toifasini aniqlash jadvali 7–ilovada keltirilgan.
Bino konstruksiyasining turi va zilzilabardoshlik koeffitsienti orqali jadval bo’yicha binoning seysmik ta‟minlanganlik toifasi aniqlanadi. Zilzilabardoshlik koeffitsienti quyidagi formula orqali topiladi: K=Qu/Qc (5.1) bu yerda: Qu- kesuvchi kuch bo’yicha binoning asosidagi konstruksiyaning hisobiy yuk ko’tarish qobiliyati; Qc- loyihalashning amaldagi me‟yorlari va bino joylashgan erning seysmik ko’rsatkich bo’yicha zamonaviyligiga muvofiq, hisobiy seysmik yukdan hosil bo’ladigan binoning poydevoridagi kesuvchi kuch. Qurilish hududining seysmikligi quyidagilarni hisobga olib qabul qilinadi: - Hududning mikroseysmik rayonlashtirish; - seysmik hususiyatlari bo’yicha zamin gruntlarining toifasi; - grunt suvlarining sathi. Bino va inshootlarning zilzila ta‟siriga hisoblashda yig’ma temirbeton kostrukstiyalardan yasalgan karkasli binolar hususiy tebranishlari davrini (zarur bo’lgan hollarda) ularning tabiiy (naturadagi) kichik tebranishlarini o’lchash yo’li bilan aniqlanadi.
Antiseysmik choralar hisobga olinmagan holda devorlari pishiq g’ishtlardan qurilgan, eski binolarning zilzilabardoshlik koeffitsientini aniqlashda, mavjud 7 me‟yoriy loyihalashdagi quyiladigan talablardan chekinishlarni ham nazarda tutish kerak: - antiseysmik belbog’ (qavat)ning yo’qligi; - devorlar orasidagi va eshik, derazalarga qoldirilgan ochiq joylarning kengligi; - bino shakli loyihasining murakkabligi; - ob‟yektning chegaraviy o’lchamlari (balandligi, uzunligi, kengligi); - devor o’qlari orasidagi masofa. Bu chekinishlarni hisobga olish, seysmik ta‟sirning hisobiy darajasini orttirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Seysmik ta‟sir qiymatini orttirish, ilmiy-tekshirish tashkilotlari tomonidan bajarilib, maxsus ilmiy izlanishlar asosida belgilanadi. Zamonaviy qurilgan turar-joy va jamoat binolarining zilzilabardoshlik koeffitsienti loyiha ma‟lumotlari asosida qabul qilinadi. Bir xil grunt sharoitida joylashgan, konstruktiv-loyihaviy sxemasi o’xshash (tipik yoki ko’p marta takrorlanuvchi seriyalar asosida barpo etilgan), ob‟yektlarning zilzilabardoshlik koeffitsienti, shu ob‟yektlar guruhidagi bittasining zilzilabardoshlik koeffitsienti bilan aniqlanadi. Respublika uchun an‟anaviy bo’lgan ikki qavatli yog’och sinchli (zilzilaviy ko’rsatkichi 9-ballik hududlarda) va bir qavatli yog’och sinchli, zilzilaviy ko’rsatkichi 7-8 balli hududlarda oraliqlari loy materiallari bilan to’ldiriladigan binolar zilzilabardoshligi quyidagi sharoitlarda ta‟minlanadi: - poydevori va stokol qismi suvga chidamli, zichligi katta bo’lgan materiallardan (beton, g’isht, tosh va h.k.) bajarilganda; - devorlar orasidagi masofa 5m dan oshmagan hollarda; - belbog’ qismlari va sinch ustunlaridagi yog’ochlarda egilganlik holatlari bo’lmaganda; - sinch elementlarining gorizontal va vertikal kesim tugunlarida metall qistirgich va ushlagichlar bor bo’lganda. 8 "Paxsa" va xom g’isht tipidagi bir qavatli binolarning zilzilabardoshligi 7 va 8 balli hududda devorlararo konstruksiyalarning kesimi yig’indisida ta‟minlangan deb hisoblanadi (uzunasiga va ko’ndalangiga alohida yo’nalish bo’yicha) qavat balandligining o’rtasi darajasida bino maydonidagi devorlarning tashqi tekisliklaridan 4 % dan kam bo’lmasligi kerak. Bunda quyidagilarga amal qilish kerak: - poydevor va stokol qismi suvga bardoshli pishiq materiallar (beton, g’isht, tosh va h.k.) dan bo’lishi; - tashqi devorlar bo’yicha yog’och bog’lamalar bo’lishi; - tom yopmasi bo’yicha taxtadan diagonal to’shamalar o’rnatilishi; - yog’ochli stropilalar bo’yicha shifer yoki metall qoplamali chordoqli tomlar qilinishi.
Bu tipdagi binolarni 9 va undan ortiq balli hududlarda devorlarni kuchaytirishsiz ishlatish mumkin, faqat odamlarning doimiy turishi man etiladi. "Guvala" tipidagi sinchsiz, loydan qurilgan binolar seysmik mustahkam emasligi uchun, butun respublikadagi zilzilaviy hududlar uchun yaroqsiz hisoblanadi va ularda yashash tavsiya etilmaydi. Ekspluatatsiyadagi bino va inshootlarning zilzilabardoshligi yangi loyihalanayotgan binolar kabi chegaraviy holatlar bo’yicha tekshiriladi. 1.1-jadval № Binolarning kostruktiv yechimlari Chegaraviy noelastik deformatsiya (μk) 1 Tosh-g’isht devorli binolar 2,5 2 Kompleks konstruksiyali binolar, shu jumladan aralash konstruksiyali binolar (3.1 jadv.qar.) 5,0 3 Karkasli sistemalar -temirbeton -po’lat 10,0 15,0 4 Yirik panelli, hajmiy-blokli monolit devorli binolar 10,0 5 Rama-bog’lagichli sistemalar -temirbeton -po’lat 7,5 10,0 6 Monolit temirbeton bog’lagichli (bikrlik yadrosiga ega bo’lgan )sistemalar 8,0 7 Birinchi yoki pastki bir necha qavati karkas qolgan Binolarning kostruktiv yechimlari Chegaraviy noelastik deformatsiya (μk) qavatlari yuk ko’taruvchi devor yoki diafragmalardan tashkil topgan binolar. 3,0 8 Minorasimon konsol inshootlar. 2,0 Birinchi chegaraviy holatga o’tmaganligi bo’yicha tekshirishda darz ketishlar, elementlarning shikastlanishi, ashyolarning plastik oqishi natijasida konstruktiv sistema yoki uning qismlarida hosil bo’ladigan nisbiy noelastik deformatsiyalarning eng katta qiymati.
Konstruktiv sistema yoki uning qismlarining nisbiy noelastik deformatsiyasi µk zilzila chog’ida yaxlit sistemada yoki uning qismida hosil bo’ladigan maksimal ko’chish Yk ni, boshlang’ich birligi Sok va berilgan chegaraviy elastik reakstiya RTK orqali topiladigan elastik ko’chish Ytk ga nisbati sifatida aniqlanadi [21]. tk k k Y Y Y max  (5.2) ok tk tk C R Y  (5.3) QMQ 2.01.03-96 [21] bo’yicha zilzilaning takroriylik davri binoning ekspluatatsiya muddatidan kichik bo’lsa, binolar ikkinchi chegaraviy holatlar bo’yicha seysmik yuklarning maksimal qiymati ta‟siriga hisoblanadi. Ikkinchi chegaraviy holatga erishmaganlikni tekshirishda konstruktiv tizimning deformatsiyasi 1.2-jadvalda keltirilgan qiymatlardan ortmasligi zarur [21]. 1.2- jadval № Deformatsiya turi va elementlar tasnifi Ruxsat etilgan qiymat 1. Yuk ko’taruvchi konstruksiyalarga birikkan yuk ko’tarmaydigan mo’rt materiallardan tashkil topgan binolar qavatlarining nisbiy siljishi Δk/hk; bino tepa qisminiig nisbiy ko’chishi Ymax/N 1/200 2. Yuqorida keltirilganning o’zi yuk ko’tarmaydigan elementlar yuk ko’taruvchi elementlar deformatsiyasidan muhofaza qilingan. 1/70 bu yerda: Δk – K va K+1 qavatlarning o‘zaro siljishi; hk - K qavatning balandligi; Ymax - tom yopma sathidagi ko‘chish; N - poydevor ustki sirtidan tom yopma sathigacha bo‘lgan balandlik.
Konstruktiv elementlarning yemirilganlik darajasi bo’yicha turkumlash Bino va inshootlarning tekshirilayotgan qurilish konstruksiyalarini ko’rinishi, tavsifi, yuk ko’tarish qobiliyatiga bo’lgan ta‟sir darajasiga ko’ra ekspluatatsiyaga yaroqlilik yoki turli-tuman nuqsonlarga va shikastlanishlarga ega bo’lishlari mumkin. Bu omillarni baholash uchun tekshirilayotgan konstruksiyani aniqlangan deformatsiya va nuqsonlari bo’yicha tizimga tushirish va bu ma‟lumotlarni ruyxatga kiritish yo’li bilan turkumlash maqsadga muvofiqdir. Qurilish konstruksiyalari elementlarining shikastlanishini tahlil qilib va boshqa me‟yoriy chekinishlarga ko’ra ularni ko’chaytirish bo’yicha birinchi navbatdagi tadbirlar aniqlanadi.
Bino konstruksiyalarining deformatsiyasini aniqlash Tekshiruv natijasida aniqlangan deformatsiyalar quyidagi bo’lishi mumkin:
1) Umumiy-konstruksiya va inshootlarning siljish va deformatsiyalanishining to’la bo’lishi kuzatiladi;
2) Mahalliy-siljish, solqilik, buralish bir konstruksiyaning, birikuv tugunlarida va boshqalarda yuz beradi. Bino va inshootlardagi umumiy deformatsiyaning sodir bo’lishining asosiy sababi zaminning notekis cho’kishidir. Zaminning haddan tashqari siljishi, loyihalash jarayonida uning yuk ko’tarish qobiliyatini aniqlashda xatolikka yo’l qo’yilganda yoki loyihada ko’zda tutilgan me‟yoriy ekspluatatsiya sharoitini buzilishida sodir bo’lishi mumkin. Ko’pincha bu hol cho’kuvchi gruntlarni namlanishida, muz qatlamlarini erishida, suv va issiqlik ta‟minoti tizimidagi avariya holatida yuz berishi mumkin. Bino va inshootlarning cho’kuvchanligini o’lchash reper va cho’kish markalari belgilarini solishtirib o’lchanadi. Tayanch reperlarini nivelir bilan nivelirlanadi. Inshoot og’ishini har xil usullarda aniqlash mumkin: yordamchi nuqta loyihalash bilan, gorizontal burchaklarni o’lchash bilan, ishlab chiqilgan krenometrda yonlama nivelirlash, unda inshootning og’ishini o’lchash uchun o’lchov vinti bilan aniq darajalardan foydalaniladi. Konstruksiya va inshootlarning siljishi teodolit yordamida bajariladi, bunda ob‟yekt yoki konstruksiyaning yonlama siljishi konstruksiya bo’ylab o’tkazilgan to’g’ri chiziqdan o’lchanadi, hisob olish chizig’i sifatida, ikki nuqta orasidan o’tkazilgan tordan yoki shu nuqtalardan o’tadigan optik nurdan foydalaniladi.
Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling