12.2-rasm. Konduktometrning ikki elektrodli o‘lchash sxemasi.
Konduktometrik o‘lchashlar amaliyotida L/S nisbat o‘lchash yacheykalarning tajribada aniqlanadigan konstantalari degan nom oldi. Buning uchun yacheyka etalon eritma bilan to‘ldiriladi (bu eritma sifatida, odatda, kaliy xloridning eritmasidan foydalaniladi), yacheykaning qarshiligi o‘lchanadi va quyidagi teglamadan K ning kataligi aniqlanadi:
K = R *σ 1 ,
bu yerda R — elektrodlar orasidagi o‘lchangan qarshilik, Om; σ1 — etalon eritmaning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi,Sm/sm.
Elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchashda sanoat chastotasidagi yoki chastotasi oshirilgan o‘zgarmas tokdan ham, o‘zgaruvchan tokdan ham foydalanish mumkin.
Nazorat uchun savollar
Analizatorlar deganda nimani tushunasiz?
Suyuqliklar konsentrasiyasini o‘lchash uchun qanday ulchov birliklari bilan amalga oshiriladi?
Konduktometrik konsentratometrlarning ishlashi nimaga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |