12-ma’ruza Raqamli boshqariluvchan emt va komplekslar


Download 154.36 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.04.2023
Hajmi154.36 Kb.
#1394154


12-ma’ruza 
Raqamli boshqariluvchan EMT va komplekslar. 
Reja 
1.Uzluksiz boshqariluvchan tezlikni raqamli rostlovchi EMT va komplekslarning dinamik 
tavsiflarini shakllanishi. 
2. RDB tizimlari. 
O‘zining texnikaviy imkoniyatlari va xususiyatlariga ko‘ra RDB ning tuzilmasi 4 guruxga 
bo‘linadi.Ular xalqaro tasnifga ko‘ra quyidagicha belgilanadi;
HNC, SNC, CNC va DNS. HNC (Hond numericad control) tizimi boshqarish pulttidan 
dasturlarni dastagi berilgandagi tezkor boshqarishi-ni ta’minlaydi. SNC (Stored numericad 
control) tizimi dasturlarni saqlash uchun xotira qurilmasiga ega va ishlov berish oldidan bir marta 
o‘qiladigan dasturli bir xil turdagi chala maxsulotlar partiyasiga ishlov berishni ta’minlaydi. CNC 
(Computer numericad control) tizimi o‘z ishini dasturlash va boshqarishning talab qilingan 
algoritmini ishlab chiquvchi mikro EXMni qo‘llashga asoslangan. DNC ( Pirect numericad 
control) tizimi SNC va CNC tizimlarga ega bo‘lgan RDB li bir gurux dastgoxlarni bevosita 
raqamli boshqarishni amalga oshirishni ta’minlaydi. DNS tizimi shuningdek, o‘zining tuzilmasida 
EXM dan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Xozirgi paytda mikroprotsessorlar va kompyuterlar qo‘llanilgan RDB tizimlari keng 
tarqalgan (12.1-rasm). 
Kompyuterga boshqaruvchi dastur dastur tashuvchi DT dan yoki boshqaruvchi pultdan 
BP dan dastur kirituvchi blok DKB va kirsh – chiqish qurilmasi KCHQ 1 orqali kiritiladi. So‘ngra 
u kompyuterning xotira qurilmasiga keladi. Doimiy xotira qurilmasi DXQ dasturning o‘zgarmas 
qismi, dekotlashtirish, interpolyasiyalash va kerakli xisoblar uchun ma’lumotlr saqlandi.
Tezkor xotira qurilmasi TX ga ( DZU) boshqauvchi dastur ma’lumotlaridan tashqari 
texnalogik jarayonning borishi, ximoya blokirvkalarning xolati to‘g‘risidagi teskar aloqa 
datchiklari TAD dn olinadigan joriy ma’lumotlar keltiriladi. Bular asosida elektr yuritma EYUG 
ga va dastgoxning elektroavtomatika EA qurilmasiga boshqaruvchi tasirlash ishlab chiqariladi. 
Kompyuterning dastgox elektr qurilmalari bilan bog‘lanishi kirish –chiqish qurilmalari KCHQ 2 
– KCHQ 4 orqali amalga oshiriladi. Kompyuter ko‘rsatilgan bloklardan tashqari mikroprotsess-
sorlar MP va taymer T ni oladi.
RDB tizimlarida kompyuterlarni qo‘llash ularni funksional imkoniyatlarini keskin 
kengaytiradi: dastgoxni ishlshga dasturiy yo‘l orqali ta’sir ko‘rsatish; dastgox bilan operatorni 
diyalog rejimida muloqat T ni amalga oshirish; dastgox va RDB tizimi diagnostikasini olib borish; 
universal – xompazitsion, xom konturli detallarga ishlov berish rejimlarini amalga oshirishini 
ta’minlaydi. 
Bundan tashqari kompyuter turli koordinatlar bo‘yicha instrument (yoki detalni) ni 
xarakatini ta’minlovchi bir nechta elektr yuritmalarni boshqarishni ta’minlaydi.
Nazorat savollari 
1. RDB qanday guruxlardan iborat. 
2. RDB ni avzalligi nima? 
3. RDBni asosiy elementlari nima? 

Download 154.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling