Insert INTO Talaba1 SELECT * FROM Talaba WHERE City=
‘Moskva’;
Talaba1 jadvaldagi Stipend maydon qiymatini Moskva shahri talablari uchun 2 marta oshirish uchun quyidagi so‘rov yoziladi.
UPDATE talaba1 SET Stipend=Stipend*2 WHERE City=
‘Moskva’;
SET predikat hisoblanmaydi. Shuning uchun unda NULL qiymatni ko‘rsatish mumkin.
UPDATE Talaba1 SET Stipend=NULL WHERE City= ‘Moskva’;
INSERTda qism so‘rovlarini ishlatish.
INSERT operatorini qism so‘rovi bilan ishlatish bitta jadvalga bir vaqtning o‘zida bir nechta satr yuklash imkonini beradi. VALUES ishlatuvchi INSERT operatori bitta satr qo‘shsa INSERT qism so‘rov jadvalga qism so‘rov boshqa jadvaldan qancha satr ajratsa shuncha satr jadvalga qo‘shadi.
Bu holda qism so‘rov bilan olinayotgan ustunlar soni va toifasi bo‘yicha, ma’lumotlari qo‘shilayotgan jadvaldagi ustun soni va toifasiga mos kelishi kerak. Misol uchun Talaba1 jadvalini tuzilmasi Talaba jadval tuzilmasiga to‘la mos bo‘lsin.
Talaba jadvalidan Moskva shahri talabalari barchasi haqida yozuvlari bilan Talaba1 jadvalni to‘ldirish imkonini beradigan so‘rov ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi.
Insert INTO Talaba1 SELECT * FROM Talaba WHERE City=
‘Moskva’; Talaba1 jadvaliga Moskvada o‘qiyotgan barcha talabalar haqidagi ma’lumotlarni qo‘shish uchun WHERE parametrida mos qism so‘rov ishlatish mumkin.
INSERT INTO Talaba1 SELECT * FROM Talaba WHERE
Univ_ID IN (SELECT Univ_ID FROM University WHERE
City= ‘Moskva’);
Nazorat savollari
SQL tilining jadval yaratish operatori sintaksisi qanday?
Indeks operatorini ko‘rinishi va uning vazifasi?
SQL tilining jadvalga yozish va takomillashtirish komandalarini tavsiflang.
Insert opretori haqoda ma’lumot bering.
IN predikati nima vazifa bajaradi?
Drop va Delete operatorlarining farqi nimada?
Update operatori sintaksisi qanday yoziladi?
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |