UPDATE University1 SET Rating=200;
Jadvaldagi maydon qiymatlarini o‘zgartirish kerak bo‘lgan aniq satrlarni ko‘rsatish uchun UPDATE komandasi WHERE parametrida predikat ishlatish mumkin.
UPDATE UNIVERSITY1 SET RATING=200 WHERE CITY=
‘Moskva’;
Bu so‘rov bajarilganda faqat Moskvada joylashgan universitetlarning reytingi o‘zgartiriladi.
UPDATE komandasi faqat bitta ustun emas balki ustunlar to‘plamini o‘zgartirish imkonini beradi. Qiymatlari modifikatsiya qilinishi zarur bo‘lgan aniq ustunlarni ko‘rsatish uchun, SET parametri ishlatidi. Masalan o‘qitilayotgan fan nomi “Matematika” (uning uchun SUBJ_ID=43) “Oliy matematika” nomiga o‘zgartirish talab etilsa va bunday indetifikatsion nomeri saqlab o‘zgarish qoldirish kerak bo‘lib, lekin shu bilan birga jadvaldagi mos satr maydonlariga o‘qitiladigan fan haqida yangi ma’lumotlar kiritish uchun so‘rov quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
UPDATE Subject1 SET Subj_Name=‘Oliy matematika’, Hour=36, Semester=1 WHERE SUBJ_ID=43;
UPDATE komandasini SET parametrida skalyar ifodalarni ishlatish mumkin. Skalyar ifodada maydon sifatida o‘zgartirilayotgan va boshqa maydonlar kiritilib, u maydon qiymatini o‘zgarish usulini ko‘rsatadi
UPDATE University1 SET Rating=Rating*2;
Talaba1 jadvaldagi Stipend maydon qiymatini Moskva shahri talablari uchun 2 marta oshirish uchun quyidagi so‘rov yoziladi.
UPDATE talaba1 SET Stipend=Stipend*2 WHERE City=
‘Moskva’;
SET predikat hisoblanmaydi. Shuning uchun unda NULL qiymatni ko‘rsatish mumkin.
UPDATE Talaba1 SET Stipend=NULL WHERE City= ‘Moskva’;
INSERTda qism so‘rovlarini ishlatish.
INSERT operatorini qism so‘rovi bilan ishlatish bitta jadvalga bir vaqtning o‘zida bir nechta satr yuklash imkonini beradi. VALUES ishlatuvchi INSERT operatori bitta satr qo‘shsa INSERT qism so‘rov jadvalga qism so‘rov boshqa jadvaldan qancha satr ajratsa shuncha satr jadvalga qo‘shadi.
Bu holda qism so‘rov bilan olinayotgan ustunlar soni va toifasi bo‘yicha, ma’lumotlari qo‘shilayotgan jadvaldagi ustun soni va toifasiga mos kelishi kerak. Misol uchun Talaba1 jadvalini tuzilmasi Talaba jadval tuzilmasiga to‘la mos bo‘lsin.
Talaba jadvalidan Moskva shahri talabalari barchasi haqida yozuvlari bilan Talaba1 jadvalni to‘ldirish imkonini beradigan so‘rov ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |