№12-ma’ruza: sql tili yordamida ma’lumotlarni tavsiflash
№12-ma’ruza: SQL tili yordamida ma’lumotlarni tavsiflash
database
Reja:
2
3
4
5
SQL tilida ma’lumotlarni butunligini ta’minlash.
Ma’lumot jadvallarini yaratish.
Qism so‘rovlar bilan ishlash.
Ma’lumot bazasi obyеktlarini yaratish.
Ma’lumotlarni aniqlash tili (DDL) opеratorlari.
CREATE TABLE komandasi.
INSERT komandasi.
Har bir ustun uchun tip (toifa) va o‘lcham.
Ma’lumotlar bazasi ob’yektlarini yaratish. Ma’lumotlar bazasi ob’yektlarini yaratish ma’lumotlarni tavsiflash tili (DDL) operatorlari yordamida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasi jadvallari CREATE TABLE komandasi yordamida amalga oshiriladi. Bu komanda bo‘sh jadval yaratadi, ya’ni jadvalda satrlar bo‘lmaydi. Bu jadvalga qiymatlar INSERT komandasi yordamida kiritiladi. CREATE TABLE komandasi jadval nomini va ko‘rsatilgan tartibda nomlangan ustunlar to‘plamini aniqlaydi. Har bir ustun uchun tip (toifa) va o‘lcham aniqlanadi. Har bir yaratilgan jadval hech bo‘lmaganda bitta ustunga ega bo‘dishi kerak. CREATE TABLE komanda ko‘rinishi quyidagicha:
CREATE TABLE ([]);
CREATE TABLE xususiyati quyidagicha:
SQL ishlatilayotgan ma’lumot toifalariga ANSI standarti berilgan..
Char(character)
Int(integer);
Smallint,
Dec(detcimal),
Number,
Float va hokazo Albatta ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan ma’lumot toifasi CHAR.
Maydonga yozilgan real simvollar soni noldan (agar maydonda NULL qiymati bo‘lsa) CREATE TABLEda berilgan maksimal qiymatgacha bo‘ladi. Masalan TALABA1 jadvalini quyidagi komanda bilan yaratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |